N. M. Kayumova


O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

O'zaro munosabatdagi quyidagi oddiy etiket qoidalariga
rioya qilish:
- xushmuomala;
- sipolik;
- kamsuqumlik;
- andishali;
- vazminlik.
Mehnat va do'stlikdagi sherikchilikda:
- o'zaro yordam va quvvatlash;
- hozirjavoblik va majburiylik, so'zsiz bajarishlik;
- tamoyillik ishonch;
- talabchanlik.
Rahbarning jamiyatga nisbatan madaniyatliligi:
-
Yuqori 
darajadagi 
fuqarolik, 
vatanparvarlik 
va 
baynalminallik;
- Jamiyat baxt-saodati yo'lida halol mehnat qilish, jamiyat 
boyligini ko'paytirish haqida g'amxo'rlik qilish;
- Qonunlarga, huquqiy akt va bitimlarga, davlat intizomiga 
qat'iy rioya qilish;
- Ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, jamiyat 
manfaatlarini buzilishlariga nisbatan shafqatsiz bo'lish;
- Huquqiy, moddiy va ma'naviy javobgarlikni tan olish va 
rioya qilish;
555


-
Ko'p fikrlilikka ochiqko'ngillik bo'lish va uni hurmat qilish. 
Har qanday holatda ham qaysi bo'g'inda rahbar bo'lishidan 
qat'iy nazar o'zining asosiy majburiyati, ya'ni qo'l ostidagilarni 
mazkur talablar negizida ish olib borishni unutmasligi kerak. 
Mudira faoliyatining mazmuni:
a) 
mudiraning ma'muriy xo'jalik ishlari.
Mudira maktabgacha ta'lim muassasalarning butun 
faoliyatiga rahbarlik qilib, u obodonlashtir ish, ko'kalamzorlash- 
tirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo'yicha xarajatlarni 
to'g'ri taqsimlash, muassasasini boy oziq-ovqat moddalari 
bilan ta'minlash, kun tartibini to'g'ri tashkil etish, reja bo'yicha 
maktabgacha ta'lim muassasalarni bolalar bilan to'ldirish, 
ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi 
sog'lomlashtirish ishlari, taomnoma sifatini vitaminga boy 
bo'lgan moddalar bilan ta'minlashi (kamida haftada 2 marta], 
xamir ovqatlari (bulochka, pechene], pedagogik va xizmat 
ko'rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, 
ularning malakasini oshirish ishlari bo'yicha bosh rahbardir.
Mudira bolalar hayotini saqlash, muhofaza qilishi 
uchun maktabgacha ta'lim muassasasida to'g'ri kun tartibi 
jarayonlari, lozim-sharoit yaratadi. Sanitariya va gigiyenik 
qoidalarningbajarilishiga, yong'inga qarshi tadbirlar o'tkazadi. 
Qishga boy oziq-ovqat va mahsulotlarini g'amlaydi. Vitaminga 
boy bo'lgan mevali o'simliklarni o'stiradi. Maktabgacha 
ta'lim muassasalar xodimlari o'z vaqtida oylik maosh bilan 
ta'minlanadi. Ishchilarning mehnat intizomiga qat'iy rioya 
qilishlarini nazorat qiladi. Ish yuritishni qattiq nazorat qiladi. 
Bo'sh guruhlarni xodimlar bilan o'z vaqtida ta'minlaydi. 
Faol 
xodimlarni 
rag'batlantiradi. 
Maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarda o'tkaziladigan joriy, kapital ta'mirlashga bosh 
rahbardir. Moliyaviy-xo'jalik ishlari bo'yicha javobgar shaxs, 
oziq-ovqat mahsulotlari bo'yicha javobgar shaxs, kir yuvuvchi, 
bog'bon, duradgor, farrosh, qorovul, elektrik, santexnik, 
haydovchi bilan yakkama-yakka suhbat o'tkazadi. Ularning 
ishlari ustidan qat’iy nazorat tashkil etadi.
556


Mudira muassasani kerakli texnikaviy va xo'jalik materialla- 
ri bilan muntazam ravishda ta'minlab turish, binoni jihozlash 
bilan (qattiq va yumshoq inventarlar) jihozlash, binoni o'z 
vaqtida ta'mirlash va o'quv-ko'rgazmali qurollari bilan to'ldirib 
borishi, turli yosh guruhi uchun dastur - metodik hujjatlarda 
tavsiya etilgan. Ularning fiziologik, aqliy, axloqiy, mehnat, 
estetik tarbiyalash maqsadida bolalar badiiy adabiyoti va 
pedagogik adabiyotlar bilan ta'minlash, bolalar maydonchasini 
to'g'ri rejali jihozlash, kadrlarni joylashtirishda ularni bolalar 
bilan ishlash tajribasiga qarab, xodimlarning individual 
xususiyatlarini hisobga olishi, shifokor bilan birgalikda tibbiy 
yordam ishlarini nazorati va bolalarni tizimli tibbiy yordam 
ko'rigidan o'tkazish ishlari kiradi.
Moliyaviy-xo'jalik va boshqa faoliyati, jamoada ijodiy, 
ma'naviy-ruhiy muhit yaratilishi uchun qonunda belgilangan 
tartibda shaxsiy javobgardir.
b) 

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin