Bola tarbiyasida o'yinchoqning ahamiyati
Ko'pchilik bolalar o'yinlari xilma-xil o'yinchoqlardan foy
dalanish bilan bog'liq. O'yinchoq bola hayotining yo'ldoshi,
uning quvonchi manbayidir. U nafaqat o'yin quroli, balki bola
lar o'yinida sherik, o'rtoq, kattalar qo'lida esa tarbiyaning mu
him qurollaridan biridir. O'yinchoq o'yin yaratishda ishtirok
etadi, bolaning o'ziga xos sherigi sifatida namoyon bo'ladi,
uning shaxsiga katta ta'sir o'tkazadi. U bolaga shunchalik
yaqinki, bola o'z o'yinchoqlarini sevadi, ularga bog'lanib
qoladi, shu tufayli u o'zini atrofdagi hayotning to'laqonli a’zosl
deb hisoblaydi.
To'g'ri tanlangan o'yinchoqlar bolaning aqliy rivojlanishiga
yordam beradi. Xalq pedagogikasida o'yinchoqlarning butun
bir sistemasi ishlab chiqilgan. Ular bilan amalga oshiriladigan
o'yinlar bolaning sensor qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan.
"Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu
g'oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap
borganda, muhim bir masala haqida to'xtalib o'tish o'rinli
deb o'ylayman. U ham bo'lsa, dunyoga hayrat ko'zi bilan
boqib, undan o'zgacha ma'no topishga intilayotgan murg'ak
352
farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo'g'irchoq
va o'yinchoqlarni ishlab chiqarish masalasidir.
Bir qaraganda bu muammo arzimas narsa bo'lib tuyulishi
mumkin. Lekin har qaysi go'dak ilk bor olamni o'z atrofidagi
o'yinchoqlar orqali anglashini inobatga oladigan bo'lsak,
ularning inson tarbiyasidagi o'rni beqiyos ekanligi ayon bo'ladi.
Farzandlarimiz
milliyt hunarmandchiligimiz
asosida
yaratilgan o'yinchoqlarni o'ynashsa, ularning tarbiyasiga
ijobiy ta'sir etgan bo'lar edik” degan fikrni mamlakatimizning
Birinchi Prezidenti I.A Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengil-
mas kuch" asarida ta’kidlaydi (156 bet). Darhaqiqat, go'dakning
ulg'ayib kelajakda qanday yo'ldan borishi o'zining hayot
tarzini qanday axloqiy-ma'naviy asoslarga qurishi ham uning
bolalikda qanday o'yinchoqlar o'ynagani bilan belgilanadi.Har
bir xalqning o'yinchog'i o'zining pedagogik badiiy va amaliy
an'anasiga egadir. O'yinchoq hamma millat xalqlariga hurmat
hissini tarbiyalashi lozim. O'yinchoqqa quyidagi talablar
qo'yiladi:
Pedagogik talab. O'yinchoq obrazi va mazmunining bola
tarbiyasiga muvofiqligi, jamiyatimiz g'oyasi nuqtayi nazariga
mos kelishi, g'oyaviy jihatdan qimmatli bo'lishi pedagogik
talabning muhim belgisi hisoblanadi. O'yinchoq bolada olijanob
tuyg'ularni uyg'otishi, boshqa millat bolalari bilan do'stona
munosabatlarni tarbiyalash, voqelikka nisbatan olijanob
tuyg'ular uyg'otishi, ijobiy axloqiy tajriba to'plashga yordam
berishi lozim. Bolaning faollikka bo'lgan intilishini qoniqtirishi
va uni uyg'otishi kerak. Obrazli o'yinchoq real haqiqatni ifoda
353
etadi, buyum, uning xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini
aks ettiradi.
Gigiyenik talablar. O'yinchoq qanday materialdan va
rangdan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf
solmasligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan
hisoblanadi.
Badiiy talablar. Shakl, bo'yoq va bezaklarning har
tomonlama uyg'unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan
to'ldirib, ta'kidlab, o'yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi.
O'yinchoqlarning tuzilishi va bezalishi bolalarning turli yosh
bosqichlarida idrok etish xususiyatlariga to'la mos kelmog'i
lozim.
To'g'ri tanlangan o'yinchoq - bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy
vabadiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolani
aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o'yinchoqlarning butun
bir tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir
etadi, fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va
uning xususiyatlariga, qurilishigk bo'lgan qiziqish shakllanadi,
bilimi, tushunchalari boyib boradi.
O'yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan
ijobiy munosabat hosil qiladi, birgalikda o'ynash tuyg'usini
uyg'otadi va ijobiy his-tuyg'ularni tarkib toptiradi. Axloqiy his-
tuyg'ularni shakllantirishda qo'g'irchoq muhim ahamiyatga
ega. Milliy qo'g'irchoq bolalarni boshqa millatga mansub
bo'lgan tengdoshlariga bo'lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash
manbalaridan hisoblanadi. San'atning birinchi yorqin obrazli
va eng tushunarli buyumi bo'lgan o'yinchoq estetik hislar va
kechinmalarni uyg'otadi, estetik tarbiyani to'plashga yordam
beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o'rinda bolalarga
yaqin va tushunarli bo'lgan xalq o'yinchoqlarimng ahamiyatini
alohida ta'kidlash lozim.
O'yinchoq bolalarni turli rang-barang harakatlarga undaydi
va bolaning faol harakatga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
Tezkor javob reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va
muvofiqlashtirishini rivojlantiradi.
354
Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko'p o'yinchoqlar
(shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq)
bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash
harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Syujetli-obrazli o'yinchoqlar syujetli-rolli o'yin uchun
foydalaniladi. U bolalarda ijobiy xarakter qirralarini, mulo-
yimlik, g'amxo'rlik, yordam berishga ehtiyoj, shuningdek
kattalar mehnatiga hurmat va tengdoshlari bilan o'ynay olish
malakalarini tarbiyalaydi.
Texnika o'yinchoqlari bolalarda texnikaga va texnika
asboblariga bo'lgan qiziqishni uyg'otib, ularni o'z o'yinlarida
qo'llay olish imkonini yaratadi. Bolalarga texnikaga bevosita
aloqasi bor buyumning (mashinalar, mexanizmlar, transport
turlari, aloqa vositalari) tashqi ko'rinishi, obrazini va unga xos
harakatlarini tanishtiruvchi texnik o'yinchoqlar yaqin turadi.
Qurish-yasash o'yinchoqlari bolalardagi qurish-yasash
qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda ijodkorlikka intilish
uyg'otadi. Bu o'yinchoqlarni o'ynash buyumning asosiy
355
vazifalariga taqlid qilish imkonini yaratishi lozim (avtomobilda
g'ildiraklar
harakatlanishi,
eshik
ochilishi].
Qurilish
materiallari bilan o'ynaladigan o'yinchoqlarning asosiy 2 turi
mavjud:
a]
kublar, prizmalar, konuslar, piramida, slindrlar,
plastinkalar, geometrik shakllar to'plami.
b) turli blok - devor, kolonka, tom, ark va boshqa arxitektura
va qurilish materiallari. Mayda (stol o'yinlari uchun] va yirik
(polda va maydonchada) o'ynashga mo'ljallangan bu qurilish
materiallarining rangi har xil bo'lishi mumkin.
Didaktik o'yinchoqlarning asosini xalq o'yinchoqlari tashkil
qiladi. Ularni o'ynashda bola o'z-o'zini nazorat qiladi. Xilma-xil
mozaykalar sensor qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ulardagi o'yin
vazifasi naqshlar, rasmlarni tanlash va joylashtirishdan iborat
Harakatli o'yinlarga mo'ljallangan o'yinchoqlar: suv, qum
bilan o'ynaladigan o'yinchoqlar, koptoklar, arg'amchilar,
chambaraklar va boshqalar. Ularning asosiy vazifasi bolalarni
jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Musiqali va teatrlashtirilgan o'yinchoqlar bolalarning
musiqaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini
o'stirishga yordam beradi, Katta yoshdagi bolalar ertaklarni
sahnalashtiradilar.
Qum bilan
Dostları ilə paylaş: |