va bolaning rivojlanishiga xizmat qiladigan faoliyat tarzlarini
rejalashtirishda foydalanishi mumkin,
Pedagog bolalar bilan ularning qiziqishlari bo'yicha
intervyu va suhbatlar o'tkazib turadi. Bolalar kattalar bilan
o'z fikrlari, g'oya va ishlari bo'yicha gaplashishni xohlaydilar,
bunday hollarda pedagog bolalarga samimiyat va hurmat bilan
munosabatda bo'lishi o'zini qiziqtirgan mavzu bo'yicha bolalar
so'zlarini tinglashi, ochiq savollar berishi, suhbatga undashi
lozim. Bunday tadqiqotning maqsadi bolalarning xususiyatlari
va ehtiyojlari haqida ko'proq bilishdan iborat.
Agar bola qisqa muddatli guruhlarda qatnashayotgan bo'Isa
pedagog tomonidan
“Portfolio"
hujjatini tutadi. Bu bolaning
qisqa muddatli guruhga kelganidan tortib, yakunlagunga qadar
yutuqlari va ishlarining individual to'plamidir. Portfoliodan
rivojlanishning o'z-o'ziga baho berish vositasidan foydalanish,
unga bolaning o'z fikr-mulohazalarini aks
ettirishga
harakat qilib, so'zlar va sonlarni yozishga urinishlarini, nutq
namunalarini ham kiritish mumkin. Bundan tashqari ota-
onalarning ruxsati bilan bola faoliyatini aks ettiradigan
fotosuratlarni, og'zaki nutqlari yozib olingan audio-disklarni
tanlab olish mumkin. Bolalarga tegishli bo'lgan portfolio ota-
onalarga ko'rsatilishi lozim.
1-sinf o'quvchisining ijtimoiy-psixologik qiyofasi
Dostları ilə paylaş: