423
Bola shaxsining tuzilishi:
Shaxsga yo‘nalganlikning (to‘rtinchi darajasi) inson xatti-
harakatlarining asosan, uning atrof-muhiga munosabatini bel
gilab beradigan mohiyatini ijtimoiy-madaniy xislatlar, qarash,
qiziqishlar, e ’tiqod, ijtimoiy ko‘nikmalar dunyoqarashini qam
rab oladi.
Shaxs tajribasinig (uchinchi darajasi). Ushbu tarkibga bilim,
ko'nikma kabi xislatlar kiradi. Ularga predmentlarni o‘rganish
jarayonida shakllanadigan hamda mehnat, amaliy faoliyat
(amaliy harakat sohasi) jarayonida o‘zlashtiriladigan fazilatlar
namoyon bo‘ladi.
Psixologik jarayonlarning (ikkinchi darajasi)hissiyot, idrok,
xotira, tafakkur, iroda kabi individual xarakterga ega xislatlar
bilan tavsiflanadi.
(birinchi darajasi) irsiyat bilan belgilangan fazilatlar;
shaxsning ehtiyojlarini, instintklari, jinsiy, millat vayosh jihati
bilan bog‘liq xususiyatlari o‘z ifodasini topadi.
Tayanch tushunchalar:
Tizim
- bu o'zaro uzviy bog'liq tarkibiy va tashkiliy jihatdan
bir butun bo'lgan elementlar majmuasi.
Ko'nikma
- u shunday aqliy va jismoniy harakatlar, usullar,
yo'riqlardan iborat bo'lib, u yordamida rejalashtirilgan
maqsadga erishiladi.
Inklyuziv ta’lim
- har bir bolaning filiologik va ruhiy
rivojlanishini hisobga olgan holda tashkil etiladigan jarayon.
Nazorat uchun savollar:
1. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktab
ta'limiga tayyorlashning mazmun-mohiyatini yoriting?
2. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi
muhitning ahamiyati nimalardan iborat?
3. Tayyorlov guruhida qanday ta'limiy-tarbiyaviy ishlarning
vazifalari nimalardan iborat?
4. MTM bilan maktab o'rtasidagi aloqa shakllari qaysilar?
5. Maktabgacha ta'lim tayanch dasturini asosiy bo'lim va
mazmunini izohlang.
424
6. Dasturni takomillashtirish bo'yicha sizning fikringiz.
7. Inklyuziv ta'lim tamoyillarini izohlang.
Dostları ilə paylaş: |