N. M. Kayumova


Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Qoidali o'yinlar. Didaktik o'yin turlari
Har bir xalqda asrlar davomida kattalarning bolalar uchun 
yaratgan o'yinlari va bolalarning o'zlari yaratgan ba'zi o'yinlari 
mavjud. Har qaysisi ham avloddan avlodga o'tib kelgan va xalq 
og'zaki ijodining o'ziga xos shakliga aylangan. Qoidali o'yinlar 
MTMda ta'lim-tarbiya vositasi sifatida keng qo'llaniladi. Qoidali 
o'yin ta'lim bilan bevosita bog'liqdir.
Ularning har biri bola shaxsiga ta'sir ko'rsatadi, biroq 
o'yinning u yoki bu turiga mansub deyish uning asosiy 
tarbiyaviy ta'siriga ko'ra aniqlanadi. Masalan: «Oq terakmi ko'k 
terak, bizdan sizga kim kerak» harakatli o'yinida bolalardagi 
chaqqonlik, zehnlilik, chidamlilik malakalari rivojlanadi.
Didaktik o'yinlar. 
Didaktik o'yinlarning muhim elementi 
qoidalar hisoblanadi. Qoidalarni bajarish o'yin mazmunini 
amalga oshirishni ta'minlaydi. Didaktik o'yin ta'lim bilan 
bevosita bog'liq bo'lib, unga yordam beradi.
Didaktik o'yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh 
va imkoniyatlariga mos keladigan ta'lim berish metodidir.
339


Tajribali tarbiyachi bu o'yindan passiv bolalarni jamoaga 
aralashtirish, har xil rejalar, vazifalarni qo'rqmasdan 
bajarishlari uchun foydalanadi.
Didaktik o'yinni amalga oshirishda har doim g'oyaviylik 
prinsipiga asoslanish kerak. Didaktik o'yin tarbiyachining 
vazifa hamda maqsadlariga muvofiq kelishi lozim.
Didaktik o'yinlar bolalarning birgalikda o'ynab, o'z 
manfaatlarini jamoa manfaatlari bilan uyg'unlashtira olishi, 
bir-biriga ko'maklashish va o'rtog'ining muvaffaqiyatidan 
xursand bo'lishi kabi yaxshi munosabatlarning tarkib topishiga 
yordam beradi. 
O 'yin lar 
shaxsning sofdillik, rostgo'ylik kabi 
ijobiy xislatlari shakllanishiga imkon beradi.
Didaktik o'yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, 
chunki unda bolalar mashg'ulotlarda olgan bilimlaridan 
foydalanadilar. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, olgan 
bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy 
sharoit yaratib beradi.
Bunday o'yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab 
top», «Shakliga qarab top» kabi o'yinlarni misol tariqasida 
keltirish mumkin.
Katta guruh bolalari uchun «Ishchilar nimalar va qanday 
ishlarni bilishadi?», «Dehqonlar nimalarni yetishtiradi?», «Kim 
ko'proq narsalarning nomini ayta oladi?» va boshqa o'yinlarni 
ko'rsatish mumkin.
Didaktik o'yinlar bolalarning tevarak-atrof haqidagi 
bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi, o'z shaxsiy 
tajribalari va mashg'ulotlarda olgan bilimlarni amalda qoTlay 
olishga o'rganadi, ulardagi fikrlash qobiliyatlarini, ijodiy 
kuchlarni, sensor jarayonni rivojlantiradi, olgan bilimlarini 
tartibga soladi.
Didaktik o'yinlar ta'lim jarayonini yengilroq va qiziqarliroq 
qiladi. Bolalar yoshlariga mos, qiziqarli faoliyat orqali o'yinda 
amalga oshiriladigan aqliy tarbiya vazifasini juda oson va 
yaxshi o'zlashtiradilar.
340


Didaktik o'yin kattalar tomonidan bolalarni 
aqliy 
rivojiantirish maqsadida yaratiladi. Unda o'yin elementlari 
qaricha ko'p bo'lsa, bolalarga u shuncha quvonch bag'ishlaydi.
Didaktik o'yinning muhim tomoni - uni o'tkazishdan ko'zda 
tutiladigan g'oyadir. O'yin g'oyasi bolalarda o'yinga qiziqish 
uyg'otadi, ko'pincha bu g'oya didaktik o'yinni boshlashga 
sababchi bo'ladi. Masalan, «Xaltachada nima bor?», yoki «Kim 
qanday qichqiradi» va shunga o'xshashlar.
Har bir didaktik o'yinda o'yin mazmuni, g'oyasidan 
kelib chiqqan qoidalar bo'ladi. Unda qoidaning mavjudligi 
harakat o'ynalishini yoki o'yinning borishini belgilab beradi, 
bolalarning xulqini, o'zaro bir-biriga bo'lgan munosabatini 
boshqarib, kerak tomonga o'ylantirib turadi. Qoida bolalar 
harakatini baholovchi oTchovdir.
Didaktik o'yinda amal qilinadigan qoidalar o'yin hara- 
katlarining to'g'ri-noto'g'riligini aniqlovchi va ularga baho 
beruvchi mezon hisoblanadi. Bolalarning biror bolaga nisba­
tan "U o'yin qoidasini buzib o'ynayapti" deyishlarining o'zi 
ularning o'yin qoidalariga qandaydir o'zgartirib bo'Imaydigan 
qonundek munosabatda bo'lishlarini ko'rsatadi.
Bolalarning o'yin qoidalarini o'rganib olishlari va ularga rio­
ya qilishlari, ularda mustaqillikni, o'yin jarayonida o'zini-o'zi, 
o'zaro bir-birini nazorat qila bilish qobiliyatini tarbiyalashga 
yordam beradi.
O'yinning natijasini ikki nuqtayi nazardan: bolalar va 
tarbiyachi nuqtayi nazaridan baholash lozim.
Agar o'yin natijasini bolalar nuqtayi nazaridan baholaganda, 
unda bu o'yindan bolalar qanday ma'naviy va axloqiy ozuqa 
olganlarini hisobga olish lozim. Didaktik vazifalarni bajarish 
bolalardan ma'lum darajada zo'r berishni, ya'ni ularning aqliy 
faoliyatiga talabni kuchaytiradi.
Bolalar 
fahm-farosatlari, 
topag'onliklari, 
diqqat 
va 
xotiralarininamoyish qiladilar. Bularninghammasi bolalarning 
o'z kuchiga ishonchini oshiradi. Qalbini xursandchilik hissi 
bilan to'ldiradi, ular bundan ma'naviy qoniqish hosil qiladilar.
341


Didaktik o'yinning natijasini muhokama qiladigan tarbiya­
chi quyidagilarga e’tibor berishi lozim: qo'yilgan maqsadga 
erishildimi, belgilangan harakat bajarildimi, shu ko'zlangan 
nuqtayi nazardan ma'lum natijalarga erishildimi yoki yo'qmi.
Yuqorida keltirilgan ikki vazifa ham yaxshi bajarilsa, ya'ni 
bir tomondan, bolalarda qiziqish uyg'ota olsa va ular faoliyatini 
amalga oshirishga intilsalar, ikkinchi tomondan, qo'yilgan 
hamma maqsad, vazifaga erishilsa, bunday o'yin yaxshi natija 
beradi, deb hisoblash mumkin.
O'yin qatnashchilarini rag'batlantirish, maqtash, yaxshi 
qatnashganlari uchun yetakchi rolni berish, ba'zan esa shu 
o'yinda foydalanilgan o'yinchoqni o'ynashga berish yoki 
mevalarni yeyishga berish mumkin, ammo bolalar bunday 
mukofotlarni olaman deb har qanday yo'l bilan bu ishga 
intilishlariga yo'l qo'ymaslik kerak.
O'yin harakatli bolalar tomonidan bajariladi. O'yin 
harakatlari xilma-xil ishlarda: narsalarningjoyinialmashtirish, 
yig'ishtirish, ularning rangiga, katta-kichikligiga, shakliga 
qarab bir-biridan ajratish, tanqidiy harakatlar va hokazolarda 
namoyon bo'ladi. Katta bolalarning o'yin harakatlari esa 
murakkabroqdir: bu o'yin harakatlari bir guruh bolalar 
harakati bilan boshqa guruh bolalari harakati o'rtasida o'zaro 
bog'lanish bo'lishini, harakatlarning izchillik va navbati bilan 
amalga oshirilishini talab etadi.
O'yin natijasi didaktik o'yinning muayyan natijasi bo'ladi, 
natija esa o'yinning finali hisoblanadi. Masalan: topishmoqlarni 
topish, berilgan o'yin topshiriqlarini bajarish, fahm-farosatni 
namoyon qilish kabilar o'yin natijasi bo'lib, ularni bolalar 
erishilgan muvaffaqiyat deb tushunadilar.
O'yin mazmuni, g'oyasi, harakatlari va qoidalari o'zaro bir- 
biri bilan bog'langan bo'lib, hatto ulardan birortasi bo'lmasa 
ham o'yinni o'tkazib bo'lmaydi.
Didaktik o'yinning o'yin faoliyati sifatidagi o'ziga xos 
xususiyati shundan iboratki, tarbiyachining bolalar bilan 
o'zaro munosabatlari o'yin tarzida bo'ladi. Tarbiyachi o'yin
342


qatnashchisi yoki uning tashkilotchisi bo'Iadi. Bolalar ko'pincha 
o'yin mazmuni bilan belgilanadigan va o'yin harakatlari 
talab etadigan biron-bir rolni bajaradilar. Masalan, "Magazin" 
o'yinida bilish mazmuni shundan iboratki, xaridor bolalar o'z- 
lari sotib oladigan narsalarning belgilarini aytishlari, sotuvchi 
bolalar esa talab qilingan narsaning nimaligini xaridor aytgan 
belgilar bo'yicha bilib olishlari kerak. O'yin kuzatuvchanlikni 
mashq qilish, nutqni ravon qilish uchun xizmat qiladi. O'yin 
harakatlari kuzatishdan, buyumni har tomonlama ko'rib 
chiqish, uni tasvirlash va boshqa buyumlar bilan taqqoslashdan 
iborat. O'yin qoidalari xaridorning oladigan narsasini tanlab 
olish, sotuvchiga xushmuomala bo'lishi, oladigan buyumni 
tasvirlab berishi, uni har tomonlama ko'rib chiqish va boshqa 
buyumlar bilan taqqoslashi, belgisini aytish va pul to'lashidan: 
sotuvchilarning vazifasi esa xaridor gapirganda ularni zo'r 
e'tibor bilan tinglash, so'zlarini bo'lmaslik, so'ragan buyumlarni 
olib, qog'ozga o'rab berishdan iborat bo'Iadi.
Ko'pincha didaktik o'yinlar bolalarning bilimiga biron-bir 
yangilik kiritmaydi, ammo ularni o'z bilimlarini yangi sharoitda 
ishlata bilishga o'rgatadi yoki ular kichkintoylardan aqliy 
faoliyatning turli-tuman shakllarini namoyon qilishga talab 
etadi. Masalan, "Ajoyib xaltacha” o'yinida bolalarga o'zlariga 
tanish bo'lgan o'yinchoqni tasvirlab berish vazifasi yuklatiladi, 
buning uchun esa bola o'yinchoqni boshdan - oyoq yaxshilab 
ko'zdan kechirishi va uning o'ziga xos begilarini eslab qolishi 
kerak bo'Iadi.
Didaktik o'yinning mazmuni va turlari. Didaktik o'yinning 
mazmuni "MTM ta'lim-tarbiya dasturi” da bayon qilingan va 
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
A) buyumlar, ularning nomi, rangi, shakli, hajmi, sifati va 
ishlatilishi to'g'risida bilimlar berish;
B) mehnatning har xil turi va uning kishilar hayotidagi roli 
to'g'risidagi bilimlar;
V) tabiat voqealari, narsalar, buyumlar, yil fasllari 
to'g'risidagi bilimlar;
343


G) dastlabki matematik tushunchalar: son, sanoq, kattalik, 
shakl vaqt va fazoviy tushunchalar berish.
Didaktik o'yinlar ularning ta'lim-tarbiyaviy vazifasi, 
mazmuni, turli bolalar bog'chasining ta'lim-tarbiya dasturida 
har bir yosh guruhlar ajratib berilgan. Dasturda har bir yosh 
guruhning o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga 
olgan holda didaktik o'yinning tutgan o'rni va vazifasi, 
mazmuni, o'tkazish uslublari belgilab berilgan. Masalan, 2 
yoshdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar bilan o'tkaziladigan 
didaktik o'yinlardan asosiy maqsad - bolalarni ranglarni bir- 
biridan farqlash va nomini aytishga o'rgatish, har xil o'lchamlar 
(katta, kichik}, shakllarni (sharcha, kubcha], bilishga, ko'rib va 
eshitib idrok etish, diqqatni, mayda harakatlarni o'stirishga 
yordam beradi. Masalan, "Juft kartochkalar” "Kattalar 
va kichkinalar”, "Qo'g'irchoqni sayrga olib chiqish uchun 
kiyintiramiz", “Qo'g'irchoqni cho'miltiramiz", "Bu nimaning 
ovozi?", "Xaltachada nima bor?” va shunga o'xshash o'yinlar.
Bundan tashqari, shu guruhda bolalarni musiqa tovushlarini 
farq qilishga o'rgatish uchun musiqaviy didaktik o'yinlar ham 
o'tkaziladi.
Ikkinchi kichik guruhda esa didaktik o'yinlar quyidagi 
maqsadlarda o'tkaziladi: bolalarda didaktik o'yinchoqlar 
bilan yakkama-yakka o'ynash ko'nikmasini rivojiantirish, 
jamoa o'yinlari tashkil etish; narsalarni faqat bir rangga qarab 
ajrata olish, katta-kichikligiga qarab farqlash; xalqachalarni va 
kubchalarni muntazam shaklda terib, ulardan minorachalar 
yasash; tanish buyumlar tasvirlangan ikki, to'rt burchakli, 
olti burchakli kesma rasmlardan "Idish tovoqlarimiz", 
"O'yinchoqlar" kabilarning tasvirini yig'ish; narsalarni 
farqlash va nomini to'g'ri aytishga o'rgatish va hokazo. 
Musiqaviy - didaktik o'yinlarda esa musiqa ovozlarining ba'zi 
bir xususiyatlarini farq qilishga o'rgatish, qadam va yugurish 
ritmi ("Kim kelayotir", "Sichqonlar yugurishayotir") ovoz va 
cholg'u asboblari tembrlarini (“Musiqaviy o'yinchoqni o'ylab
344


top”, "Ovozidan bilib ol" ajrata bilishga o'rgatish vazifalari ham 
hal etiladi.
O'rta guruhda didaktik o'yinlar orqali bolalar eshitish, 
ko'rish, sezish a'zolari yordami bilan turli narsalar va ularni 
yasash uchun ishlatiladigan materialning xossalarini bilib 
olish, narsalarni tashqi ko'rinishiga qarab bir-biriga taqqoslash, 
guruhlarga ajratishni o'rgatish vazifalari amalga oshiriladi.
Yana didaktik o'yin davomida bolalar o'rtaga qo'yilgan 
masalanihaletishdasabr-matonatlibo'lishga,qiziquvchanlikka, 
diqqat-e’tiborlilikka odatlantirib boriladi. Musiqaviy-didaktik 
o'yinlar orqali tovushlarni diqqat bilan tinglab, baland- 
pastligiga, ritmiga, tembriga, dinamikasiga qarab bir-biridan 
farq qila olishga o'rgatib boriladi.
Katta guruhda didaktik o'yinlar quyidagi vazifalarni hal 
etishni maqsad qilib qo'yadi: kuzatuvchanlik, narsalarni 
tekshira bilish, bir biriga taqqoslay olish, ularning belgilaridagi 
kichik farqlarni [rangi, shakli, katta-kichikligi, materiallarni 
seza bilish, narsalarning joylanishidagi o'zgarishlarni] aytib 
bera olish kabi sensor qobiliyatlarni tarbiyalash; biron hayvon, 
o'simlik, transport ta'rif-tavsif qilib berilganda, ularning 
nomini topa bilish malakasini o'stirish, bolalarning umumiy 
tasavvurini, buyumlarni umumiy belgilariga qarab guruhlarga 
bo'lish qobiliyatini rivojlantirish, so'z faolligini faollashtirish 
va to'ldirish; qismlardan yaxlit narsalar (kubiklar, mozaika va 
boshqalar)yasash malakasini o'stirish.
Musiqaviy didaktik o'yinlar orqali tovushlarni bir-biridan 
farq qilishni o'rgatish, ritmik usulni ajrata olish, ashulalar 
va cholg'u asboblari ovozining tembrini farq qilish ("Kim 
kuylayapti?” "Shiqildoqli childirma"), ovozning dinamikasini 
ajrata olish ("tez, sekin kuylaymiz”) uchun foydalanish kabi 
vazifalar amalga oshiriladi.
Maktabga tayyorlov guruhida didaktik o'yinlar hamma 
yosh guruhlaridagi kabi alohida o'rin tutadi va bu guruhda 
didaktik o'yinlar orqali quyidagi ta'lim - tarbiyaviy vazifalar 
amalga oshiriladi: bolalarda didaktik o'yinlarga qiziqish
345


uyg'otish, har bir narsani bilishga havas, kuzatuvchanlik, 
diqqat-e’tibor, ziyraklik, aqliy vazifalarni mustaqil hal qilish 
malakasini tarbiyalash. Ularga narsalarni turkumlarga 
bo'lishda yordamlashuvchi o'yinlarni, domino, mozaikaning 
har xil turlarini, shashka, sakrovchi biryo'lkalarni jumboq 
o'yinlar, og'zaki o'yinlar ("Dengiz to'lqillanmoqda”, "Qora 
va oq”), ranglarni va ulardagi nozik ayirmalarni bir-biridan 
farqlashni o'rgatadigan o'yinlar o'tkaziladi.
Musiqaviy-didaktik o'yinlar orqali esa bolalarni tovushlarga 
diqqat bilan quloq solishga ("Tovushlarni takrorla”, "Ikki 
metalafonni galma-gal chalish” va h.k) ritmlk shaklni 
gavdalantirib berishga ("O'z ritmingni o'ylab ol", "Bolalar va 
filchalar”), dinamik farqlarni bir-biridan ajratishga ("Ovchilar 
va quyonlar") o'rgatiladi.
Didaktik o'yinda bolalar har doim o'zlarini o'ynayotgandek 
his etishlari kerak.
Narsalar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlardan tarbiya­
chi bolalarni narsalar, ularning xususiyatlari va bir-biridan 
farq qiladigan xususiyatlari bilan, ularni ishlatish usullari 
bilan tanishtirish vositasi sifatida foydalanadi.
Bolalarning narsalar, ularning sifati to'g'risidagi bilimlarni 
mustahkamlash uchun har xil o'yinchoqlar, suratlar, uy-ro‘zg'or 
buyumlaridan foydalaniladi.
O'yinchoqlar bilan o'ynaladigan o'yinlar. "Xaltachada 
nima bor?" o'yinning maqsadi, o'yinchoqlarning nomlari
346


bilan tanishtirish va bu o'yinchoqlar to'g'risida bilimlarni 
mustahkamlash, tovushlar talaffuzini mashq qildirishdir. 
"Bu nima?" o'yinida bolalar qo'g'irchoqqa har xil narsalar va 
ularning ishlatilishi to'g'risida gapirib beradilar. Bunday o'yin 
guruhda, bog'cha maydonchasida, uxlash xonasida o'tkazilishi 
mumkin.
Didaktik o'yinlarda tarbiyachi bolalarni faqat narsalarning 
nomi va ular nimaga kerakligi bilan tanishtiribgina qolmay, 
balki shu narsalarning shakli, rangi, katta-kichikligi, fazoda 
tutgan o'rni haqida ham tanishtiradi.
Har bir buyum va o'yinchoq o'zining aniq tashqi ko'rinishiga 
ega bo'lishi kerak, o'yinda esa qo'yilgan maqsad narsaning 
asosiy belgisini ajrata bilishga imkon tug'dirishi lozim.
Bunday talabga xalq o'yinlari o'z shaklining aniqligi, 
rangining tiniqligi bilan ko'proq javob bera oladi.
Bolalarni o'ylashga, aqliy vazifalarni bajarishga undaydigan 
o'yinlar ham katta ahamiyatga ega.
Bolalarning rang haqidagi tushunchalarini mustahkamlash 
va aniqlash uchun quyidagi o'yinlar o'tkaziladi: sharlarni 
rangiga qarab to'plash, “Dumaloqni dumalatish", xalqachalarni 
ipga o'tkazish, "Shu rangdagi dumaloqni dumalatish”, "Kimda 
mana bu rangdagi xalqacha bor”, “Kim mana bu rangdagi 
haltachani topa oladi" va h.k.
Shakl, rang predmetlarning asosiy belgisidir. Shakl to'g'risi­
da tushunchalarni "Xaltachada nima bor”, "Nima o'zgardi?”, 
"O'yinchoqlar do'koni”, "Qo'g'irchoqni kiyintiramiz”, "Bu 
nima?" va boshqa o'yinlar orqali aniqlash va mustahkamlash 
mumkin.
Qo'g'irchoq bolalarning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri. 
Har bir bolalar bog'chasida didaktik jihozlangan o'yinchoq 
bo'lishi kerak. Qo'g'irchoq jihozlariga kiyim, ichki kiyim, 
poyabzal, idish-tovoq, mebel o'yinchoqlar kiradi.
Qo'g'irchoq bilan quyidagi o'yinlarni o'tkazish mumkin: 
"Qo'g'irchoqni kiyintiramiz", “Qo'g'irchoqni sayrga otlantira-
347


miz", "Qo'g'irchoqni mehmon qilamiz”, "Qo'g'irchoqlar bayra- 
mi", "Qo'g'irchoqning tug'ilgan kuni", "Qo'g'irchoqni uxlatamiz".
O'yinlar topishmoqlar bilan qo'shib olib borilganda 
qiziqarli o'tadi. Masalan, "Qo'g'irchoqni uxlatamiz" o'yinida 
qo'g'irchoqqa karovat tayyorlayotganda tarbiyachi "Uzun,
yumshoq, yo'l-yoT...." (matras), "Oq, toza, to'rt burchak..."
(yostiq), "Paxtali issiq..." yoki "junli issiq" (adyol) va boshqa 
topishmoqlarni aytishi mumkin. Qo'g'irchoqning karovati 
tayyor bo'lgandan keyin qo'g'irchoqni yotqizib, "alia” aytadi.
MebeUarning nimaga ishlatilishi, o'yinchoqlarning nomini 
mustahkamlash uchun "Qo'g'irchoqqa xona yasatamiz", 
"Qo'g'irchoqqa o'yinchoq sovg'a qilamiz" kabi o'yinlarni 
o'tkazish mumkin.
Tarbiyachi bolalarni narsalar, ularning nomlari, belgi 
sifatlari, nimaga ishlatilishi bilan tanishtiribgina qoimay, 
muayyan predmetlar orqali ularni oddiy turlarga ajratishni 
o'rgatib 
boradi; 
ayiq, 
qo'g'irchoq, 
quyon-o'yinchoqlar; 
kastryulka, tarelka, choynak-idish-tovoq.
O'yinlarni narsa va buyumlarning tasvirli rasmlari orqali 
ham o'tkazish mumkin. Bularga "Bu narsa o'zi to'g'risida nima 
deydi?” "Kim birinchi bo'lib aytib beradi?" (bolalar diqqatini 
rivojlantirishga qaratilgan qo'g'irchoq, narsa va ularning shakli, 
rangi to'g'risida), "Kim bo'Iadi?" "Qaysinisi bir xil qaysinisi har 
xil?” kabi o'yinlarni ko'rsatsa bo'Iadi.
Bolalarning tabiat to'g'risidagi bilimlarini mustahkamlash 
uchun "Hidiga qarab top”, "Mazasiga qarab top", "Ushlab 
ko'rib top”, "Kim nimani eshityapti" kabi o'yinlarni o'tkazish 
maqsadga muvofiqdir.
Kichik yoshdagi bolalar bilan so'zli o'yinlar o'tkazilmaydi.
Katta va tayyorlov guruhlarida didaktik o'yinlar o'zining 
mazmun va g'oyasi jihatidan ancha murakkabdir. Bu yoshdagi 
bolalar bilan buyum va rasmlar bilangina didaktik o'yinlar 
o'tkaza qoimay, so'zli didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. 
Buyumlar va rasmlar bilan o'tkaziladigan didaktik o'yinlarda 
bolalarning narsalar sifati, xususiyati, nimadan yasalgani,
348


qayerda qilingani, nima uchun kerakligi va hokazolar to'g'risi­
dagi bilimi aniqlanadi hamda mustahkamlanadi. Bunday 
o'yinlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: "Nima 
nimadan yasalgan?” "Guruh xonasiga sayohat", "Ovoziga qarab 
top" va boshqalar.
Umumlashtirishga o'rgatish bo'yicha turlarga ajratishni 
o'rgatuvchi o'yinlar katta o'rin egallaydi. "Qaysi fabrikada 
nima ishlar bajariladi?" "Fabrikada nima ish qilinadi, dalada 
nima yetishtiriladi?” "Kimga nima kerak?” "Kim nima bilan 
ishlaydi?V'Qayerda o'sadi?", “Sayohat” (shahar bo'ylab, dalaga 
maktabga va hokazo), "Pochta" va boshqalar.
Bolalarda dastlabki matematik tasavvurlarni rivojlanti­
ruvchi didaktik o'yinlar ham o'tkaziladi. Masalan, "Kim 
sanashni biladi?” "Yuramiz, yuramiz-to'xtaymiz", "Bizning 
kun” "Yil fasllari" va boshqalar.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun quyidagi o'yinlarni 
o'tkazish mumkin: "So'z qo'sh”, "Orkestr", "Mana bu tovushga 
so'z top", "So'zlardan hikoya tuz” va h.k.
Yuqorida sanab o'tilganlar jamoa o'yinlaridir. Bular asosida 
yana bir qancha o'yinlar topish mumkin.
Didaktik o'yinlarga rahbarlik. Boshqa o'yinlar singari, 
didaktik o'yinlarga ham tarbiyachi rahbarlik qilishi lozim. 
Birinchi navbatda didaktik o'yinni va unga kerakli materialni 
tanlash kerak. Hamma guruhlar didaktik jihozlarga, bo'yi 40- 
50 sm keladigan qo'g'irchoqqa ega bo'lishi lozim. Uning jihoziga 
quyidagilar kiradi:
- ichki kiyim, ko'ylak, ishton, rezinka, uzun paypoq;
- pahmoq, satin, shoyi ko'ylak, fartuk, so'lakcha;
- qishlik palto, kuzlik palto;
-
bosh 
kiyimlar: 
shapkacha, 
panasma, 
qalqopcha, 
shlyapacha;
- poyabzal: tufli sandal, yumshoq shippak;
- yotadigan va oshxonada ishlatiladigan narsalar - ko'rpa- 
yostiq7 matras, adyol, choyshab, ko'rpa jildi, yostiq jildi, sochiq, 
dasturxon, salfetka.
349


Bu hamma narsalar o'ziga mos rangda (qizil, pushti, to'q 
qizil va h.k.] har xil sifatli gazmoldan tikilgan va nomi har xil 
bo'lishi kerak.
Qo'g'irchoqdan tashqari har xil hayvonlar, qushlar, idish- 
tovoqlar, va transportni aks ettiruvchi o'yinchoqlar ham 
bo'lishi kerak.
MTMda tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturiga muvofiq 
bir qancha rasmlar turkumi bo'lishi kerak:
A) kishilarning polizdagi, uy sharoitidagi mehnatini aks 
ettiruvchi, ularning mehnatini yengillatuvchi mashinalar 
rasmlari;
B) kishilarning turar j oylarini aks etiruvchi rasmlar;
V) kishilarni suvda, quruqlikda, havoda olib yuruvchi 
vositalarning rasmlari;
G] uy jihozlari: idish-tovoq, mebel, madaniyat buyumlari, 
bezakli buyumlar, o'yinchoqlar;
D] dasturxon, choyshab, sochiq, yostiq jildi, qishki, yozgi, 
bahorgi, kuzgi ko'ylaklar, bosh kiyim, yil fasllariga qarab 
kiyiladigan oyoq kiyimlar;
E) iste’mol mollari: sabzavotlar, mevalar, uy mahsulotlari, 
shirinliklar;
J) uy va yovvoyi hayvonlar;
Z) daraxtlar, butalar, gullar va boshqa o'simliklar;
I) qushlar.
Bu rasmlar asta-sekin to'planib boriladi. Ular yirik (15- 
20sm) va karton qog'ozlarga yopishtirilgan bo'lishi kerak.
Didaktik o'yinlarda tabiat materiallari va oddiy narsalar 
ham ishlatiladi.
Didaktik o'yinlarga maxsus o'rin ajratilishi va bolalar 
kun tartibidan maTum joy olishi kerak. Didaktik o'yinlarni 
mashg'ulot bilan bog'lab olib borishni yaxshilab o'ylab amalga 
oshirish lozim.
Bu o'yinlar mashg'ulot va o'yin soatlarida o'tkaziladi. Ularni 
butun guruh bolalari bilan ham o'tkazish mumkin.
350


O'yinning mazmuni va undan kelib chiqadigan natija 
oldindan yaxshilab, aniq o'ylab olinadi. O'yinning g'oyasi o'yin 
harakatlari, qoidasi va o'yinning borishi shunga bog'liqdir. 
Masalan, "Kim qanday qichqiradi?" o'yinida har xil vazifa 
qo'yilishi mumkin:
1} bolalarning hayvonlar tovushini bilish-bilmasliklarini 
aniqlab olish;
2) hayvonlar haqida tushuncha berish;
3} bolalar hayvonlarni tovushidan tanib oladimi-yo'qligini 
bilish.
Bu o'yindan bolalarga tovushlarni talaffuz qilishni mashq 
qildirish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Didaktik o'yinlarda majburiy qoidalar juda ko'p uchraydi: 
navbat bilan harakat qilish, faqat so'raganda javob berish, 
o'rtog'iga quloq solish, o'ynaganda boshqalarga xalaqit 
bermaslik, qoidani bajarish, o'z aybiga iqror bo'lish va hokazo.
Didaktik o'yinlarda bolalarning o'ziga xos xususiyatlari 
hisobga olinadi. Bir xil bolalarga qiyin topishmoq aytilsa, 
boshqasiga yengilrog'i, osonrog'i aytiladi; yomon gapiradigan 
bolalar ko'proq gapirishga jalb qilinadi. Buning uchun o'yinni 
o'tkazishdan avval hamma bolalarni yaxshilab eslab, o'yinning 
imkoniyatlari, harakatlariga qarab topishmoq beriladi, ba'zi 
bir faolroq bolalarga boshqalarni qiziqishini bo'g'maydigan rol 
biriktiriladi.
Didaktik o'yinga rahbarlik qilishda o'yinning maqsad 
va mazmunini belgilash, o'yin g'oyasini o'ylab topish, o'yin 
qoidasi va asosiy harakatlarni tushuntirish, bolalar o'rtasidagi 
munosabatni yaxshilash, tarbiyaviy ta'sir orqali o'yinning 
borishga rahbarlik qilib borish va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Didaktik o'yinni bolalarning bergan savollari, takliflari 
va tashabbuslariga qarab, o'yin jarayonida kutilmaganda 
kengaytirish, uning mazmunini boyitish mumkin. O'yinni 
belgilangan vaqtda boshlash va tugatish katta mahoratdir. 
Tarbiyachi o'yin vaqtini o'zining tushuntirishini kamaytirish 
hisobiga siqishtiradi.


O'yinni tarbiyachi bolalarda o'yinga qiziqish uyg'otgan holda 
tugatishi kerak, ya'ni bolalar shu o'yinni yana davorri ettirishni 
xohlab qolsinlar. Tarbiyachi shunday deydi: "Kelgusi gal 
bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz", yoki "Yangi o'yin bundan 
ham qiziqroq bo'ladi". Tarbiyachi o'yinning yangi variantlarini 
ishlab chiqadi.
Didaktik o'yinlar guruh xonasida, zalda, maydonchada, 
o'rmonda, dalada va boshqa joylarda o'tkazilishi mumkin. 
Bu o'yinning ta'sirchanligini, taassurotlarning har xilligini, 
bolalarning faolligini oshiradi. Shunday qilib, didaktik o'yin 
maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berish vositasi bo'lib, 
uni muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin