shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratadi.
Ta'lim sohasidagi asosiy natija bola tomonidan bilimlarni qay
darajada o'zlashtirib olinganligi
uning rivojlanishiga, shaxsda
integrativ xislatlarning shakllanishga qanchalik xizmat qilgani
bilan belgilanadi.
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda pedagog tomoni
dan tanlab olingan ta'lim uslublari intellektual jarayonlarning
shakllanishiga muammolar yechimiga ijodiy yondashishga,
tashabbuskorlikka, mustaqillikka va mas'uliyatga, o'z faoli
yatini boshqara olishga o'rgatishi lozim.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarni
maktab
ta’limiga
tayyorlashda quyidagi tamoyillar ustuvor hisoblanadi:
- Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv;
- Bolaga yo'naltirilgan ta’limiy yondashuv;
- Pedagogning ilmiy-pedagogik- psixologik strategiyasi;
-
Rivojlantiruvchi yondashuv;
- Ta'limning rivojlantiruvchi muhiti;
- G'yin faoliyati;
- Inklyuziv ta'lim;
- Pedagogik diagnostika ta'limi;
- Ota-onalar bilan hamkorlikning istiqbolli shakllari.
I.
Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv ta'lim jarayonini tashkil
etishning asosi sifatida shaxsning jamoa oldidagi ustuvorlikni
nazarda tutgan holda unda insonparvarlik munosabatlarining
shakllantirilishini taqozo etadi. Bunda bola o'zini shaxs
sifatida his etadi, boshqa kishilarda
shaxsga xos xislatlarni
ko'rishni (kattalarda va atrofdagilarda) o'rganadi. Har bir
bola imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish esa pedagogning
qadriyatlar yo'nalishlari xatti-harakatida namoyon bo'ladigan
moddiy va ma'naviy
qadriyatlarga munosabati, mo'Ijallar
tizimi, xohish-istaklari bilan belgilanadi.
II. Bolaga yo'naltirilgan ta'limiy yondashuv bu bolaning
yosh xususiyatlari, qobiliyatlari,
qiziqishlari, talab-ehtiyojlari,
uning ta'lim maqsadlariga erishish uchun yordam beradigan
409
maktabgacha ta'lim muassasasiga kelgunga qadar to'plangan
tajribasi e'tiborga olingan ta'lim shaklidir.
Bunda:
- Ta'lim jarayoni bolaning eng odatiy tarzda rivojlanishi va
ta'lim olishiga doir
bilimlarga asoslanishi lozim;
- Ta'lim
muvaffaqqiyatli
pedagog tomonidan
bolani
rivojiantirish va o'qitish uchun va yo'1-yo'riqlariga oid bilimlarni
qay darajada egallaganiga bog'liq;
- Pedagogning asosiy vazifasi bolaning rivojlanishiga
ko'maklashishidir;
-Maktabgacha ta'limning o'ziga
xos xususiyati - bolaning
qadrini tushunish va vaqtidan oldin ulg'ayishiga undamaslik.
Dostları ilə paylaş: