N. M. Kayumova


beradi. Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bola­



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

beradi.
Pedagoglar ota-onalar bilan ishlash jarayonida oilaga bola­
lar, ularning kuchli va zaif tomonlari, alohida ehtiyojlar! hamda
ko'proq bilishga' ko'maklashadi. Bu ma’lumot almashinuvi
chinakam hamkorlik mehnatini yaratadi.
Pedagog k u zatish Jarayon id a quyidagi tam oytllarga.
asoslan ad i:
- Bolaning 
kuzatilayotgan 
harakatini 
to'liq-puxta
hujjatlashtirish;
- Subyektiv talqin 
(pedagogning 
shaxsiy 
fikrlari, 
his-
tuyg'ulariga] 
yo'l qo'ymaslik;
420


- Bola tomonidan shaxsan bajarilgan ishni yoki aytilgan 
gapnigina xolisona kuzatish;
- Imkon boricha ko'proq ma'lumot to'plash, ular imkon 
darajasida sodda va tushuriarli bo'lishi kerak.
Kuzatishning asosiy xususiyatlari:
- Mohiyatan bola haqida ma'lumot to'plash va baholash -
aniq maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;
- Ma'lumotlarni to'plash va tahlil etish muntazam amalga 
oshirilishi, doimiy xarakterga ega bo'lishi lozim;
- Kuzatish jarayonida to'plangan ma'lumotlar hujjatlashti- 
rilishi va tahlil qilinishi zarur;
- Bola haqidagi bilimlarning asosini turli vaziyatlardagi 
kuzatish natijalari tashkil etilishi bolaning haqiqiy imkoniyat- 
larini bilish va tushunish, uning rivojlanish doirasini hamda 
uning ilgarilab borish yoki aksincha qiyinlashtiruvchi omillarni 
aniqlash imkonini beradi;
- Bola haqida ma'lumot to'plashda har tomonlama 
yondashuv, uning ayrim xislatlariga (ijobiy va salbiybo'lishidan 
qat'iy nazar) sun'iy ravishda alohida urg'u berishga yo'l 
qo'ymaslik lozim;
- Bolaga xos xususiyatlar tahlilini uning eng yaxshi, kuchli 
jihatlaridan boshlamoq maqsadga muvofiqdir, chunki aynan 
shunday yondashuv bolani tushunishda va pedagog faoliyatida 
o'ziga xos tayanch sifatida xizmat qiladi;
- Kuzatish mezonlari (bola haqida ma'lumot to'plash 
yo'nalishlari) 5-7 yoshli bolaning ruhiy-jismoniy rivojlanishiga 
oid bilimlarga asoslanishi zarur.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin