N. M. Kayumova


Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Ota-onalar bilan shaxsiy suhbatlar. 
Oila bilan shaxsan 
ishlashning eng keng tarqalgan usuli sifatida qo'llanadigan 
suhbat bolalarni ertalab qabul qilish va kechqurun kuzatish 
vaqtida o'tkazilishi mumkin. Ular tarbiyachilar bilan ota- 
onalarni bir-biri bilan yaqinroq tanishishlariga yordam beradi. 
Tarbiyachining ota-onalar bilan ertalab o'tkazadigan suhbatlari 
qisqa muddatli bo'ladi, shuningdek uning yaqinlarida yaxshi
434


kayfiyat, tarbiyachiga ishonch hissi pay do bo'lishida katta 
ahamiyatga ega.
Ota-onalardan bola kechqurun qanday kayfiyatda bo'lganini, 
qanday uxlaganini, bola o'zini qanday sezishni so'rash foydali. 
Tarbiyachi ota-onalarga bolalarni bugun guruhda nimalar 
kutishi haqida qisqacha axborot beradi. Bu narsa bolani 
kayfiyatini ko'taradi, ota-onani xotirjam qiladi. Ota-onalar 
bilan kechki suhbatlar ham vaqt jihatidan cheklangan, ota- 
onalar bilan kechki suhbat vaqtida tarbiyachi bolaning tashqi 
ko'rinishiga taalluqli kamchiliklar aytilishi mumkin. Bolani 
guruhda kunni qanday o'tkazgani, nimalar bilan mashg'ul 
bo'lgani, o'zini qanday tutgani, nimaga e'tibor berish kerakligi 
haqida axborot beradi. Ota-onalarni bola tarbiyasida yo'l 
qo'ygan biror kamchilik va xatosini tahlil qilish uchun ular 
bilan yanada mufassal suhbat o'tkazish zarurati tug'ilganda 
vaziyatni tuzatish uchun malakali maslahat hamda tavsiya 
berish kerak bo'lganda maslahatlar o'tkaziladi.
Guruhiy maslahatlar va majlislar
Agar tarbiyachiga aynan bir masala bir nechta ota-onani 
qiziqtirayotgani ma'lum bo'Isa, ular uchun umumiy maslahatlar 
tashkil etadi. Pedagog maslahatga oldindan tayyorlanadi: zarur 
adabiyotlarni va ko'rsatmali materiallarni tanlaydi. Maslahat 
o'tkaziladigan aniq vaqt haqida ota-onalarini ogohlantiradi. 
Bunday maslahatlar onda-sonda va muntazam o'tkazilishi 
mumkin. Ota-onalarning guruhiy majlislari zaruriyatiga qarab 
yil choragida bir marta o'tkaziladi. Bunday majlislardan maqsad 
ota-onalarni aniq pedagogik masalalar bilan tanishtirishdir. 
Ularda mazkur guruhdagi bolalarni tarbiyalash masalalari 
muhokama qilinadi, guruh ishi bilan bog'liq tashkiliy masalalar 
qarab chiqiladi, ota-onalarning bayramda ishtirok etishlari 
haqida gapiriladi.
Majlislar mavzusini belgilashda va unga tayyorgarlik 
ko'rishda ota-onalari taklif etilayotgan bolalarni yoshini hisob­
ga olish zarur. Shu munosabat bilan o'yin yoki mehnat faoliyat-
435


lari haqida masalalar ko'proq o'rin egallash mumkin. Ota- 
onalarning umumiy majlisi maktabgacha ta'lim muassasalari 
hamma tarbiyalanuvchilarining ota-onalari uchun yiliga ikki 
marta o'tkaziladi. Ularni maktabgacha muassasa mudirasi, 
vrach, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi. Umumiy 
majlislarda ta'lim-tarbiyaviy ishning yakunlari muhokama 
qilinadi. Birinchi umumiy majlis o'quv yili boshida o'tkazilib, 
unda mudira ota-onalarni maktabgacha ta'lim muassasining 
yillik ish rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila bilan bog'liq 
qismiga aniq to'xtalib o'tish lozim. Ikkinchi umumiy majlis 
o'quv yili oxirida o'tkaziladi. Bunda maktabgacha ta'lim 
muassasining o'tgan yildagi ish yakunlari haqida ma'lumot 
beriladi. Bolalar muassasida tarbiyalanuvchilarning yashash 
sharoitlarini yaxshilashda ota-onalarning qo'shgan hissalari 
ta’kidlab o'tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi 
jamoasi qanchalik katta va murakkab ishni bajarishni va 
bu ishda qanday yordam berish kerakligini ishonchli tarzda 
ko'rsatish kerak. Majlislarda pedagog ma'ruzasining hajmi 20- 
25 minut ga mo'ljallanadi.
Ota-onalar bilan MTM xodimlarini birgalikdagi faoliyatini 
tashkil etish va uning mazmuni MTM dagi sharoitlarga bog'liq- 
dir. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan 
joyda o'zaro yordam, bir-birini tushunish, topshirilgan ishga 
javobgarlik holati vujudga keladi. Ota-onalar MTM maydonini 
ko'kalamzorlashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayyorlash, 
sog'lomlashtirish ishlarini o'tkazishda yordam ko'rsatishlari, 
bolalarga bayram kostyumlari tayyorlashda, bolalarni 
sayohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar 
ota-onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor 
bo'lsa, ular MTM ga bevosita yordam ko'rsatishlari kerak. 
Ota-onalarning ishi ijtimoiy xarakterga ega va ixtiyoriylikka 
asoslangan bo'lishi kerak. Birgalikdagi ishni to'g'ri tashkil etish 
uchun yillik reja tuziladi va ko'rinadigan joyga ilib qo'yiladi. 
Ota-onalardan qaysi kunlari MTMga kelib yordam berishlari 
mumkinligini so'rash lozim.
Ochiq eshiklar kuni ota-onalar bilan ishlashning samarali
436


shaklidir. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o'z kalendar yillik 
rejasi bo'yicha har bir yosh guruhning ma'lum rejimi bo'yicha 
odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta 
o'tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o'tkazish 
zarur. Ya'ni ota-onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish
ovqatlantirish, mashg'ulotning borishi, sayr haqida ko'pgina 
narsalarni ko'rish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida ma’lum 
qilinadi.
Ota-onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy 
munosabatda bo'lish, ularning faoliyatida imkon boricha 
ishtirok etish, tarbiyachiga xalaqit bermaslik, farzandiga 
tanbeh bermaslik [mashg'ulotlar o'tkazilayotganda].
Ochiq eshiklar kunini o'tkazishga tayyorlanayotganda 
fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning 
mehmonimiz», «Bizda ochiq eshiklar kuni» mavzusida foto 
ko'rgazma tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida 
qatnasha olmagan ota-onalarda qiziqish uyg'otadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin