N. M. Kayumova


MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI NAZORATCHI-



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI NAZORATCHI-
METODISTINING VAZIFALARI, HUQUQLARI
VA UNGA QO'YILADIGAN TALABLAR
Maktabgacha ta'lim muassasalari ishiga bevosita rahbarlik 
qilish Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta’lim -
nazoratchi-metodistga yuklatiladi.
Nazoratchi-metodist - bu malum sohaga tegishli qonun- 
qoidalarning bajarilishini nazorat qiluvchi shaxsdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasi nazoratchi-metodistining 
ishi murakkab va ko'p qirralidir. Nazoratchi-metodist o'z ishida 
Davlatimizning Maktabgacha ta'limsohasi bo'yicha chiqarilgan 
qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, instruktiv, 
dasturiy, metodik hujjatlariga amal qiladi. Maktabgacha ta'lim 
bo'limi nazoratchi-metodisti (tuman, shahar}:
Turli tildagi, ldora-tashkilot tomonidan tashkil etilishidan 
qat'i nazar 
«Ilk qadam»
Davlat Dasturi tinglovchilarini 
bajarilishini kuzatadi, tekshiradi;
Maktabgacha ta'lim muassasasi ishini har tomonlama 
nazorat qiladi;
Qonun doirasida yo'l-yo'riq, buyruq, tavsiya, ko'rsatmalar 
beradi;
Qonunga xilof ishlarni to'xtatadi va Maktabgacha ta'lim 
bo'limiga xabar beradi;
617


Maktabgacha ta'lim muassasasi ishlarni yaxshilash bo'yicha 
taklif, mulohazalar beradi;
Maktabgacha ta'lim bo'limida mudira, metodist va 
tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar chaqiradi;
Maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini Attestatsiyadan 
o'tkazadi;
Xodimlarni rag'batlantirish va jazolash, ishdan bo'shatish 
masalalariga rahbarlik qiladi;
Shahar, tuman nazoratchi-metodisti - Xalq deputatlari ijroi- 
ya qo'mitalari oldiga Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktab­
gacha ta'lim muassasasi ishini yanada takomillashtirish 
bo'yicha masalalarni qo'yadi.
Nazoratchi-metodistga (Respublika, viloyat, shahar, tuman 
nazoratchi-metodisti lavozimiga) qo'yiladigan asosiy talablar: 
eng ilg'or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega 
bo'lgan, maktabgacha ta'lim tizimi ishini, tamoyillarini puxta 
egallagan, oliy maxsus ma'lumotga, ish stajiga ega bo'lgan;
har tomonlama tayyorgarlik ko'rgan, o'z ishini ustasi, 
dunyoqarashi keng, ta'lim to'g'risidagi Davlat siyosatini puxta 
egallagan, nazoratchi-metodist-mutaxasslslik malakalariga 
ega bo'lgan;
xolis, vijdonli, davlat nuqtayi nazari, qiziqishlari asosida ish 
yurituvchi, javobgarlikni his etuvchi, aniq, xushyor, tartibli, 
talabchan, o'z so'zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz 
bo'lgan;
maktabgacha ta'lim ravnaqi uchun eng samarali, foydali, 
kerakli, asosiy vazifalarni o'z vaqtida aniqlay olishi, qisqa 
muddatda bajara olish xususiyatiga ega bo'lgan;
maktabgacha ta'lim muassasasi ishini har tomonlama 
chuqur tahlil qila olishi, ishdagi kamchiliklar o'z vaqtida 
bartaraf etish choralarini tezda aniqlab olishi, bajarishi;
Maktabgacha ta'lim bo'limi va Maktabgacha ta'lim 
muassasasiga doimiy amaliy yordam berish;
yangilikka intilish, tashviqot qilish, pedagoglarning ilg'or 
ish tajribalari amaliyotga yangi texnologiya asosida kiritish;
618


g'oyaviy, siyosiy, pedagoglik bilimi ustida tinmay ishlash.
Nazoratchi-metodist 3 yilda 1 marta malaka oshirish 
kurslarida o'z malakasini oshiradi.
Nazoratchi-metodist tumanda maktabgacha ta’lim ishining 
tashkilotchisi va rahbari, malakali pedagog-metodist, davlat 
nazoratchi-metodisti. U siyosiy jihatdan savodli, axloqiy 
mustahkam bo'lishi, ishiga davlat nazaridan yondashishi, 
maktabgacha ta'lim muassasalariga rahbarlik masalalarini 
operativ hal qilishi, ular ishini obyektiv va alohida-alohida 
baholash, talabchanlik bilan tekshirishni amaliy yordam 
ko'rsatish bilan olib borgan holda, kishilar bilan ishlay bilishi, 
pedagoglik nazokatini namoyon qilishi kerak.
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasalari 
ishining 
hamma 
bo'limlariga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun nazoratchi- 
metodist o'z ishini aniq rejalashtirish, keng jamoatchilikka 
suyanish lozim.
Nazoratchi-metodist 
aholining 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalariga bo'lgan talabini qondirishga alohida e'tibor 
beradi. Shu maqsadda u maktabgacha ta'lim muassasalari 
tarmog'ini kengaytirishning kundalik va istiqbol-rejalarini 
tuzishda ishtirok etadi va yangi muassasalarini foydalanishga 
topshirilishini muntazam tekshirib turadi. Nazoratchi- 
metodist Maktabgacha ta'lim muassasalarining rentabel 
ishlashiga erisha borib, ularning xalq, xo'jalik rejalarini 
bajarishini qat'iy nazorat qiladi, qishloqda maktabgacha ta'lim 
muassasalari qurilishiga katta e'tibor beradi, ular moddiy 
bazasini yaxshilanishiga g'amxo'rlik qiladi.
Nazoratchi-metodist 
moliya 
masalalarini 
tushunishi, 
maktabgacha ta'lim muassasalarini jihozlash, bolalarni 
ovqatlantirishga oid me'yoriy hujjatlarni bilishi, muassasani 
saqlash uchun ajratilgan pul mablag'Iarini o'z vaqtida 
berilishi va to'g'ri sarflanishini muntazam tekshirib turish, 
markazlashtirilgan buxgalteriya bilan hamkorlikda ishlash 
kerak.
619


Nazoratchi-metodist maktabgacha 
ta'lim 
muassasiga 
borganida metodik, tarbiyaviy va ma'muriy-xo'jalik ishlar 
ahvolini o'rganadi, ilg'or tajribani, ishdagi kamchiliklarni 
aniqlaydi, zarur yordam ko'rsatadi.


Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin