1-mavzu. Umumiy fizika faniga kirish Reja


Inertlik ulchovi bo’lib massa hisoblanadi



Yüklə 14,95 Mb.
səhifə11/34
tarix20.12.2023
ölçüsü14,95 Mb.
#187263
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
2 5244694615092627428

Inertlik ulchovi bo’lib massa hisoblanadi. SHuning uchun massa moddaning inYertlik va gravitatsion ulchovi deyish mumkin. Tajriba natijalarini umumlashtirib, kuch ta’sirida jismning olgan tezlanishi uning massasiga teskari mutanosib ekan degan xulosaga kelamiz. Demak, inertsiyal sanoq tizimida joylashgan jismga kuch ta’sir etsa uning olgan tezlanishi
bular ekan.
Ushbu formula Nyutonning II qonunini ifodalaydi. Inertsiyal sanoq tizimida joylashgan jism olgan tezlanishi shu jismga ta’sir etuvchi kuchga to’g’ri, uning massasiga teskari mutanosib bo’lib, shu kuch yunalishida bo’ladi. Agar jismga bir kancha kuch ta’sir etsa uning olgan tezlanishi

bo’ladi.
Bu ifodadan massa m = F/a bo’lib, jismga ta’sir etuvchi kuchning jism olgan tezlanishiga nisbati bilan ulchanadigan fizik kattalikdir degan ma’no chikadi.
Agar massa va tezlanish aniq bulsa jismga ta’sir etuvchi kuchni
F = m • a (4)
ifodadan aniqlash mumkin. Agar m = 1 kg, a=1m/s2 bulsa kuchning birligi
|F| = 1 kg • 1 m/s2 = 1 N bo’ladi.
(4) ifodani

yozish mumkin.

Bu misolda , alpinistning o’zoq vaqt davomida harakatining ma’lum qisqa vaqt davomidagi tezligi, tezlanishi va ta’sir etuvchi kuchlarining yo’nalishlari va qiymatlari ko’rsatilgan. Bunda ko’rsatilgan kichik tezlanishlar kichik kuchlarga , katta tezlanishlari esa katta kuchlariga mos keladi29.



Jismlarning o’zaro ta’sirlashuvi bir tomonlama bulmaydi. Tajribalardan ma’lumki bir jism ikkinchi jismga qanday kuch bilan ta’sir kursatsa, ikkinchi jism xam birinchi jismga shunday aks ta’sirni yo’zaga keltiradi.


Inertsiyal sanoq tizimlarida o’zaro ta’sirlashayotgan ikki jismning ta’sir va aks ta’sir kuchlari mikdor jixatidan teng va ta’sirlashish nuqtalarini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq buylab qarama-qarshi yunalgan :
F12 = - F21 (6)
(6) ifoda Nyutonning III qonuni nomi bilan yuritiladi. Bu Yerda shuni aytish lozimki, uchinchi qonunda boshka-boshka jismlarga kuyilgan kuchlar xakida so’z yuritiladi, shuning uchun ular bir-birini muvozanatlaydi. (6) ifodaga Nyuton II -qonunini tatbik etib ta’sirlashayotgan jismlarning tezlanishini aniqlash mumkin.
m1 • a1 = - m 2 • a2
bo’lib, bundan

Demak, o’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning olgan tezlanishlari ularning massalariga teskari mutanosib bo’lib qarama-qarshi yunalgan.
Har qanday jismning massasi uni tashqil kiluvchi jismlarning massalari yig’indisiga teng bo’ladi. Bu xossa massa additivligi deyiladi.
Masalan, istalgan kimyoviy reaktsiyani olsak, unda bir kancha molekula yoki atomlar reaktsiyaga kirishib natijada bir kancha boshka atom yoki molekula hosil bo’ladi. Reaktsiyagacha bo’lgan moddalar massalarining to’plami reaktsiyadan keyin hosil bo’lgan moddalar massalarining yig’indisiga teng bo’lishi tajribalarda aniqlangan (Lomonosov, Lauazьe). Bu xulosa moddaning saklanish qonuni, to’g’rirogi, massaning saklanish qonuni deb yuritiladi.
M = m1 + m 2 + m3 + ..... (8)
m1, m 2, m3 ... lar reaktsiyagacha , M - reaktsiyadan keyingi moddalar massalaridir.
Nyutonning uchunchi qonuni
Agar A va B jismlar o’zaro ta’sirlashsa, bu ta’sir kuchlarining tashkil etuvchilari ham o’zaro teng va qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi.

Yüklə 14,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin