siga yaqin bo'lsa, bunday kitoblar bolalar o'yini uchun rasm
chlzish va loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas
manba bo'lib xizmat qiladi. Agar bolalar tilning go'zalligini,
she'rning ritmini, ohangdorligini his eta olsalar, o'zlari ham
kichkina she'rlar to'qib, qofiyalar tanlashga urinadilar.
Bolalardagi fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun badiiy
qobiliyatning hamma turlarida ham xayolning ma'lum maqsad-
ga yo'naltirilgan bo'lishi ta'minlanadi. Bolalarni ijodiy maqsad
qo'yishga o'rgatiladi.
Bolalarning mustaqil ijodiy faoliyatlari bayramlarda, ko'ngil
ochish kechalarida, ekskursiya va sayrlarda, har xil o'yinlarda
amalga oshiriladi. Bolalar o'zlarining badiiy ijodiy mahoratla-
rini, qobiliyatlarini bemalol, erkin namoyish qilishlari uchun
tarbiyachi kerakli shart-sharoitni yaratib berishi zarur. Bo
lalarning bu xildagi mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilishda
tarbiyachi yakka tartibda yondoshishi lozim. Shu orqali u bo
lalarning o'ziga xos qobiliyat va imkoniyatlarini o'rganadi. Bo
lalar orasida ashula aytishga, rasm chizishga, musiqaga havas
juda erta uyg'onadi. Ammo bu hali bolaning kelajakda qanday
mutaxassis bo'lishini aniqlash huquqini bermaydi. Lekin tarbi
yachilar va ota-onalar bolalarning qiziqishlariga diqqat-e'tibor
bilan qarashlari lozim. Ular bolani diqqat bilan kuzatayo-
tib, unda musiqa, rasm, qurish-yasash va boshqa sohalardagi
iste'dodning ilk kurtaklarini ko'rishlari mumkin. Boladagi qo-
biliyatlarning shakllanishi kattalarning mana shu kurtaklar-
ni avaylab o'stirishlariga, ularga to'g'ri rahbarlik qilishlariga
bog'liq.
Dostları ilə paylaş: