N. M. Kayumova


XIV BOB. MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

XIV BOB. MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning
nazariy asoslari
Respublikada maktabgacha ta'lim tizimi bo'yicha qabul 
qilingan Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo'yiladigan Davlat talablari, "Ilk qadam" tayanch dasturi 
bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdek zarur ishni 
ta'minlaydi. Ya'ni, bu o'rinda maktabgacha ta’lim muassasasi 
va maktab ishidagi izchillik katta ahamiyat kasb etadi. Bu 
izchillik ta'lim tizimining barcha bo'g'inlari orqali ta'minlanib, 
izchillikni amalga oshirishning mavjud imkoniyatlari, ta’lim 
tizimi va uning tarkibiy va g'oyaviy tuzilishi prinsiplari asosida 
amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari tarbiyaning 
bolalar yosh 
xususiyatlari 
hisobga 
olingan 
umumiy 
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu esa 
maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab o'rtasida izchillikni 
ta'minlashning asosiy negizi hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim 
muassasasi va maktabdagi taTim-tarbiya vazifa, shakl hamda 
metodlarining turli yosh bosqichlarida bola shaxsini har 
tomonlama shakllantirishni amalga oshirish maqsadlarida 
o'zaro aloqasini qaror toptirish izchillik ifodasi hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab izchilligi 
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
-Maktabgacha ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy 
jarayonda bolalarning umumiy rivojlanishining zaruriy 
darajasiga erishish uchun maktabga qo'yiladigan talablarga 
yo'nalganligi;
-
Bola shaxsini boshlang'ich ta'lim maqsad va vazifalariga 
muvofiq keluvchi sifat jihatidan shakllantirish.
Bunda asosan 
maktabgacha ta'lim muassasasi va 
maktabdagi pedagogik jarayonda ta'lim-tarbiyaning shaxsni 
uzluksiz yuksalib boruvchi shakllanishini ta'minlovchi yaxlit,
368


dinamik va istiqbolli tizimni amalga oshirish uchun sharoit 
yaratadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab o'rtasidagi 
izchillikning qaror topishi tayyorlov guruhi bolalari va 1-sinf 
bolalalariga ta'lim-tarbiya berish sharoitlarini yaqinlashtiradi, 
Shunga ko'ra maktab ta'limining yangi sharoitlariga o'tish 
bola uchun sezilarsiz bo'lgan psixologik qiyinchiliklar bilan 
amalga oshiriladi. Bunda bolalarning yangi sharoitlarga tabiiy 
kirib borishlari ta'minlanadi, bu esa o'quvchilarga maktabga 
birinchi kelgan kunlaridan boshlaboq ta'lim-tarbiya berish 
samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabdagi butun 
pedagogik jarayonning bola shaxsini har tomonlama rivojlan- 
tirishga yo'nalaganligi ular o'rtasida ta'lim-tarbiya izchilligiga 
erishishning asosiy sharti hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallagan xulq-atvor va 
kattalar va tengqurlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakl­
lari, ma'naviy tasavvurlar va hissiyotlar boshlang'ich sinflarda 
amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning o'quvchilarda 
rivojlantirishdagi ma'naviy xatti-harakat, ong, hissiyot va 
munosabatlarning zamini hisoblanadi.
Maktab - maktabgacha davrlarda shakllantiriladigan 
jamoatchilikxususiyatlarini sifat jihatdan yanada rivojlantirish 
uchun zarur sharoitlar yaratadi, o'quvchi shaxsi jamoatchilikga 
yo'nalganligini 
qaror 
toptirishni 
ta'minlaydi. 
Maktab 
o'quvchilarda yuksak insoniy hissiyotlar: vatanparvarlik, 
mehnatsevarlik va milliy istiqlol g'oyalari, o'z vatani oldidagi 
o'z burchlarini his etish kabi hissiyotlar tarkib toptiriladi. 
Bularning asosini maktabgacha yillarda shakllantirilgan ota- 
onaga, oilaga muhabbat, kattalarga hurmat, tabiatni sevish, 
uni asrash kabilar tashkil etadi.
Maktab ta'limida bolalarning estetik tarbiyasiga doir ishlar 
davom ettirilib, o'quvchilarda estetik tasavvurlar, voqelikni 
estetik ko'ra bilish chuqurlashtiriladi. Musiqa, tasviriy san'at 
darslarida, badiiy faoliyat turlarida amaliy ko'nikmalar 
takomillashtiriladi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Axloqiy
369


munosabatlar, xulq-atvor etikasi tarbiyalanadi. Mehnat ahliga 
ijobiy munosabatni shakllantirish, malaka va ko'nikmalari 
shakllantiriladi. Mehnat ta'limidagi izchillik amalga oshiriladi, 
mustaqillik, uyushtira olish, tashkilotchilik kabilar rivojlanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin