N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab hamkorligi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab hamkorligi.
Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
Mamlakatimizda mustaqillik yo'lidagi ilk qadamlardanoq 
jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy 
tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta’lim sohasida 
jumladan uning birinchi pog'onasi hisoblanmish maktabgacha 
ta’lim sohasida ham katta o'zgarishlar qilinmoqda. Mustaqillik 
yillarida mamlakatimizda ta'lim muassasalari faoliyatini 
me'yorlashtiruvchi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, «Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi», «O'zbekiston Respublikasi maktab­
gacha ta’lim to'g'risida»gi Nizom, «Maktabgacha yoshdagi
392


bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yilgan davlat talablari» kabi 
muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
Isloh etish jarayonida bolalarga ta'lim va tarbiya berish 
vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek, pedagogika 
fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari qamrab olinmoqda.
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash 
ko'nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o'rtoqlarini tushunish, 
ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun 
bolaning maktabga qadam qo'yayotganida nechog'li bilimga 
ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga 
tayyorligi, atrof-olamga moslashish ko'nikmasi, voqea-hodisani 
mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o'rgatishgina emas, unda o'z kuchiga 
ishonchni orttirish, o'z g'oyasini himoya qilish, mustaqil 
ravishda bir qarorga kelish ko'nikmasini shakllantirish ham 
muhimdir.
«O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi 
Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda ota-onaning 
mustaqil ravishda ta'lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabga­
cha ta'lim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta'lim 
muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha 
ta'lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil 
etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o'tishi 
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy 
o'zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha 
yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasida yoki 
oilada maktab ta’limiga tayyorlash, uni murakkab bo'lmagan 
bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'Iadi. 
Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchi- 
liklaridan xalos bo'lishga yordam beradi.
Shunga binoan, MTM bilan maktab o'rtasidagi bog'liqlik bir 
tomondan, bolalarni maktab ta'limi talablariga javob beradigan 
darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan hol-
393


da maktabga o'tkazishni, ikkinchi tomondan, o'qituvchining 
katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, 
malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o'quv- 
tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTM bilan maktab o'rtasidagi uzviy bog'liqlik katta 
maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang'ich sinf 
o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berish sharoitiniyaqinlashtirishga 
yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab 
sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o'tadi. Bolalar 
maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o'z 
navbatida maktabda o'qishning birinchi kunidan boshlab 
ta'lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari birinchi 
sinfda bolalar oldiga qo'yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, 
maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq 
ravishda ta'lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko'p 
tomonlama tuzilishga ega. Unda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning 
mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek, 
bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab 
kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda 
quyidagilarga alohida e'tibor berish kerak:
1. Maktab talabi nuqtayi nazaridan bolalar bilimlarni 
chuqurroq egallab olishlari lozim.
2. MTM nuqtayi nazaridan bolalarni maktab talabi 
darajasidagi bilim, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantirish
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa 
bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda 
aqliy mehnat, bilishga qiziqishni o'stirish, kelajakdagi mustaqil 
faoliyatga tayyorlashdan iborat.
4. MTMda beriladigan ta'lim rivojlantiruvchi tarzda bo'lishi 
kerak.
5. MTM bilan maktab o'rtasida izchil aloqa o'rnatish,
Uzviylik MTM va maktabda shaxsni har tomonlama
shakllantirish bo'yicha olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini
394


izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTM 
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda boshlang'ich sinf 
ta'limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan 
yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar egallagan xulq- 
atvor shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan boTadigan 
o'zaro munosabat shakllari, axloqiy his-tuyg'u va tasavvurlar 
maktabning boshlang'ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy 
xulq-atvor shakllarini ularning ongini, his-tuyg'ularini 
tarbiyalash uchun manba bo'lib xizmat qiladi.
Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq-atvorda 
birlik bo'lishini tarbiyalash, o'z xatti-harakati uchun shaxsiy 
javobgarlikni seza bilish, jamoatchilik xislatlari, sifat jihatdan 
yangi bo'lgan xulq-atvor shakllarini tarkib toptirish uchun 
shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynal- 
milallik, o'z vatani oldidagi burchini chuqur anglash kabi 
his-tuyg'ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalarning 
MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, 
ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy hislari asosida 
shakllanadi.
Maktabda bolalarni estetik tomondan tarbiyalash bo'yicha 
izchil ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida 
musiqa asbob-anjomlari bilan tanishadilar, ashula aytadilar, 
marsh sadolari ostida yuradilar, o'yinga tushadi san'at darsida 
esa o'quvchilar chizmachilik va rasm solishni, naqqoshlik rang- 
tasvir, manzarali-amaliy san'at natyurmortni, portretni bir- 
biridan farqlashni o'rganadilar. O'qish darsida bolalar adabiy 
janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg'ulotlarda ularning 
badiiy, ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlantiriladi. Bolalarda 
mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat ahliga ijobiy munosabat, 
mehnat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish ishlari ham 
maktabda o'rgatilib boriladi.
Maktab 
bilan 
MTM 
o'rtasidagi 
mehnat 
tarbiyasi 
bo'yicha uzviy bog'liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini
395


murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga qaratishga, 
bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o'z-o'zini tashkil eta 
bilishga, axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib 
keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa boradi. Maktabdagi 
hamma o'quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo'yicha izchillik 
asosida olib boriladi.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM 
va maktabda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlari 
mazmunini belgilovchi dasturlar o'rtasidagi bog'liqlik tashkil 
etadi.
Hozirgi boshlang'ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini 
olib solishtiradigan bo'lsak, ular o'rtasida bir qancha o'zaro 
bog'liqlarni ko'ramiz. Bu, eng avvalo, dasturlarda asos qilib 
olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning 
mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va 
vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik 
prinsiplari, ta'limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi 
xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtayi nazarlarning 
birligida namoyon bo'Iadi.
Birinchi sinf o'quv dasturi ayrim predmetlar bo'yicha MTM 
dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko'pligini 
ko'ramiz. Masalan, MTMda ona tiliga o'rgatish va boshlang'ich 
sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama 
rivojlantirish kabi umumiy g'oya asos qilib olinadi.
MTMda bu ish bolalarning lug'atini boyitish, tovushlarni 
to'g'ri talaffuz qilishga, ifodali o'qishga o'rgatish, bog'langan 
nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda 
esa bolalarda mana shu MTMda egallagan bilim, malaka, 
tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik 
xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis 
elementlari o'rgatiladi. Shu bilan bir qatorda MTMda 
boshlangan bolalar lug'atini boyitish, nutqning ifodaliligi, 
bog'langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.
396


MTMda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to'g'risidagi 
bilimlar organizm bilan muhitning birligi to'g'risidagi umumiy 
g'oyaga asoslangan holda olib boriladi. Shu asosda bolalarga 
jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o'rtasidagi bog'liqlik 
to'g'risida bilim va tushunchalar beriladi.
Bunda dasturlar mazmunida birlik o'rnatishda maktabgacha 
ta’lim yoshidagi bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning 
yoshlari, bilimlaridagi farq xususiyatlari e'tiborga olinishi 
kerak.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim 
bo'lgan bilim va tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi 
hayot to'g'risidagi tasavvurlar va ayrim oddiy tushunchalar 
tashkil etadi.
Bunday tasavvur va tushunchalarning bolalar tomonidan 
egallab olinishi, ya'ni bolalarda har xil sohalar bo'yicha 
o'zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda 
umumiy rivojlanishi uchun nihoyatda zarur bo'lib, bularsiz ular 
hozirgi zamon boshlang'ich sinf ta'limidagi kerakli bilimlarni 
egallay olmaydilar.
Maktabda esa o'quvchilarning bilimi yangi bosqichga 
ko'tariladi va kengayadi, shu bilan birga ular egallayotgan 
bilimlarini nazariy jihatdan anglay boshlaydilar, ilmiy 
tushunchalarni shakllantirish maktabda olib boriladigan 
ta’lim-tarbiyaviy ishning markaziga qo'yiladi. Maktabda 
bilimlar asosini egallash yanada aniqroq tusga kira boradi.
MTM bilan maktab o'rtasidagi izchillik ta’limning shakl va 
uslublarida ham o'z aksini topadi.
Ta'lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti 
bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni ongli egallab 
olishlariga erishish, bog'chada va maktabda ularning aqliy 
qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o'stirishdir. MTM va 
maktabning boshlang'ich sinfida qo'llaniladigan juda ko'p 
usullar bir xil bo'lib, ular bolalarning aqliy, axloqiy-irodaviy 
rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga 
ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga, amaliy
397


faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o'qituvchi bilan dars 
jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarning murakkabroq 
shakllarini egallab olishlariga yordam beradi.
Tarbiyachining 
mashg'ulotlar 
jarayonida 
bolalarning 
amaliy faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday rahbarlik qilishi 
maktab va MTM o'rtasidagi ta'lim usulidagi izchillikning 
asosini tashkil etadi.
Maktabdagi dars, MTMdagi mashg'ulot bir muncha o'ziga 
xos xususiyatlarga ega, shu bilan birga ta'limning tashkiliy 
asosda olib borilishida esa umumiylik sezilib turadi. Mashg'ulot 
va darslarning mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, 
aniq belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, 
ta'limning ilmiy asoslangan metod va usullaridan foydalanish, 
ta'lim berish jarayonida bolalarda o'quv faoliyati elementlari, 
o'z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma'lum maqsadga 
qaratilgan aqliy ish bilan shug'ullanish qobiliyati tarbiyalab 
boriladi. Bular hammasi bolani maktab ta'limiga faol kirishib 
ketishga tayyorlaydi.
Maktab va maktabgacha ta'lim muasassasi ishidagi 
izchillikni amaliy ro'yobga chiqarishning muhim shartlaridan 
biri tayyorlov guruh tarbiyachilari hamda 1-sinf o'qituvchilari 
o'rtasidagi hamkorlikni o'rnatishdir.
Bu aloqalarning ahamiyati keyingi yillarda Respublikamizda 
qabul qilingan ta'lim sohasidagi tub islohotlarda o'z aksini 
topgan. Hozirgi davrning o'ziga xos xususiyati maktabgacha 
ta’lim muassasasi va maktab bilan ommaviy yaqinlashuvi, 
pedagoglar jamoasining samarali hamkorliklari hisoblanadi.
Hamkorlikning asosiy vazifasi - bolalarni maktab ta'limiga 
tayyorlashda yakdillikka erishish, bolani maktab ta'limiga 
tayyorlashning yuqori darajasini ta'minlash bo'lib, bu 
keyinchalik maktabda muvaffaqiyatli o'qishga olib keladi.
Hamkorlikning mazmuni hamda shakllari shu vazifalardan 
kelib chiqib aniqlanadi.
Bunda hamkorlikdagi uch asosiy jihat:
398


1. Axborot - innovatsion, pedogagik.
2 .Ilmiy - uslubiy.
3.Amaliy.
I. Birinchi jihatda - o'qituvchining tayyorlov guruh dastur 
talablarini chuqur bilishi, shu o'rinda tayyorlov guruhi 
tarbiyachilarning ham 1-sinf dastur mazmuni bilan tanishishi/ 
mashg'ulotda va dars jarayonida axborot, pedagogik va 
interfaol usullardan foydalanish darajasi, bolalarni har 
tomonlama tarbiyalashda birlikka erishish muhimdir.
Maktabgacha 
ta’lim 
muassasasi 
bilan 
maktab 
aloqasining asosiy shakllari;
- o'qituvchi va tarbiyachilarning izchilligi;
- pedagogik kengash, seminar va ochiq dars mashg'ulotlarga 
qatnashishi;
- o'zaro fikr almashishi;
- ta'lim sohasidagi yangiliklarni ish jarayoniga maqsadli 
qo'llash.
IT. Tlmiy-usiubiy jihatdan hamkorlikda:
- Ilg'or ish tajribalar bilan o'rtoqlashish;
- 1-sinfda o'tiladigan fanlar va mashg'ulotlar o'rtasidagi 
izchillikni ta'minlash;
- Ta'limni ilmiylik prinsipida tashkil etish.
- Ta'lim - tarbiyaviy jarayonlarni uslubiy jihatdan ta'min- 
lashga erishish;
111. Hamkorlikning amaliv jahati:
- 1-sinf o'qituvchisining bo'lajak o'quvchilari bilan oldindan 
tanishuvi;
- Tarbiyachilarning 1-sinf o'quvchilarining dars jarayonidagi 
ishtiroki va nazorati;
- Mashg'ulotva mashg'ulotdan tashqari jarayonlarda bolalar 
faoliyatini kuzatish va suhbatlashish;
- Tarbiyachi tomondan har bir bola uchun tavsifnoma 
tayyorlash.
Bolalar maktabga kelgan dastlabki hafta - oy mobaynida 
tarbiyachilar bolalarni maktabga moslashuvini, fanlarni
399


o'zlashtirishga ulgura olishlarini kuzatishi, bolalarni xulq -
atvor va faoliyatlarini kuzatadi, o'quvchilar bilan suhbatlashadi, 
orqada qolayotgan o'quvchilarning o'qishdagi kamchiliklari 
ularni bartaraf qilish choralarini o'qituvchi bilan birgalikda 
hal 
etadi. 
Tarbiyachi 
o'qituvchilarning 
hamkorlikdagi 
kengashlarida - bolalarni maktabga tayyorlashning aniq 
natijalari tahlil qilinadi, ishning kuchli va zaif tamonlari 
aniqlanadi, kamchiliklarni bartaraf qilishning aniq yo'llari 
belgilanadi.
Hamkorlikning eng yaxshi tajribalari tuman, shahar va 
respublika anjumanlarida yoritiladi, amaliyotga joriy etiladi. 

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin