N. M. Kayumova


Hamkorlikning muhinLshar.tlaci



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Hamkorlikning muhinLshar.tlaci,
- Maktab va maktabgacha ta'lim muassasi aloqalarining 
davomiyligi;
- Hamkorlikdagi ishlarning rejaliligi, muntazamliligi;
- Muammolarning yaxlit dinamik jihatdan hal etilishiga 
rioya qilish.
Hamkorlik asosini-birgalikdagiishningistiqbolrejasitashkil 
etib, unda maqsad asosiy vazifalar aniq shakllantirilgan, turli 
yo'nalishlarga doir mazmun aniqlangan, ishning aniq shakli, 
muddatlari, bajarilishi uchun mas'ul shaxslar ko'rsatiladi. Bu 
esa amaliy hamkorlikning muvaffaqiyatiga olib keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hamkorlikdagi izchillikni 
ro'yobga chiqarishga doir har tomonlama mazmunli ishlarni 
yuqori darajasiga erishish bolalarni maktabda muvaffaqiyatli 
o'qishlariga zamin hozirlaydi,
Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab
aioqasining shakllari
Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab o'rtasidagi aloqa 
ikki yo'nalishda olib boriladi:
1. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktabning 
pedagoglar jamoasi o'rtasidagi aloqa.
400


2. 
Maktabgacha ta'lim muassasasi bolalari va boshlang'ich 
sinf o'quvchilarini bir-birlariga yaqinlashtirish.
Tarbiyachilar boshlang'ich sinfda olib boriladigan ta'lim- 
tarbiyaviy ishning mazmuni, o'ziga xos tomonlari bilan 
tanishadilar, natijada MTMda bolani maktab talabi darajasida 
tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi.
Maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari katta va tayyorlov 
guruhlari olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib 
boradilar va maktabda ta'lim berishda bolalar egallagan bilim, 
malaka va ko'nikmalarga asoslanadilar.
MTM 
bilan 
maktab 
pedagoglarining 
o'zaro 
aloqa 
o'rnatishlaridan ko'zlangan asosiy maqsad bolalarni zamon 
talabiga javob beradigan darajada maktab ta'limiga tayyorlash 
uchun o'quv tarbiyaviy ishlar bo'yicha maktab bilan 
maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasida mustahkam aloqa 
o'rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari 
uchun MTM va maktabda olib borilayotgan ta'lim-tarbiyaviy 
ishlarni chuqur tahlil qilib, bu sohada yuqori natijalarga 
erishishdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi 
aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab 
belgilanadi.
MTM bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va 
amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bog'Iaydi. 
Pedagogik tashviqot ishlari MTM maktabga tayyorlov guruhi 
tarbiyachisining va birinchi sinf o'qituvchisini MTMning 
maktabga tayyorlovguruhidava birinchi sinfda olib boriladigan 
ta'lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga 
tayyorlov guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov 
guruhi bolalari va maktabdagi 1 sinf o'quvchilarining o'ziga 
xos xususiyatlarini o'rganishni taqozo etadi. Mana shunday 
usulda ish olib borilganda o'qituvchi va tarbiyachilar maktabni 
1 sinf va MTMni tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo'lgan 
yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy tabiatini, aqliy va ijtimoiy
401


rivojlantirishlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov 
masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi.
Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta'lim 
muassasasi bilan maktab o'rtasida quyidagicha konkret 
aloqa shakllari o'rnatiladi: o'qituvchi va tarbiyachilar 
bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari 
bo'yicha/ bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha birgalikda 
o'tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun 
seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek, 
bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning MTMdan maktabga 
o'tishlaridagi 
ruhiy 
qiyinchiliklar, 
maktab 
sharoitiga 
qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo'yicha 
tarbiyachi va o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar 
orqali tajriba almashuv va boshqalar kiradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi 
uzviy aloqaning pedagogik vazifasi MTMning tayyorlov 
guruhida va maktabning 1 sinfida olib boriladigan ta'lim- 
tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va 
usullari bilan o'zaro tanishishni taqozo etadi.
Bu masalada MTMning tayyorlov guruhi tarbiyachilari 
maktabning 1 sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar 
va dars, mashg'ulotlardan keyin birgalikda yig'ilishib uni 
muhokama qiladilar, ayrim metodikalar bo'yicha seminar
- praktikumlarda qatnashadilar: ilg'or tajribalar bilan 
o'rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha yoki 1 
sinfda bolalarga bilim berish bo'yicha pedagogik kengashlarni 
o'tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma ish shakllari 
va mazmunini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari 
surilayotgan masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal 
etishda uchraydigan kamchiliklarni aniqlash, bolalar bog'chasi 
va maktabda olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini yanada 
takomillashtirish bo'yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab 
chiqishdir.
Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi 
aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan,
402


o'qituvchi MTMning tayyorlov guruhiga borib o'zining 
bo'lajak o'qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi 
tomondan tayyorlov guruhi tarbiyachilari o'zlarining sobiq 
tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o'qiyotganini 
o'rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir 
bolaga aniq tavsifnoma beriladi.
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi 
o'ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o'qituvchiga bola bilan 
munosabatda bo'lganda pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri 
yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o'z navbatida
1 sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog'lab 
boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o'qiyotganlari, 
xulqi, o'qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o'qituvchidan 
so'rash orqali ham aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini 
bolalar bilan olib borgan ta'lim tarbiyaviy ishidagi yutuq va 
kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o'qituvchilar ilg'or tajribalarni tarqatish, 
tashviqot, 
targ'ibot 
qilish 
maqsadida 
shahar, 
rayon 
konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Maktabgacha ta'lim muassasasi bilan maktab o'rtasidagi 
uzviy aloqa samarali bo'lishi uchun quyidagi shartlarga rioya 
qilish lozim. MTM bilan maktab o'rtasidagi aloqa izchil amalga 
oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo'ljallangan bo'lishi, 
amalga oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali 
tusda bo'lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo'yicha tuzilgan 
istiqbol rejasi tashkil etib, unda o'zaro aloqaning bosh vazifasi, 
mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar 
ko'rsatilishi lozim.
Maktab bilan MTM yil davomida mana shunday aloqa 
o'rnatib borishi natijasida ta'lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija 
beradi.
Bolalarni maktab o'quvchilariga yaqinlashtirish shakllari 
ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab 
muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish,
403


birgalikdagi mashg'ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy 
kechalar o'tkazish, rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan 
o'yinchoqlar ko'rgazmasini tashkil etish va boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo'lsa va og'ishmay amalga oshirib 
borilsa, birgalikdagi ishlar bo'yicha istalgan natijalarga, 
muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab 
ta'limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o'qib 
ketishlarida yaxshi samara beradi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin