1-mavzu. Umumiy fizika faniga kirish Reja



Yüklə 14,95 Mb.
səhifə1/34
tarix20.12.2023
ölçüsü14,95 Mb.
#187263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
2 5244694615092627428


1-mavzu. Umumiy fizika faniga kirish


Reja:

1.Fizika fanining predmeti


2.Fizikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Fizika fanining rivojlanish tarixi.
4.Fizikaning metodologiyasi.
5.Fizik kattaliklar.
6.Birliklar sistemasi.
7.O’lchamliklar..
8.Fazo va vaqt.
9.Sanoq sistemasi.

Blis-so’rov:


Insonlar xarakatlanadi, avtomobilda, velosipedda yurishadi, harakatdan to’xtaydi va sizda ko’plab savollar tug’iladi:

  1. Men qanday ko’raman?

  2. Nima sababdan men isiyapman?

  3. Men nafas olayotgan havoning o’zi nima?

  4. Qiyalikdan ko’tarilayotganda nima sababdan pastga tushaman?

  5. Osmondagi barcha jismlar yulduzlarmi? Yoki ular sayyoralarmi? Nega ular harakatlanayotganga o’xshab ko’rinadi?

  6. Havodagi chang zarrasining tabiati qanday?

  7. Biz ko’rmaydigan, sezmaydigan tabiat sirlari mavjudmi?

  8. Yorug’lik o’zi nima?

  9. Nima uchun ko’rpa yopinganda issiq tuyuladi?

  10. Materiyaning tabiati qanday?1



Fizika tabiat haqidagi fanlardan biri bo’lib, u atrofimizdagi nihoyatda ulkan va murakkab olamning eng umumiy xossalarini, uning eng umumiy harakati turlarini, bu harakatlarni tavsiflovchi qonunlarni hamda hodisalar orasidagi munosabatlarni o’rganadi.
Bizni urab olgan dunyo moddiydir, u doimo mavjud bo’lgan va uzluksiz harakatlanuvchan materiya ko’rinishidadir. Materiya tabiatda real mavjud bo’lgan barcha narsalardir. Materiyaning konkret turi xilma - xildir. Ularga elektronlar, protonlar, neytronlar, α - zarrachalar, atomlar, molekulalar va boshka ko’rinishidagi elementar zarralar, bunday zarralarning ko’plab majmuasi bo’lgan fizik jismlar va fizik maydonlar kiradi. Bu maydonlar vositasida turli moddiy zarralar uzaro ta’sirlashadi. Materiyaning tabiatda bo’ladigan barcha uzgarishlari, bir turdan ikkinchi turga aylanishlari va boshka barcha jarayonlar harakat deb ataladi. Harakat materiyaning ajralmas kismidir. Materiya harakatining turli tuman shakllarini turli fanlar, jumladan fizika xam urganadi. Harakatning fizika urganadigan eng sodda va umumiy turlari - mexanik harakat, issiklik harakati, elektromagnitik harakat, gravitatsion, atom va yadro ichidagi jarayonlar, uning murakkabrok va oliy turlari ( kimyoviy va biologik harakat) bilan uzviy boglangandir. Masalan, elektromagnitik uzaro ta’sir qonuniyatlari fizik jarayonlarni xam kimyoviy jarayonlarni xam boshkarib turadi. SHuning uchun fizika tabiatshunoslik fanlari orasida aloxida urin tutib, ularni tarakkiyoti uchun asos bo’lib xizmat kiladi.
Fizika fani matematika, kimyo, biologiya, ekologiya, astrongomiya, falsafa, texnika fanlari va yana bir qator fanlar bilan uzviy aloqaga ega. Fizika barcha tabiiyot fanlarining va amaliy fanlarning muvoffakiyatli rivojlanishi uchun zarur bo’lgan tadkikot usullarini ishlab chikishga va asboblar yaratishga imkon beradi. Masalan, mikroskopni biologiyadagi, teleskopni astronomiyadagi, spektral analizni kimyodagi, rentgen analizni meditsinadagi va h.k. axamiyati goyat kattadir. Xozirgi paytda barcha tabiiy va amaliy fanlarning aloxida fizika bulimlari bor: astronomiyada - astrofizika, biologiyada - biofizika, agronomiyada - agrofizika, elektrotexnikada-elektrofizika va h.k. SHularga asoslanib, fizika barcha tabiiy va amaliy fanlarning yaratilishi uchun poydevordir deyish mumkin. U fan va texnikani rivojlanishida , pirovard natijada jamiyatni rivojlanishida muhim o’rin tutadi.
Fizikaning boshlangich asoslari qadimgi yunon faylasuflari Aristotel, Demokrit, Epikur, Lukretsiy tomonidan yaratildi va rivojlantirildi. Bu urinda Urta Osiyo mutaffakir olimlari Beruniy, Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Axmad al-Fargoniy, Ulug’bek kabi allomalarning tabiatshunoslik faniga kushgan munosib xissalarini ta’kidlamok lozim.
Italiya olimi G.Galiley (1564 -1642), ingliz olimi I.Nyuton (1643-1727) ning olamshumul ishlaridan boshlab tajribaga tayanib tarakkiyot eta boshlagan fizika fani keyingi 3 - 4 asr mobaynida jadal rivojlanish yulini bosib o’tdi. XIX asrni ikkinchi yarmida yoruglikni elektromagnit nazariyasini yaratilishi bilan fizika fani muayyan darajada yakunlangan fan ko’rinishini - klassik fizika nomini oldi.
XIX asrning oxiriga kelib klassik fizika qonunlari atomning ichki tuzilishini, katta tezlikda harakatlanuvchi jismlarda yuz beradigan hodisalarni va boshka ko’p hodisalarni tushuntirishga ojizlik qilib koldi. XX asr boshida A.Eynshteyn (1879-1955) tomonidan yaratilgan maxsus va umumiy nisbiylik nazariyalariga tayangan, yoruglikni kvant nazariyasi, mikrozarralar mexanikasiga asoslangan zamonaviy fizika yuzaga keldi. Bu fizika modda va maydon xossalari, atom, molekulalar, yadro va elementar zarralar tarkibi va xossalarini urganishda ulkan natijalarga erishdi. Elementar zarralar fizikasi, plazma fizikasi, kvant xromodinamikasi, yadro fizikasi, Qattiq jismlar fizikasi, kvant optika, nochizigiy optika, golografiya va boshka soxalar vujudga keldi. Fizikaning tarakkiyoti unda ochilgan xar bir tabiiat qonuni nazariy axamiyatga ega bo’libgina kolmay balki texnika tarakkiyoti jarayoniga katta xissa kushdi, inkilobiy uzgarishlarga sabab buldi. Aytilganlardan ravshanki, xozirgi va kelgusidagi fan va texnika tarakkiyotini fizika fanisiz tasavvur etish kiyin. Fizika va texnikaning uzaro sermaxsul alokasi va bir-birini rivojlantira borishi insoniyat tarakkiyotining muxim omillaridan biridir.
Fizika ozukani tabiat hodisalarini urganish va bu hodisalarning tavsiflovchi qonunlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni kuzatishlar va tajribalar asosida oladi.
Hodisani boshka hodisalar bilan uzaro boglanishlarni tulasicha saklanib koladigan tabiiy sharoitda urganish kuzatish deb ataladi. Masalan, yuqoridan Yerga tomon tushayotgan tosh, yomgir tomchisi, parashyutchi harakatida Yerning tortish kuchi namoyon bo’ladi. Bunday hodisalarda xavoning karshilik kuchi xam uz ta’sirini kursatadi. Hodisani unga xalakit beruvchi ta’sirlardan xoli bo’lgan sharoitda kuzatish uchun tajriba utkaziladi. Masalan, jismni Yer tortish kuchi maydonida tushishini urganishda xavo karshiligi yuzaga keltiradigan ta’sirni ikki yul bilan kamaytirish mumkin:
1) jism o’lchamlarini kichraytirish, 2) xar xil o’lchamli jismlarni bushlikda tushishini tekshiriladi.
Ikkala xolda xam jismlarning Yer tortish kuchi ta’sirida erkin tushishni "sof" xolda urganishga sharoit yaratiladi.
Tajribani yuksak aniqlikda kayta-kayta takrorlanishi eng muxim talablardan biridir. Bu degani tajribani boshka joyda boshka asboblar bilan aynan avvalgidek sharoitlarda takrorlanganda ilgari olingan natijalar muayyan aniqlikda takrorlanishi zarur demakdir. Xar qanday fizik hodisani xam tajribada kayta amalga oshirib bulavermaydi. SHu sababli bunday hodisalarni fakat tabiiy kuzatish yuli bilan urganiladi. Ba’zan esa tabiatda uchramaydigan hodisalarni laboratoriya sharoitida amalga oshirish mumkin. Masalan, sof yarim utkazgichlarga biroz boshka elementlar aralashtirilsa, tabiatda uchramaydigan yarim utkazgich moddalar hosil kilinadi.
Fizika fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini ifodalovchi bir nechta masalalarni ko’rib chiqamiz:


  1. Yüklə 14,95 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin