- Kitob burchagi (rasmli aibomlar, jurnallar];
- O'zbekiston xaritasi, globusi, rasmlar stendi;
- Harakatlanadigan ikki tomonlama doska (bolalar bo'yi
baravar o'rnatilishi lozim],
Yaratiladigan bu muhit bolada mustaqil tanlay olish
ko'nikmalarining shakllanishini ta'minlaydi.
Har bir guruh xonalari bir necha markazga bo'linib, o'yin va
o'rganish, sinov va tajriba, tengdoshlari va kattalar bilan o'zaro
aloqalari uchun yetarli darajada material mavjud bo'ladi.
Turli guruhlarda markazlar to'plami bolalarning yoshi,
qiziqishlari, ehtiyojlariga ko'ra o'zgacha bo'lishi, vaqt o'tishi
bilan boshqasiga aylantirilishi mumkin. Maktabga tayyorlov
guruhlarida kamida 5 ta turli faoliyat markazlarini tashkil
etish tavsiya etiladi. Shuningdek, muzey, istirohat bog'i,
tarixiy joylarga sayohat uyushtirilishi kerak. Shuni unutmaslik
kerakki, maktabgacha ta'lim muassasasi hududini ham talab
darajasida jihozlash ham rivojlantiruvchi muhit sifatida ijobiy
ta'sirni yanada oshiradi.
Dostları ilə paylaş: