199
VIII BOB. ESTETIK TARBIYA
Estetik tarbiya va ta'limning nazariy asoslari
Insoniyat go'zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida
egallaydi va yaratadi. Go'zallik madaniy tarixiy tajribaning bir
qismi hisoblanadi.
Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini, es
tetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam
ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni
ta'minlashning faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi.
Bunda estetik tarbiya madaniyatni egallashning asosiy vosita
si tarbiya va ta’limdir.
Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo'lib, unga tabiat,
mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san'atga estetik munosa
batni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) - bu bolalarga voqelikda-
gi, san'atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat mu-
nosabatlaridagi, turmushdagi go'zallikni idrok qilish hamda
to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish,
ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish va hayotga go'zallik olib
kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Nozik didli bo'lish, go'zallikni fahmlay va qadrlay olish, ba
diiy madaniyatni tushunish, o'z hayotini go'zallik qonunlari
asosida qura olish - komil insonning eng zarur fazilatidir.
Estetik tarbiya - eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot
tuyg'ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga
asoslangan nafosat, did, his-tuyg'ular va ko'nikmalarning o'sib
borishi jarayonida insonning o'zi ham ma’naviy boyib, hayoti
yanada sermazmun bo'ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan
mehr-muhabbati ortib boradi. Bularning hammasi har bir in-
sonda go'zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq qila bilish qo-
biliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.
Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did-
farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy
200
faoliyatda - har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qol-
gan.
Donolardan biri go'zallik axloq-odobning tug'ishgan singli-
sidir, degan edi. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o'zaro
chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafo
sat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-hara-
kat, go'zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, ta
biatga muhabbatda ko'rinadi. Xalqimiz «Kamtarlik ham husn»
deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma'no bor. Estetik tar
biya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat
kishilarning eng go'zal belgisidir.
Salbiy xatti-harakatlardan nafratlana bilish tuyg'usini ham
estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda badiiy asarlarning roli
muhimdir. Masalan: «Zumrad va Qimmat» ertagida Qimmat-
ning xulq-atvori bolalar qalbida nafratni uyg'otadi. Zumrad-
ning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi
qalblarda quvonchni paydo qiladi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, ayrim yoshlar go'zallikni tor
ma'noda tushunadilar. Ya'ni chiroyni ko'pincha husn jamol-
da deb bilishadi. Bu bir tomonlama tushunchadir. Har tomon
lama ma'noda esa chiroy husn-jamol, qalb go'zalligida, ma'noli
so'zdadir. Xalqimiz bejizga «Chiroy husn-u jamolda emas,
fazl-u kamolda» deb aytmagan!
San'at va hayot go'zalligi bilan tanishtirib borish bolaning
aqlini, xissini tarbiyalab qoimay, shu bilan bir qatorda uning
xayol va tasavvurni ham rivojlantiradi.
Bolalarni go'zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni
to'g'ri tushunish, olijanob his-tuyg'ularni va intilishlarni shakl
lantirishga yordam beradi. Bolalarda go'zallikni idrok qilishni
tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini
his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo'lish,
qayg'usini birga baham ko'rish kabi xususiyatlar tarkib top-
tiriladi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va es
tetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqt-
201
ni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ij-
timoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o'zlashtirishi natijasi-
da yuzaga keladi, Bu har xil yo'llar va shakllar orqali amalga
oshiriladi. Shaxsning estetik jihatdan rivojlanishida ma'lum
maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya hal etuvchi rol o'ynaydi.
Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har
xil ko'rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv
omildir. Estetik ehtiyoj go'zallik to'g'risidagi fanning rivoj
lanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o'rganishga unday-
di. Estetik qiziqish shaxsni san'at asarlarini, tevarak-atrofdagi
borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga o'ylantiradi.
Estetik qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. «Estetik tar
biya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushun-
chasi ham mavjuddir.
Badiiy tarbiya san'at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxs
da san'at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni
rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san'atning ma'lum
turlari bo'yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlan-
tirishga qaratilgandir, Uning natijasi fikrning paydo bo'lishida,
uni amaliy faoliyatda qo'llashda, o'z bilim va taassurotlari-
ni ko'ra bilishda, his-tuyg'ulari va fikrlarini samimiyat bi
lan ifodalashda namoyon bo'ladi.Estetika tabiatdagi, jamiyat-
dagi moddiy va ma'naviy madaniyat buyumlarida aks etgan,
shuningdek, estetik ongning paydo bo'lishi, rivojlanishi va
vazifasi to'g'risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik
bilishning muhim usullaridan biri bo'lgan san'atning rivojla
nish qonuniyatlarini o'rganadi.
Pedagogika estetikaning «go'zallik hayot demakdir» de
gan qoidasidan kelib chiqib, o'sib kelayotgan yosh avlodni ha-
yotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi
go'zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san'atni idrok eta bi
lish qobiliyatini shakllantirishni o'zining bosh vazifasi deb hi-
soblaydi.
Go'zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, yaxshi
inson bo'lishiga xizmat qiladi. Go'zallik bilan uchrashish kishi-
202
da estetik his, ruhiy hayajon, beg'araz quvonch uyg'otadi. Es
tetik hisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik
ohangi, shaxsiy manfaat nuqtayi nazaridan g'arazli qarashlar
bo'Imaydi. Ajdodlarimiz bu to'g'rida shunday yozadi: «Kishi-
dagi go'zallik hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan
uchrashganda paydo bo'ladigan porloq quvonchga o'xshaydi.
Biz go'zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni
uchratganda quvongandek zavqlanib quvonamiz».
Go'zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomi
da yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir qismini tash
kil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga estetik
tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning
estetik tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tar
biya nazariyasining faol usullarini ishlab chiqishga yo'naltiradi.
Bunda tarbiya va ta'lim jamiyatning estetik madaniyati-
ni o'zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Estetika bor-
liqning birlamchi va ongning ikkilamchi ekanligiga asoslanib,
san'at borliqni badiiy obrazlarda anglash, estetik aks ettirish-
ning oliy shakli deb tushunadi.
San'at o'zining hissiy ta'sir kuchi bilan kishining faqat hissi
ni emas, fikr va irodasini ham maftun etadi, tarbiyalovchi ro-
li ham mana shunda namoyon bo'ladi, shuning uchun u estetik
tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bi
lan chambarchas bog'liqdir.
Estetik va axloqiy tarbiyaning o'zaro bog'liqligi shundaki,
kishining go'zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa
kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo'lishiga o'xshab keta-
di. Aksincha, go'zallikni ko'ra bilmaslik undan zavqlanmaslik
yomon ishlarni qilishga olib keladi. San'atning tarbiyaviy kuchi
shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur
his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi.
Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas
bog'liqdir. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi, ular biron-
ta foydali ishni bajarayotib, biron kerakli narsani yasayotib
203
o'zlarining kuch va imkoniyatlari о'sib borayotganini sezadi-
lar. «Go'zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo'lmaydi, - deb
yozgan edi V.A.Suxomlinskiy, - ammo bularda go'zallik bola ega
bo'layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda u yaratayot-
gan narsadir. Mehnat quvonchi - bu turmush quvonchidir»10.
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo'lsa, u har qan
day qiyin ishda ham go'zallikni ko'ra oladi va uni yaxshi, zo'r
shavq-zavq bilan bajaradi.
Estetik va jismoniy tarbiya o'rtasida mustahkam bog'lanish
bor. Kishining mustahkam sog'ligi, jismoniy kamolotisiz uning
go'zalligini tasavvur etib bo'lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzil
ishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli ha-
rakatlar qilishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi.
Ko'pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bo
lalarning ijodiy faoliyatlari, hissiyotlari, estetik tasavvurlari-
ning o'ziga xos xususiyatini va ulardagi estetik tasavvur va
hissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.
Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va hissi-
yotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivoj
lantirish bilan birga qo'shib olib borish kerak degan xulosa-
ga olib keldi. Estetik tasavvurning o'ziga xosligi shundaki,
idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish
shakli - «ko'rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar butunlay
boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning
ko'rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo'lmay, balki uning
ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi -
idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali tomonlarini,
nozik ranglarini ko'ra bilish talab qilinadi, Shuning uchun es
tetik tarbiya yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuv-
chanlikning rivojlangan bo'lishini talab etadi.
Kishi narsa va hodisalarga go'zallik mezoniga asoslangan
holda, alohida qadr-qimmat bilan yondoshgandagina estetik
kechinmalar paydo bo'ladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevo
sita bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: |