N. M. Kayumova


VIII. Ta'lim jarayonida differensiallashtlrilgan va indi-



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

VIII. Ta'lim jarayonida differensiallashtlrilgan va indi-
viduallashtirilgan yondashuv. 
Bu quyidagi yo'nalishlar 
asosida:
Mashg'ulotlarda ko'rgazmali vositalardan (predmetlarni, 
namunalarni, harakat uskunalarini ko'rsatish] nutq usullaridan 
(savollar, ko'rsatmalar, izohlar) kengfoydalaniladi. Bu yoshdagi 
bolalarning qabul qilish xususiyatlarini inobatga olgan holda 
o'yin usul va uslublari, kutilmagan natijalar, pedagog himoyasi 
onda-sonda qo'llaniladi.
- Ota-onalarning 
pedagogik 
jarayondagi 
ishtiroki 
darajasining o'zgarishi quyidagicha amalga oshiriladi: ota- 
onalar bilan bir vaqtda maktabgacha ta’lim muassasasi 
mutaxassislari ma'rifiy ishlarni amalga oshiradi. Ularni 
qiziqtirayotgan barcha masalalar yuzasidan amaliy seminar, 
maslahatlar, yakkama-yakka suhbatlar olib boriladi;
- TaTim-tarbiya ishining tarkibiy qismi - bolalar rivojla­
nishini nazorat qilish va tahlil etish pedagogik-psixologik 
ta'sirning shaxsga yo'nalganligini aniqlashda namoyon bo'ladi;
- Har bir bolaning xatti-harakati va rivojlanishini kuzatish;
- Tarbiyaviy ta'sirga o'z vaqtida o'zgartirish kiritish haqida 
qaror qabul qilish.
IX. Pedagogik diagnostikani tashkil etish. 
Maktabgacha 
ta'lim muassasalarida bolalar bilimini baholash va tahlil 
qilish maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan hamda Adliya vazirligi tomonidan qayd etilgan 
pedagogik diagnostika amalga oshiriladi.
"Diagnostika” 
yunoncha so'z boTib, 
"bilish”, "aniqlash”
ma’nosini anglatadi.
416


Pedagogik diagnostika 
- bu bolaning individual 
xususiyatlari va rivojlanish istiqbollarini aniqlash imkonini 
beradigan mexanizm. Diagnostika pedagogga o'z faoliyatini 
to'g'ri amalga oshirayotganini tushunish imkonini beradi.
Diagnostika:
- Individual ta'lim jarayonini;
- Ta'lim jarayonini to'g'ri belgilash;
- Tanlab olingan mezonlar asosida bolalar bilimini 
baholashda kamchliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Diagnostika maktabgacha ta'Iimga qo'yiladigan Davlat 
talablariga muvofiq, o'quv yilining o'rtasida va oxirida 
amalga oshiriladi, Tarbiyachi-pedagoglar dasturning barcha 
bo'lim va yo'nalishlarida olib borilgan ishlarni muvaffaqiyatli 
bajarilishini baholaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan 
musiqa xodimlari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, defektolog, 
psixolog va boshqa mutaxassislar o'z yo'nalishlari bo'yicha 
diagnostik tadqiqot olib boradilar. Diagnostika tavsiya 
etiladigan materiallar bola faoliyatini 3 ballik shkala bo'yicha 
umumiy baholash tizimini nazarda tutadi.
Dasturiy materiallarni o'zlashtirish 3 ballik tizim orqali 
aniqlanadi:
- 3 ball (Y) - faoliyat me'yorga mos keladi, ya'ni bunda bola 
topshiriqni mustaqil bajara oladi;
- 2 ball (O'] - me'yordan biroz pastroq, bunda bola 
topshiriqni kattalarning biroz yordami bilan bajara oladi;
- 2 ball (P) - me'yordan sezilarli darajada past - bunda 
kattalarning 
qo'shimcha 
savol 
berganiga 
qaramasdan 
topshiriqni bajarishga qiynaladi.
Diagnostika natijalari bo'yicha xulosa chiqarishda ularni 
bolalar tomonidan dasturiy talablarni o'zlashtirish darajasi 
bilan bog'lash mumkin (yuqori, o'rtacha, past).

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin