N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktab o'quvchidan 
- aqliy faoliyatning murakkabroq 
shakllarini, axloqiy-irodaviy sifatlarning yuksakroq rivojlan- 
gan darajasini, o'z xatti-harakatini boshqarish qobiliyatini, 
katta ishchanlik qobiliyatini talab qiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi 
- Davlat 
talablari asosida maktab talablariga muvofiq ravishda 
maktabda o'qishga tayyorgarlikni tarkib toptirishdan iborat. 
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash:
- Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim tarbiyaviy ishni 
umumiy va har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajada 
ta'minlanishi;
- Maktabning boshlang'ich sinflarida o'zlashtirishlari 
lozim bo'lgan o'quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni 
ta'minlashni nazarda tutadi.
Pedagog olimlar va psixologlar (L.A.Venger, A.V.Zaparojes, 
G.M.Lyaminya) va zamonamiz pedagog olimlari (F.R.Qodirova) 
tomonidan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning quyidagi 
jihatlari ta'riflangan:
• Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlik;
- Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik;
- Maktab ta'limiga maxsus tayyorgarlik.
Maktab ta'limiga umumiy tayyorgarlikni amalga oshirishda 
quyidagi omillar muhim hisoblanadi:
375


- Bolaning maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyor- 
garligi;
- Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorgarligi;
- Maktabgacha yoshdagi bolaning maktabda o'qishga 
jismoniy tayyorgarligining.
I. 
Maktabda o'qishga axloqiy-ma'naviy tayyorgarlik
tushunchasi 
- bola o'z xatti-harakat, iroda, hissiyotlar, 
insonlarga nisbatan muloqot qilishda o'z fikrini ayta bilishi, 
o'zini shaxs sifatida anglashi, o'qituvchi va sinfdagilar bilan 
o'zaro munosabatlarini axloqiy asosda qurishga imkon 
beradigan darajada erishish tushuniladi.
Maktabdagi 
axloqiy-ma'naviy 
tayyorgarlik 
mazmuni 
o'quvchi tutgan o'rindan kelib chiquvchi bola shaxsi va xulqiga 
qo'yiladigan talablariga nisbatan aniqlanadi. Bu talablar:
- Tartibli va intizomli bo'lish;
- O'quv jarayonini mustaqil va mas'uliyatli bajarish;
- O'z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish;
- O'qituvchi va o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarda 
madaniy xulq qoidalariga rioya qilish;
- Maktab mulkiga tartibli va ehtiyotkorona munosabatda 
bo'lish.
Bu talablarni bajarishga tayyorgarlik, avvalambor, oilada, 
maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan maqsadli, 
tizimli ta'lim-tarbiyaviy jarayonda amalga oshirilishi lozim.
Axloqiy-ma’naviy tayyorgarlik maktabgacha yoshdagi bola 
shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon 
bo'ladi. Bunda o'quvchi bilan ishlashda quyidagilarni hisobga 
olish zarur:
- Xulq-atvorni ongli boshqarishga ko'maklashish;
- Dafatan asabiylashib ketishga erk bermaslik;
- Kutilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon 
etishdagi yordam.
Bo'lajak o'quvchi xulq-atvoridagi ixtiyoriylikning rivojla­
nish asosini Maktabgacha ta'lim yoshi oxiriga kelib tarkib
376


topadigan sabablar iyerarxiyasi, o'zaro bo'ysunuvchilari 
tashkil etadi. Sabablarning o'zaro bo'ysunganligi bu yoshdagi 
bolalarning ushbu daqiqadagi o'z ishtiyoqlarini ma'naviy 
ahamiyatli maqsadlar yo'lida yengish uchun irodaviy, ongli 
intilishga aloqadordir. Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi bolani 
xulq-atvori ixtiyoriylikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi, 
ammo bu davrda maktabdagi yangi xulq-atvor turiga o'tishni 
ta'minlaydigan ixtiyoriy xulq-atvor mexanizmining tarkib 
topishi muhimdir. Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning qaror 
topishida quyidagi uch jihat:
- Mustaqillik;
- Uyushganlik;
- Intizomlilik muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolada mustaqillikni tarbiyalash
va shakllantirish maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga 
oshiriladigan barcha taTim-tarbiyaviy jarayonlarda o'z aksini 
topadi. Bola maktabda o'z xulq-atvori va boshqa jarayonlarda 
mustaqil bo'lishga intiladi. Mustaqillik bilan uzviy bog'langan 
xulq-atvordagi uyushganlik va intizomlilik bola xulq-atvoridagi 
maqsadga yo'nalganlik, ongli ravishda o'z xatti-harakatini 
tashkil etish va uni nazorat qila olish kabi qobiliyatlar 
tarkib topadi. Bu esa bolaning ma'naviy-axloqiy jihatdan 
maktab ta'limiga tayyor ekanligni bildiradi. Maktabgacha 
yoshdagi bolaning o'z tengqurlari va kattalar bilan o'zaro 
munosabatlarini qoidalarga muvofiq ravishda tashkil etish - 
ma'naviy-axloqiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismidir. 
Bunda maktabda o'qish jarayonida o'z tengqurlariga nisbatan 
xayrixoh, xushmuomalalik, g'amxo'rlik bildirish va hurmat 
bilan munosabatda bo'lish, tashkilotchilik ko'nikmalari 
shakllanadi. Shuningdek, o'quvchi bilan o'qituvchining o'zaro 
munosabatida, o'qituvchining bahosi - o'quvchi bilimi va uni 
o'quv majburiyatlarini bajarish sifatining holis mezoniga 
aylanadi.
Maktabgacha axloqiy-irodaviy tayyorgarlik - bola ongi 
va axloqiy-hissiy rivojining muayyan darajasi bilan ham
377


ifodalanadi. Bunda bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi 
kattalar va tengdoshlariga nisbatan o'zaro hurmat bilan 
qarash, kattalar bilan muloqot qilish doirasini kengaytirish, 
taassurotlari bilan o'z hissiyotlarini o'rtoqlasha olish nizoli 
vaziyatlardan mustaqil chiqa olish, jamoada o'zini tuta bilish 
va o'z xatti-harakatini tanqidiy baholay olish kabi axloqiy 
hissiyotlar va axloqiy o'z-o'zini anglash bola tomonidan 
o'quvchining yangi ijtimoiy-psixologik mavqeyini ko'tarinki 
ruh bilan qabul qilishni, o'quv mashg'ulotlarini bajarishning 
muhimligini tushunishni ta'minlaydi. Bu esa o'quvchilarda 
o'z vatani oldidagi shaxsiy mas'uliyat hissiyotini uyg'otishda 
asos bo'Iadi. Bolaning axloqiy-irodaviy tayyorgarligi uning 
mehnatga nisbatan munosabatida ham o'z aksini topadi. Bu 
mehnat qilish ishtiyoqi, to'g'ri va tartibli bajarilgan mehnatdan 
qoniqish hissiyoti, atrofdagilar mehnatiga hurmat va zarur 
mehnat ko'nikmalarini egallashdir.
Bo'lajak o'quvchi mustaqil tartibli kiyinishi, o'z narsalari, 
o'quv anjomlarini saranjom saqlash, orasta bo'lib ko'rinishi 
kabi mehnat ko'nikmalarini u oilada va maktabgacha ta’lim 
muassasasida egallagan ko'nikmalariga tayangan holda 
amalga oshiradi. O'quvchini o'qitishda u maktabgacha ta’lim 
muassasasida egallagan birgalikdagi mehnat malakalari ishni 
rejalashtirish, vazifalarni taqsimlash, o'z holatlarini o'rtoqlari 
bilan kelishish, ishni oxiriga yetkazish katta o'rin egallaydi.
Xulosa qilib, bolaning maktabda o'qishga ma'naviy-axloqiy 
tayyorgarligi uni maktab yillarida axloqiy-irodaviy rivojlanti- 
rishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo'Iadi. U maktab 
ta'limi nuqtayi nazaridan bola shaxsi va xulq-atvorining o'z 
mazmuniga ko'ra bolaning maktab sharoitiga moslashish, o'z 
majburiyatlarini mas’uliyatli bajarish, o'qituvchi va o'quvchi- 
larga nisbatan axloqiy munosabatini shakllantirish uchun 
zamin tayyorlaydi, Ma'naviy-axloqiy tayyorgarlik bolani mak­
tabda o'qishga aqliy va jismoniy tayyorgarligi bilan uzviy 
aloqadordir.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin