N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasining ota-onalar bilan



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim muassasining ota-onalar bilan
hamkorlikdagi ishining mazmuni va usullari
MTMning ota-onalar bilan ishlashining jamoa tarzida va 
yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo'shib
432


olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini 
tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga 
erishish mumkin. MTM xodimlarini ota-onalar va oila bilan 
hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir 
qanchasini keltiramiz:
-
ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik 
tajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga 
ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini 
o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi. 
MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib 
boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga 
tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o'tkazish, 
ularga maslahatlar berish, ota-onalarning MTM hayoti bilan 
tanishishlari.
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. 
Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar 
maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
- ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning 
ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, pedagogik
433


axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy 
tarbiyaning barcha masalari bo'yicha materiallar solingan 
papka.
-
ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni 
ko'rsatish mumkin.
Tarbiyachining oilani borib ko'rishi
Bola yashab turgan oilani o'rganish ota-onalar bilan yaqin 
aloqa o'rnatish va ularga yordam, maslahatlar berishning 
samarali yoTlaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi 
sifatida emas maslahatchi, do'st va bola tarbiyasiga yordam 
beruvchi shaxs sifatida boradi. Tarbiyachining oilaga 
borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko'rish 
va zarur bo'lsa, ota-onalarga yordam ko'rsatishdir. Oilani borib 
ko'rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat 
bilan o'tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng 
yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga 
bo'lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida 
ko'rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi, 
ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi ijobiy va salbiy 
tomonlar haqida gapiradi. Ularga o'zining maslahatlarini 
beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun 
tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib 
ko'rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish 
ustuniga yozib qo'yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2 marta 
borib ko'riladi. Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda 
pedagogik madaniyatni oshiradi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin