F = 0 da mdV = 0 bo’ladi.
Bundan mV = const kelib chiqadi. Bu impulsning saqlanish qonunidir.
(1) ifoda inertsiyal sanoq sistemasida joylashgan moddiy nuqta yoki yakka jism uchun o’rinli ekanini ta’kidlagan edik. Nyutonni uchinchi qonuniga asosan inertsiyal sanoq tizimidagi jismlar sonini ikkitaga yetkazilsa ularning ta’sirlashuv qonuni o’zgacha (ya’ni F12= - F21) bo’ladi. Fizikada ikki va undan ortiq o’zaro ta’sirlashuvchi jismlar to’plami jismlar tizimi deyiladi. Bunday tizimga xos xususiyatlardan biri sho’qi, uni tashqil qiluvchi jismlar o’zaro ta’sirlashadilar. Bu ta’sirlashuvlarning yunalishi va kattaligini baholovchi kuchlar ichki kuchlar deyiladi va f harfi bilan belgilanadi. Faqat ichki kuchlar ta’sirida
bo’lgan jismlar to’plami yopiq (berk) tizim ( sistema) deyiladi.
Agar jismlarning bir qismiga yoki hammasiga tashqi kuchlar ta’sir etsa, bunday tizim ochiq hisoblanadi. Tashqi kuchlarga harakatlantiruvchi kuchlar, ishqalanish kuchlari, qarshilik kuchlari, tortishish va itarishish kuchlari kiradi. Shu ma’noda yopiq tizim bu ideal tushunchadir. Faqat koinotdagi ob’ektlarga nisbatan yopiq tizim tushunchasi qullaniladi xolos.
Yopiq tizimlarning impulsini ko’raylik.
Aytaylik, ikkita jism inertsiyal sanoq tizimida joylashgan bo’lsin. Ularning impulslarini
P1 = m1 • V1 va P2 = m2 • V2 deylik.
Ular bir-birlari bilan f12 va f 21 ichki kuchlar ta’sirida bulsalar Nyutonning
III - qonuniga asosan f12 = - f21 bo’lib, ularning yig’indisi f12 + f21 = 0 bo’ladi, yoki