N. M. Kayumova


III. Rivojlantiruvchi yondashuv



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

III. Rivojlantiruvchi yondashuv 
- bolaning tabiiy 
ravishda ulg'ayishining muhimligini baholash va tahlil etish 
imkoniyatini 
yaratadigan 
rivojlantirishga 
yo'naltirilgan 
yondashuv.
Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
- O'yin jarayonida atrof-muhit haqidagi ma'lumotlarni 
o'zlashtirib, faol ta'lim oladi;
- Rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o'tadi;
- Hissiy va kognitiv (aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o'zaro 
munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
- Har biri o'ziga xos sur'atda, betakror shaxs sifatida 
rivojlanadi.
IV. 
Individuallashuv 
- o'ta muhim masala, chunki 
yondashuv qay darajada individual bo'lsa, har bir bola shu
412


darajada mo'ljaldagi ta'lim natijalariga erlshishning ehtimoli 
ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi. 
Muayyan fan bilan bog'liq muammolar kamayadi, o'zlashtiril- 
gan bilim va ko'nikmalar oshadi. Individuallashtirishning 
ta'lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va 
talab-ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu 
jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o'ziga nisbatan 
hurmat oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal 
etishga tayyorgarlik hissi paydo bo'ladi. Pedagog o'zgaruvchan 
vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishni, 
bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda material va 
vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni 
kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har 
bir bolaning kuchi va zaif jihatlari va qiziqishlarini o'rganadi.
Pedagogik strategiya 
- bu bolalarni qo'yilgan maqsadlarga 
erishishiga yordam beradigan pedagog qo'Ilaydigan muayyan 
uslublar yig'indisidir. Uning asosini bolaning qiziqishlari, 
uning kuchli va zaif jihatlari, ta'lim uslubi, yosh xususiyatlari 
va shaxsiy sifatlarni e'tiborga olish tashkil etadi.
V. 

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin