Demak, yopiq tizimdagi jismlarga tashqi kuchlar ta’sir etmasa, shu tizimdagi jismlarning impulslarining yig’indisi o’zgarmas ekan. Yopiq tizim ichida o’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning birini impulsi kamayib, ikkinchisiniki ko’payishi mumkin, ammo tizimning impulsi doimiy qolavYeradi. Demak, ichki kuchlar inertsiyal sanoq tizimida joylashgan tizimning impulsini o’zgartirishi yoki unga tezlanish berish qobiliyatiga ega emas ekan. Bu muloxazalarni juda ko’p jismlardan tashqil topgan yopiq tizim uchun ham qullash mumkin. Agar tashqi kuchlarning biror koordinata o’qiga masalan, OX o’qiga proeksiyalari yig’indisi nolga teng(Fix=O) bo’lsa Rx = sonst (7) bo’ladi. (7) impuls proeksiyasining saqlanish qonunidir.
To’qnashish - fazoning kichik soxasida jismlarning qisqa vaqt ichida o’zaro ta’sirlashuvlari jarayonidir. To’qnashuvchi jismlarni markazlarini birlashtiruvchi to’gri chiziq urilish chizigi deyiladi. Agar bu to’gri chiziq jismlarning massa markazlari orqali o’tsa to’qnashish markaziy hisoblanadi. To’qnashish lar elastik va noelastik ko’rinishda bo’ladi.
Agar tuqnashuv natijasida jismlarni ichki energiyalari o’zgarmasa to’qnashish mutloq elastik hisoblanadi va aksincha, to’qnashish natijasida jismlarni ichki energiyalari o’zgarsa to’qnashish noelastik hisoblanadi. Bunda agar energiya to’liq ichki energiyaga aylansa mutloq noelastik to’qnashish sodir bo’ladi.
Mutloq elastik to’qnashish.
Ma’lumki, jismlarning uzaro ta’sirlashuvlarida energiya va impuls almashinuvi yuz beradi. To’knashuvdan so’ng jismlarning harakat yo’nalishi va to’qnashish -guncha bo’lgan tezliklaridan boshqacha tezlik bilan harakatlanishi kuzatiladi. Rubaru markaziy to’qnashish da ikkala jismlarning massa m arkazlari bir to’gri chiziq bo’yicha harakatlanadi. O’zaro ta’sir kuchi harakat yo’nalisihda bo’ladi.
Juda qisqa vaqt ichida elastik to’qnashish yuz berib, ikkala jism bir xil Vtezlik bilan harakatlanadi, so’ngra ular ajraladilar va har xil tezlik bilan harakatlana boshlaydilar. Agar birinchi jism massasi m1, tezligi V1, to’qnashish dan keyingi tezligi V1' ikkinchi jism uchun mos ravishda m2, V2, V2' bo’lsa impulsni saqlanish qonuniga asosan