Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta'lim-tarbi-
yaviy, rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar.
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli,
hodisalarni tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar.
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik,
ekologik,
musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkor-
lik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o'yinlar.
O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari [koptok, pirami-
da, kub va boshq.] bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin
vositalarisiz amalga oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida,
xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar, kompyuter va televizor
o'yinlari kabi texnik vositalar.
Maktabgacha ta'limda yoshi kattalarning to'plagan
tajriba-
sini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o'yinlar ta'lim
metodi sifatida namoyon bo'ladi. O'yin metodlariga qarab mak
tabgacha ta'lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli-
ishchan, dramalashtirilgan o'yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha ta'limda rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlarni
o'quv tarbiya jarayonida qo'llash quyidagi o'ziga xos
xarakter-
ga ega bo'ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar
maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo'ladi. Ikkinchi-
dan, o'yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g'ishtchalar,
kvadratlar, plastilin, karton qog'ozlar,
konstmktor-mexanik
majmualarida turli ornament, rasm va jimjimador predmetlar
vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar musta
qil bajarilishini ta'minlash maqsadida ulrni osondan qiyinga to-
mon, aniq vaqt oralig'ida sifatli bajarilishini ta'minlash darkor.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida interfaol o'yinlardan
foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida
bola passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining
asosiy vazifasi esa o'yinni tashkil etish, bolalar ijodiga
sharoit
yaratishdan iborat.
Interfaol o'yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to'g'ri ba-
yon etishga, boshqalarni tinglashga o'rganadi, boshqacha qilib
364
aytganda interfaol o'yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun
zamin bo'lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o'yinlarni
samarali o'tkazish uchun quyidagi qoidalarga e'tibor berish
lozim:
1. Mashg'ulot oldidan bolalar o'yin qoidalari va mazmunini
qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo'lgan
munosabatlarini hisobga olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini
e'tiborga ohsh.
4. O'yin jarayonida bolalarga qiziq bo'lgan
materiallardan
foydalanish.
5. Diqqat va e'tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rollarni to'g'ri taqsimlash.
7. O'yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bi
lish.
8 .0'yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo'lish
va natijalarini prognoz qilish.
Pedagogik nuqtayi nazardan to'g'ri tashkil etilgan o'yin bola
ning axloqiy irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga
unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish
uyg'otadi. Shuning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarida
o'yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O'yinlar texnologiyasi tushunchasi
pedagogik texnologi-
yaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy tarz-
dagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish
kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro
bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bi
lan farq qiladi.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki,
yuqoridagi nazariy
asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: