N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

205


Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning estetik didi
rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlar
Shaxsning estetik xususiyatlari tug'ma emas, ammo ular ij­
timoiy muhit va faol pedagogik rahbarlik sharoitida ilk yosh­
dan boshlab rivojlanib boradi. Estetik rivojlanish jarayonida 
bolalarni estetik idrok, tasavvur, tushunchalar, mulohazalar, 
qiziqishlar, his-tuyg'ular, badiiy va ijodiy qobiliyatlarni tarkib 
toptirish amalga oshiriladi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ularning kundalik jo'shqin 
hayoti bilan chambarchas bog'liqdir.
Ilk yoshdagi bolalarni nazarda tutganda, hali ularning es­
tetik tarbiyasi to'g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor 
rivojlanishi to'g'risida o'ylash kerak. Bola yaltiroq bo'yoqdan 
xursand bo'ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan hu- 
zur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-his- 
siy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bola­
da hissiy kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol 
o 'y n a y d i. 
Kattalarning ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapir- 
ishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy 
munosabatda bo'lishlariga yordam beradi. Va, aksincha, kat­
talarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik aloma- 
ti yoki xo'mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari va hoka- 
zolar bolalarda shu buyumga yoki uning sifatiga salbiy muno­
sabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta ta- 
komillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini 
emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda 
vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda 
musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ularning qattiq va 
sokin ohangiga, ohista va tezligiga javob ta’siri paydo bo'ladi 
va hokazo.
O'rta guruhga kelganda bolalar estetik idrokinnng rivojlan-
206


ishida muhim o'zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki 
ancha aniq va tabaqalashgan bo'lib qoladi. Ammo shunga qa- 
ramay, u qisqa-qisqa bo'lib, bolaning shaxsiy tajribasi va qiziq- 
ishiga bog'Iiq bo'ladi.
Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazni eng oddiy estetik baho- 
lay oladilar, ba'zi bir estetik vositalarni to'g'ri anglaydigan, tas- 
vir mohiyatini tushunadigan bo'lib qoladilar.
Bolalarda go'zallikni idrok qilish jarayoni aniq ifodalangan, 
ta'sirli, faol tusda bo'ladi. Bu ayniqsa, ular qo'g'irchoq teat- 
ri, kino, multfilm, telespektakllarni tomosha qilganlarida an­
iq namoyon bo'ladi. Bolalar asar qahramonlari harakatiga be- 
malol qo'shilib harakat qiladilar, ularda muayyan vaziyatda 
o'zini qanday tutishni aytib turadilar, o'zlarini ular bilan birga 
o'ynayotgandek his etadilar. Bu yoshdagi bolalar tanish bo'lgan 
san'at asarlarini yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba'zi bir 
xulosalar chiqaradilar. Bolalar she'rni nasrdan, badiiy asarning 
ba'zi bir janrlarini, tasviriy faoliyat va musiqaning bir xil tur- 
larini (ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o'yindan va 
hokazo) bir-biridan ajrata boshlaydilar.
Tasvirda badiiy, musiqa, teatrlashtirish kabi hamma faoli- 
yatlarda qo'yilgan vazifani bajarishda mustaqillik, ijodkorlik- 
ka intilish namoyon bo'la boshlaydi. Bolalar o'yinga tushganda, 
ashula aytganda, sahnalashtirish o'yinlarida obrazlarning ifo- 
dali bo'lishiga ongli ravishda intila boshlaydilar.
Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani, badi­
iy asarlarni diqqat bilan tinglaydilar, tasviriy san'at asarlari­
ni sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qahramonlarning xat- 
ti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Bola­
da musiqaviy va shoirona tinglash qobiliyati rivojlanadi. Ular­
da ayrim musiqa janrlariga, adabiy va tasviriy san'at asarlariga 
nisbatan barqaror qiziqish paydo bo'ladi.
Bolalarda badiiy-ijodiy qobiliyat rivojlana boshlaydi, ular 
mustaqil ravishda topishmoqlar, ashulalar, ertaklar, she'rlar 
to'qiydilar, applikatsiya va rasmlar ishlaydilar. Endi ular
207


o'zlarining va o'rtoqlarining ishlarini baholaydigan bo'lib qo- 
ladilar.
Kuzatayotgan san'at asariari, eshitayotgan musiqa asarlari, 
o'qilayotgan she'rlarning eng nozik tomonlarini ko'ra biladilar, 
seza boshlaydilar. Badiiy asarlardagi ba'zi she'riy obrazlarni 
eslab qoladilar va o'z nutqlarida ishlatadilar. Tevarak-atrofdagi 
go'zallikka, san'atga, badiiy va o'yin faoliyatining har xil turlar- 
iga nisbatan ularda qiziqish shakllana boshlaydi.
Shunday qilib, maktabgacha ta'lim yoshi davri tarbiyaviy 
ta'sir orqali bolalarni estetik ruhda tarbiyalash maqsadlaridan 
va uning bola shaxsini shakllantirishda tutgan o'rnidan kelib 
chiqib, estetik rivojlanishlarini takomillashtirishdir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin