- Bola salomatligining yaxshi bo'lishi;
- Bola organizmining chiniqqanligi;
- Ma'lum darajada chidamliligi va ish qobiliyati;
- Kasalliklarga qarshilik ko'rsata olish xususiyatlariga
bog'liq.
Bu
bolaning
jismoniy
va
nerv-psixologik
uyg'un
rivojlanganligi, morfologik va fiziologik rivojlanishining yosh
ko'rsatkicMariga muvofiqligi (yoki birmuncha ilgariligi}.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni jismoniy
jihatdan tarbiyalashda:
- Jismoniy mashqlar va jismoniy o'yinlar;
- Ertalabki badantarbiya mashqlari;
- Asosiy harakatlar (yugurish, sakrash, tashlash, ilib olish,
irg'itish,
emaklab yurish, tirmashib chiqish, muvozanatni
saqlash) mashqlari;
- Umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo'l va yelka, oyoq, gavda
uchun mashqlar, saflanish va qayta saflanish,
velosipedda
uchish va suzish);
- Chiniqtirish va sog'lomlashtirish - gigiyenik badantarbiya
mashqlari, chiniqtirish, qomatni to'g'ri tutish ko'nikmasini
tarbiyalash;
- Ochiq havodagi sport o'yinlari (sakrab o'ynaladigan,
irg'itib, ilib olib o'ynaladigan o'yinlar);
- Ermak o'yinlar;
- O'zbek xalq harakatli o'yinlari o'ynaladi.
Shuningdek, gigiyena va o'z-o'ziga hurmat:
- Uxlash gigiyenasi;
- Shaxsiy gigiyenasi;
-
Ovqatlanish gigiyenasi;
- Madaniy gigiyenik ko'nikmalarni aniqlash va o'z-o'zini
hurmat qilish (o'ziga xos gigiyena, shikastlanishni oldini olish).
Maktabga tayyorlashda maktabgacha yoshdagi bolalarda
mayda matorikani rivojiantirish (ushlash, yopish, qirqish,
bo'lish), qo'l barmoqlari va qo'llarni ishlatlsh alohida o'rin
egallaydi. Bu bolani maktabda yozuvni muvaffaqiyatli egallashi
383
uchun zamin hozirlaydi. Jismoniy tayyorgarlikbolada maktabga
yetuklikni shakllantirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Maktabgacha yetuklikni aniqlashda bola sog'lig'ining holati va
organizmning biologik yetukligini baholash (antropometrik
ko'rsatkichlarga: suyak, mushak, nafas olish va yurak-qon
tomir tizimining) rivojlanganligini nazarda tutuvchi ko'p
omilli tahlil, fiziologik funksiyalarning rivojlanishi darajasini
baholashdan iborat. Bularga:
- Partada uzoq vaqt o'tirish uchun zarur bo'ladigan
tormozlash qobiliyatining rivojlanganligi;
- Harakatlarini yaxshi boshqara olish (yozish, rasm solishga
aloqador grafik vazifalarni bajarishda barmoqlarning mayda
harakatlari);
- Ijobiy va tormozlanishga xos
shartli aloqalarni nisbatan
tez hosil qilish hamda mustahkamlash;
- Ikkinchi signal tizimining yetarlicha rivojlanganligi.
Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg
bo'lishi jismoniy norma hisoblanadi.
Kun tartibi, chiniqtiruvchi muolajalar, muntazam jismoniy
tarbiya mashg'ulotlari, xilma-xil harakatli o'yinlar va jismoniy
mashqlar faol harakat tartibi bolalarni maktabda o'qishga
jismoniy tayyorgarligini ta'minlashning zaruriy shartlari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: