shakllantiriladi, bu maqsadda har haftada guruh xonasini
jamoa bo'lib yig'ishtirishda qatnashadilar. Bunda bolalarning
badiiy-estetik didlari ham rivojlantiriladi. Guruhda estetik
muhitni yaratishda ishtirok etishlari ta'minlanadi, kattalar
mehnati
haqidagi tasavvurlari kengaytiriladi,
kishilar
mehnatiga hurmat hissini tarbiyalash, ishlab chiqarish
korxonalari qurilishlari umumlashtiriladi. Madaniy-maishiy
xizmat xodimlarining mehnatlari to'g'risida tushuncha hosil
qilinadi. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim muassasasida
tashkil etiladigan jarayonlarning butun tizimi maktabgacha
yoshdagi bola ongi, xulq-atvori va shaxsini qayta qurishga,
bolalarda mehnat taTimining yangi sharoitlariga faol har
tomonlama tayyorgarlikni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bolaning maktab ta'limiga maxsus tayyorgarligi mehnatda
o'qishga umumiy, psixologik tayyorgarligiga qo'shimchadir. U
bolalarda matematika, ona till kabi o'quv fanlarini o'rganishi
uchun zarur bo'lgan maxsus bilim, ko'nikma va malakalarning
mavjudligiga ko'ra aniqlanadi. Maktabgacha ta’lim muassa
salarida bolalarda eng oddiy matematik tasavvurlarni tarkib
toptirish, nutqni o'stirish, o'qish va savodni egallashga tayyor-
lanish yuzasidan o'tkaziladigan jadal ish bolalarni maktabda
o'qishga maxsus tayyorlashning zarur darajasini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: