barchasi pedagogning kuzatuvlari asosida qabul qilinishi
lozim (bolalarni kuzatish va ularning ota-onalari bilan suhbat
natijasida tarbiyachi har bir bolaning
kuchi va zaif tomoni
hamda uning qiziqishlari haqida bilib oladi].
Bolaga ta'lim berish bo'yicha quyidagi uch omil mavjud:
1. Bolaning ushbu yosh guruhiga oid ma'lum bo'lgan
bilimlarni e'tiborga olish;
2. Har bir bolaning shaxsiga oid ma'lumotlarni e'tiborga
olish;
3. Bolalarni qurshab turgan ijtimoiy muhit va madaniy
qadriyatlar haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga olish.
Bolaning uydagi va o'zini jamoadagi hayotini takomillashti-
rishdagi qadriyatlar, orzu-umidlar, xatti-harakat va xususiyat
larini o'rganish pedagogga bolalar
uchun muayyan mazmun
kasb etadigan, ularni
madaniyatga mos keladigan, bolalar va
ularning oilasiga hurmat bilan munosabatda bo'lishiga yordam
beradigan ta'lim muhiti va mashg'ulotlarni
tashkil etish
imkoniyatini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: