gi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foy-
dalanilmoqda. Bu texnologiyalarning
mazmun-mohiyatini,
asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali foy
dalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga
yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb
muammolardan biridir.
«Texnologiya» yunoncha so'z bo'lib, «techne» - «mahorat»,
«san'at» va «logos» - «tushuncha», «o'rganish» demakdir. Tex
nologiya so'zi zamirida jarayonlarni amalga
oshirish usullari va
vositalari haqidagi bilimlar yig'indisi, shuningdek, obyektda so-
dir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi.
Ta'lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish
quroli, ya'ni oldindan loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit
tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu
maqsadga
erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta'lim
jarayonini boshqarishni ifodalaydi.
Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bo
la shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni
ta'minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari
quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning sama-
radorligi, qaytuvchan aloqaning mavjudligi, ta'lim maqsadining
aniq shakllanganligi.
0 ‘yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maq
sadi, amalga oshirish kerak bo'lgan
jarayonlarning mantiqiy
ketma-ketligi va o'zaro bog'Iiqligi, oldindan belgilangan nati-
jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijti
moiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida ta'riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
- maftunkorlik;
-
kommunikativlik;
- o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
- tashxis;
- o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
- ijtimoiylashuvlik.
361
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt
asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni bola o'yinni o'zi tanlay-
di, unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy
natija emas, balki o'yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
■ ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida
bolalar uchun ijod
qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash-
ni xohlaydi, g'olib bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshi-
rishga yordam beradi;
- asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning man-
tiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erish-
ish, natijalarni tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. O'yinning
eng asosiy xususiyati uning ij оdiyligidadir. U o'zaro kurash,
musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo'ladi.
Nazariy jihatdan o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi
sifatida qarash mumkin.
O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish
va amalga oshirish, natijalarni tahlil
qilishni qamrab oladi va
bunda shaxs subyekt sifatida o'z imkoniyatlarini to'la amalga
oshiradi.
O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin xarakterining mu
sobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi,
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan
kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) qu-
yidagilarni qamrab oladi:
- o'ynash uchun olingan rollar;
- bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin
harakatlari;
- haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
- o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
- o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun],
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari-
da ham, o'quv maqsadi aniq belgilanishi zarur.
Bu texnologi-
362
yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri qo'yilishi uchun tarbiya
chi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'Iganligini bilishi kerak. Bitta
mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masa
lan, bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida
tushuncha berish va h.k.
O'yin texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivoj
lantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak-
kurini rivojiantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda
o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: