gi va muhimligi to'g'risida aniq misollar bilan tushuntirish
zarur. Bolalar ayrim ishlarning uddasidan chiqib, boshqa bo
lalarni kamsitsalar, tarbiyachi bolaga
biror narsani bilmagan
o'rtog'iga o'rgatish kerakligini, o'z-o'zini maqtash yarashmas-
ligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo'ylikni tarbiyalash yolg'onchilik va vijdon-
sizlik paydo bo'lishining oldini olish va unga qarshi kurash bi
lan uzviy bog'liqdir.
Ba'zi bolalar o'zlari to'qigan, kattalardati eshitgan ertaklari-
ni tushlarida ko'rgandek qilib ko'rsatishga. urinadilar. Bun
day holda ham urushmasdan «Ertak» to'qishni yaxshi bilgani
uchun maqtash kerak.
Shunday qilib, bolalardagi xarakterning ijobiy namunalari-
ni, ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda axloqiy
tarbiyaning hamma samarali usullari bilan tarbiyalanib boril-
sa, ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Vatanparvarlikni tarbiyalash. Vatanparvarlik ijtimoiy tar
ixiy va axloqiy his-tuyg'ular sifatida odamning ijtimoiy taraq-
qiyoti davomida paydo bo'ladi. Ibtidoiy jamoa tuzumida vatan
parvarlik faqat o'z urug'doshlariga, ona yeriga,
urf-odatlari-
ga bog'liq his bo'lgan bo'lsa, sinflar paydo bo'lishi bilan vatan
parvarlik g'oyalari chuqurlashib, ijtimoiy hayotning tobora
ko'proq sohalariga chuqurroq kirib bordi. Davrlar o'tishi bilan
bu tuyg'u buyuk qudratga aylandi.
Vatanga muhabbatni tarbiyalash. Vatanga muhabbat - eng
chuqur ijtimoiy hislardan biridir. Bizning davlatimizda Vatanga
muhabbat hissi baynalminalchilik hissi bilan uyg'unlashib ket-
gan. Vatanga muhabbat hissi maktabgacha yoshdagi bolalarda
kattalar tomonidan bolalarning ruhiy taraqqiyotini va ular ta-
fakkurining aniq va obrazliligini e'tiborga olgan holda ma’lum
izchillik bilan tarbiyalanib boriladi. Shuning uchun bu yosh
dagi bolalarda vatanga muhabbat hissi ularga yaqin va tanish
bo'lgan aniq faktlar, yorqin misollar orqali tarbiyalab boriladi.
Baynalminal tarbiya. Bizning respublikamiz o'z mohiyati bi-
195
Ian baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bo
lalarda baynalminalchilik, xalqlar do'stligi hislarini tarbiyalab
borish muhim ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni
baynalminalchilik ruhida
tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosa
bat, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsa
di yotadi. Bunday his-tuyg'ularni rivojlantirish asosan taqlid
qilish orqali mukammallashib boradi. Maktabgacha yoshdagi
bolalarga baynalminalchilik his-tuyg'ulari asosini shakllanti-
rishda qardosh jumhuriyatlarda yashaydigan har bir millat va-
killari bilan uchrashuvlar o'tkazish; maxsus mashg'ulotlarda
ularning
urf-odatlari, madaniyati, san'ati, tabiati to'g'risidagi
adabiyotlarni o'qib berish, suhbat o'tkazish, rasmlar ko'rsatish,
filmlar namoyish etish, millat bolalari hayoti to'g'risidagi
hikoyalarni o'qib berish foydali bo'Iadi.
Dostları ilə paylaş: