Pedagogika kengashi huquqlari
- Pedagogika kengashi maktabgacha ta'lim
muassasasi
faoliyatini rivojiantirish yo'nalishining istiqbol rejasini
belgilaydi.
- maktabgacha ta'lim muassasasining o'z oldiga qo'ygan
maqsad va vazifalarning bajarilish yo'llarini belgilab beradi va
ijrosini ta'minlaydi.
- Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda turli shakl va
metodlarni ishlab chiqadi.
- O'z vakolati doirasida ishlab
chiqilgan hujjatlarni
muhokama qiladi va tegishli qarorlar qabul qiladi.
- Pedagoglarning malaka oshirishdan keyingi amalga
oshiradigan vazifalari yuzasidan ishlab chiqilgan istiqbol ish
rejasini tasdiqlaydi va ularning ijrosi ta’minlanishini
nazorat
qiladi.
- Maktabgacha ta'lim muassasasi Ustaviga muvofiq pedagog
xodimlarni rag'batlantirish va jazolash bo'yicha masalalarni
hal qiladi.
V.
Pedagogika kengashi bayonnoma daftarining
yuritilishi
- Kengash bayonnomasi yoziladigan
daftarning kirish
qismida kengash o'tkaziladigan sana, bayonnoma tartib raqami,
qatnashgan pedagoglar soni, kengash raisi va kotibining ismi,
sharifi yoziladi, qatnashmagan pedagoglarning qatnasha
olmaslik sabablari ko'rsatilgan
holda familiyalari tartib
bo'yicha yozib chiqiladi.
- Bayonnomalar daftarida Pedagogika kengashi kun
tartibiga kiritilgan masala muhokamasi, kengash a’zolari
kiritgan taklif va mulohazalar hamda
kun tartibidagi har bir
masala yuzasidan qabul qilingan qarorlar qayd etib boriladi.
Kun tartibiga "Turli masalalar" yoki "Boshqa masalalar"ning
kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi.
- Bayonnomalarda yo'l qo'yilgan xatoliklar izohlanadi va
kengash raisining imzosi bilan tasdiqlanadi. Bayonnomalar
586
aniq, ozoda,
ravon husnixat bilan yoziladi, daftarning har bir
sahifasi raqamlanadi, tikiladi.
- Bayonnomalar daftari maktabgacha ta'lim muassasalari
faoliyatini metodik ta'minlash
va tashkil etish tuman
(shahar) bo'limi mudiri tomonidan, nodavlat maktabgacha
ta'lim muassasalari uchun muassis
tomonidan imzolanadi va
muhrlanadi.
- Kengash bayonnomasi Pedagogika kengashi raisi va kotibi
tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
- Pedagogika kengashi bayonnomasi har o'quv yili boshida
yangidan raqamlanadi,
Dostları ilə paylaş: