9-mavzu. Butun olam tortishish qonuni Reja: 1.Kepler qonunlari.
2.Butun Olam tortishish qonuni.(BOTQ)
3.Gravitatsion maydon(GM) kuchlanganligi va potentsiali.
4.Gravitatsion maydonda jismni ko’chirishda bajarilgan ish.
5.Kosmik tezliklar.
6.Ekvivalentltlilik prinsipi.
Qadim zamonlardayok odamlar samoviy yulduzlarning bir-biriga nisbatan vaziyati uzoq vaqtlar oralig’ida o’zgarmasligini, sayyoralar esa shu yulduzlar orasida murakkab traektoriyalar buyicha harakatlanishini sezganlar. Kadimgi yunon olimi Ptolemey geotsentrik nazariyaga asos soladi ya’ni Yer atrofida barcha sayyoralar harakatlanadilar deb xisoblandi. Beruniy xam xuddi shunday goya tarafdori edi. Axmad al – Farg’oniy, Ulug’bek, Ali Qushchi, kabi buyuk allomalar xam yulduzlar va sayyoralar vaziyatini aniqlashga doir olamshumul ishlarni bajarishgan. Geotsentrik goyasi XVI asr boshlarida N. Kopernik tomonidan geliosentrik sistema asoslab berilguncha xukmronlik kildi.
Uzok astronomik kuzatishlar Kopernikning geliosentrik sistemasi to’g’ri ekanini kursatdi. Daniyalik T. Bregge ko’plab aniq kuzatishlarni amalga oshirdi. SHunday kuzatishlarini umumlashtirib I.Kepler kuyidagi qonunlarni yaratdi.
Kepler planetalar harakatini uzok tekshirishlar natijalarini umumlashtirib uz qonunlarini berdi.
1.Sayyoralar fokuslaridan birida Quyosh joylashgan muayyan ellips buylab harakatlanadilar.
.
3. Ixtiyoriy ikki sayyoraning aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ularning orbitalarining katta yarim uqlari kublari nisbatiga teng.
Kepler qonunlari yuldoshlarning sayyoralar atrofidagi harakatlari uchun xam urinlidir.
Nyuton Keplerning bu qonunlarini umumlashtiruvchi qonunni taklif kildi. Har qanday ikkita m va M massali jismlar orasidagi tortishish kuchi shu jismlarning massalarini ko’paytmasiga to’g’ri va ular orasidagi masofa kvadratiga teskari proportsional bo’lib, ularni birlashtiruvchi to’g’ri chiziq buyicha yunalgan bo’ladi.
Agar m = M = 1kg, r = 1m bulsa, γ = F bo’ladi, va u tortishish yoki gravitatsion doimiyligi deb ataladi. Kavendish tajriba yuli bilan γ = 6.67 • 10-11 N m2 / kg2 topdi.
Bir-biridan uzokda turuvchi jismlar alokada bo’ladi. Yer Quyosh va h.k. Bu jismlar materiyani alohida formasi bo’lgan maydon orqali ta’sirlashadilar. Xar bir jismni atrofida uz maydoni mavjud. Umuman maydon bu biror kuch ta’siri seziladigan fazo soxasidir.Tortishish kuchlari yoki ta’siri seziladigan soxa tortishish (gravitatsion) maydon deb ataladi. Olamdagi hamma jismlar tortishish maydoni ta’sirida bo’ladilar. Xarakteristikalari bo’lib, kuchlanganlik va potentsiali xisoblanadi.