S avol: Bir yelkanli kema bevosita shamol ta’sirida o’zgarmas tezlikda harakatlanishi uchun boshqa kuchlar qanday munosabatda bo’lishi kerak?
Javob: Bu hol bo’lishi uchun qayiqga ta’sir qilayotgan barcha kuchlar bir birini kompensatsiyalashi kerak. Qayiq suvga botgan yoki suv yo’ziga qalqib chiqqan bo’lishi mumkin shu sababli, vertikal kuchlarni ham hisobga olish kerak .Vertikal kuchlarni arximed kuchi va og’irlik kuchlari tashkil etadi, og’irlik kuchi katta bo’lganligi uchun kuchlarning teng tasir etuvchisi pastga yo’nalgan bo’ladi28.
Ta’sirlashuvlar tabiatiga karab kuchning kattaligi va yo’nalishi turli qonunlar orqali aniqlanadi. Masalan, jismlarning ta’sirlashuvi butun olam tortilish qonuni, zaryadlarni ta’sirlashuvi Kulon qonuni va boshkalar o’z tabiatini aks ettiruvchi qonunlar orqali baxolanadi. Lekin kuchlar qanday tabiatli bulmasin ular jism harakatining o’zgartirish (tezlanish berishi) kobiliyatiga ega. Ayrim xollarda MN tabiati xar xil bo’lgan kuchlar ta’sirida mavjud bo’lishi mumkin. Xar bir kuch MN harakatining o’zgarishiga mustakil ta’sir kursatadi.
Bunda MN yoki jism oladigan tezlanish shu kuchlarning natijaligi orqali xisoblanadi. Kuchlarning teng ta’sir etuvchisini vektorlar yig’indisi ko’rinishida topiladi
F = F1 + F2 + F3 + ... + Fn = Σ Fi (1) Bu ifoda kuchlar superpoziyasi deb ataladi.
Tajribalarda jism harakatining o’zgarishi bir tomondan kuchga bog’liq bulsa, ikkinchi tomondan jismdagi modda mikdoriga xam bog’liq bo’lishi aniqlangan.Kuyidagicha tajriba kilaylik. Elastik prujinaga boglangan AV taxta oldiga xar xil radiusli pulat sharlarni joylashtiraylik. Prujinani sikib kuyib yuborsak eng kichik shar eng katta tezlanish olganini ko’ramiz. Katta radiusli shar esa o’shancha vaqtda ozgina
yo’l o’tadi, ya’ni eng kichik tezlanish oladi. Vaxolanki, sharlarga bir xilda kuch ta’sir berildi. Jism o’z harakat xolatini o’zgartirmaslikka intilishi yoki o’z nisbiy tinchligini saklash xossasi uning inertligini bildiradi.