olib borish, keng aholi orasida pedagogik tashviqot ishlarini
tashkil etish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga
erishish mumkin. MTM xodimlarini
ota-onalar va oila bilan
hamkorlikdagi ishlarining eng keng tarqalgan shakllaridan bir
qanchasini keltiramiz:
-
ota-onalar bilan yakkama-yakka ishlash. Ilg'or pedagogik
tajribalarning ko'rsatishicha, ishning bu turi katta ahamiyatga
ega. Bunda tarbiyachi oila va bolaning shaxsiy xususiyatlarini
o'rganib ularni o'zining tarbiyaviy ishida hisobga oladi.
MTMlarimiz tajribasida ota-onalar bilan yakkama-yakka olib
boriladigan ishlarning turli xil shakllari aniqlangan; oilaga
tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o'tkazish,
ularga maslahatlar berish, ota-onalarning
MTM hayoti bilan
tanishishlari.
- ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar.
Bular ota-onalarning guruhiy va umumiy majlisi, ota-onalar
maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.
- ko'rsatmali ishlar. Ishning bu turi ko'rgazmali, bolalarning
ishlarini namoyish qilish,
ochiq eshiklar kuni, pedagogik
433
axborot stendlari, ota-onalar uchun kutubxona oilaviy
tarbiyaning barcha masalari bo'yicha
materiallar solingan
papka.
-
ota-onaga pedagogik ta'lim berish va boshqalarni
ko'rsatish mumkin.
Tarbiyachining oilani borib ko'rishi
Bola yashab turgan oilani o'rganish ota-onalar bilan yaqin
aloqa o'rnatish va ularga yordam,
maslahatlar berishning
samarali yoTlaridan biridir. Tarbiyachi oilaga tekshiruvchi
sifatida emas maslahatchi, do'st va bola tarbiyasiga yordam
beruvchi shaxs sifatida boradi.
Tarbiyachining oilaga
borishidan asosiy maqsad bola yashayotgan sharoitni ko'rish
va zarur bo'lsa, ota-onalarga yordam ko'rsatishdir. Oilani borib
ko'rish va ota-onalar bilan suhbatlashish katta pedagogik odat
bilan o'tkazilishi kerak. Ota-onalar bilan suhbatda bolaning eng
yaxshi tomonlari ochib berilsa, ota-onalarning tarbiyachiga
bo'lgan hurmati va ishonchi ortadi. Tarbiyachi bolaning uyida
ko'rganlarini qayd qilish bilan bir qatorda ularni tahlil qiladi,
ota-onalar majlislarida oilaviy tarbiyadagi
ijobiy va salbiy
tomonlar haqida gapiradi. Ularga o'zining maslahatlarini
beradi. Oila tarbiyasidagi ijobiy ishlarni ota-onalar uchun
tashkil etilgan testlarda aks ettirish ham mumkin. Oilani borib
ko'rgandagi taassurotlarini tarbiyaviy ishlarni hisobga olish
ustuniga yozib qo'yishi kerak Oilaga kamida yiliga 2
marta
borib ko'riladi. Tarbiyachining oilaga borishi ota-onalarda
pedagogik madaniyatni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: