O'rta guruh
xonasi uxlash xonasi, hojatxona va yechinish
xonasiga ega bo'lishi kerak.
Guruh xonasi bir necha bo'limdan iborat bo'lishi kerak.
Birinchi o'yin bo'limida qo'g'irchoq bilan o'ynash uchun hamma
kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo'ladi. Ikkinchi o'yin
bo'limida qurilish materiallari qo'yiladigan shkaf va ular bilan
o'ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida
bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug'ullanishlari
uchun kerakli materiallar qo'yiladi. Kitob burchagi va stol usti
bosma o'yini bilan shug'ullanishlari uchun o'yin burchagida
tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga
yaqinroqda joylashtirgan ma'qul. Xona amaliy san'at asarlari
va ko'kalamzorlashtiruvchi o'simliklar bilan bezatiladi.
Maydoncha boshqa maydonch alar dan yashil, manzarali
o'simliklar bilan to'silib, jismoniy mashqlar va sport ermak
o'yinlari uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi.
Katta guruh.
O'yin bo'limlari bolalarning yoshiga mos
holda, o'rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida
yana mashg'ulot o'tkaziladigan bo'lim ajratiladi va u yerga
tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi.
Bolalarning mustaqil o'ynashlari uchun hamma kerakli
materiallar ular bemalol foydalana oladigan qilib joylashtirilishi
kerak (stollar, o'yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi,
tokchalar va boshqalar). Tabiat burchagi, qo'l mehnati bilan
shug'ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat
bilan mustaqil shug'ullanadigan burchak, musiqaviy faoliyat
burchaklari bo'lishi kerak, Bulardan tashqari bolalar bemalol,
erkin harakat qilishlari uchun kattagina bo'sh joy bo'lishi zarur.
Maydonchada sport o'yinlari, yugurish, sakrash, tirmashib
chiqish, irg'itish uchun katta joy ajratiladi. Syujetli o'yinlar
uchun o'yinchoqlar ham bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: