N. M. Kayumova


 A.Xromovskix. U istokov doshkolnoy raboti. Arxiv materiallari. 1957.103-114-betlar



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə253/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

18 A.Xromovskix. U istokov doshkolnoy raboti. Arxiv materiallari. 1957.103-114-betlar
611


borib, endilikda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimi 
bo'g'inlariningish faoliyati, mazmuni, uning vazifalari o'zgacha 
qiyofa kasb etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirli­
gi, viloyat va Maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman 
Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'limni boshqa- 
rishning vakolatli organlari hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim muasssasalarini boshqarish xalq 
deputatlari Kengashi qoshidagi Xalq kengashining vazifasiga 
kiradi. Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmasi 
kengashi a'zolari turli xildagi maktabgacha ta'lim muassasalari 
tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. U maktabgacha ta'lim 
muassasasining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, 
yangi muassasalarni qurish, mablag' bilan ta'minlash, kadrlar 
tanlash ishlariga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va ularning 
malakasini oshirishni yo'lga qo'yadi, metodik materiallar 
bilan ta'minlaydi. Idoralar jamoat tashkilotlari hamda shaxsiy 
tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Alohida olingan maktabgacha ta'lim muassasasining 
ishidagi kollegional, demokratik usullarga yordam berish va 
qo'llash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida jamoatchilik 
asosida ish olib boradi va kengashida ko'riladi.
Kengash homiylik qiluvchi muassasalarning eng faol va 
manfaatdor bo'lgan xodimlardan, ota-onalar jamoatchiligidan, 
maktab 
vakiilaridan, 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasi 
xodimlaridan tibbiy yordam xizmatchilaridan, mahalla 
qo'mitasi vakiilaridan iborat bo'ladi. Ta'limning mablag'i davlat 
mablag'idan tashkil topadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi 
maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan boshqariladi. 
Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli 
boshqarma bo'limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish, 
tashkiliy-pedagogik hamda metodik ishlarga rahbarlik 
qilish, maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlarini
612


aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari 
maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha 
ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik- 
dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki 
mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni 
ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) muassasalar 
tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat 
rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash, 
pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok 
etadi; tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va 
o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash, 
uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash, 
bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab 
chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari 
va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha 
ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot 
masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi 
tomonidan tushadigan ariza, xatva shikoyatlarni ko'rib chiqish 
vakolatiga ega.
Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, 
pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar 
xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti 
bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar, 
tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani 
yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish, 
maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik 
davlatlari pedagogika fanini o'rganish. Respublika Vazirliklari 
rahbar xodimlari va maktabgacha ta'lim sohasida ishlaydigan 
boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo'yicha 
ishlarni tashkil qiladi. Tashkiliy va pedagogik masalalarga 
bag'ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayyorlash va 
o'tkazishni tashkil etadi, Ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik 
o'qishlar, seminarlar, avgust anjumanlarini tashkil etadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin