Bolalar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim aha
miyat kasb etadi. Jamoa an'analari - bu barqarorlashgan odat
bo'lib, ularni jamoa a'zolari birdek qo'Uab-quvvatlaydilar. Ja
moa a'zolari mazmunida munosabatlar xususiyati hamda ja
moaning ijtimoiy fikri ifodalanadi.
Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo'linadi. Bular, a)
kundalik faoliyat an'analari, b] bayram an'analari.
Kundalik faoliyat an'analari bolalarning faoliyatlari
(mashg'ulotlar, sayr, mehnat, o‘yin)ni o'z ichiga oladi.
Bayram an'analariga turli voqea-hodisalar bilan bog'liq
sanalarni nishonlash: «Navro'z» bayrami, «Mustaqillik bayra-
mi», «Hosil» bayrami va boshqalar kiradi.
An'anaviy bayramlar MTMlarda turlicha o'tkaziladi. Bola
lar an'analar mohiyatini anglasalar, uning ta'sir kuchi yuqori
bo'ladi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga
kelish mumkin:
- jamoa kishilarning shunday muayyan guruhi bo'lib, u ijti
moiy ahamiyatga ega bo'lgan, umumiy maqsadni amalga oshi-
rishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
jamoani
shakllantirish
muayyan
qonuniyatlarga
bo'ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir;
- jamoani shakllantirish o'ziga xos metodika asosida amal
ga oshiriladi. Ushbu metodika doirasida jamoaga nisbatan ta-
lablarning qo'yilishi jamoa faolini tarbiyalash masalasi alohida
ahamiyatga egadir.
Jamoaning mustahkam bo'lishi a'zolari o'rtasida o'zaro
hamkorlikning qaror topishida jamoa an'analari muhim aha
miyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: