N. M. Kayumova


Appears that the effective childminders in this study felt



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Appears that the effective childminders in this study felt
confident about their role in preparing their charges for school
and see it as an important part of their job. Three separate
strands appear in this preparation; familiarity, coping skills
and early learning experiences presented through a number of
pedagogical strategies that occur at varying levels of awareness
Izlanishlar natijasida, tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlab
berishda o‘zini juda katta hissasi bor deb hisoblashadi va bu ishga
juda katta yondashuv bilan qarashadi. Har bir bilim darajasining o“sish
davrida berilgan pedagogik strategiyalar natijasida uch xil tarzdagi
qobiliyat yuzaga keladi: tanishish, uddalay olishlik va muddatidan
oldin o‘rganish tajribasi.
Researching Effective Pedagogy in the Early Years 7 Pedagogy 113
Maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda o'qitish 
izchilligi asosini tashkil etuvchi yagoria nazariy yondashuvlar, 
dasturlar mazmunida, bolalalar imkoniyatlari va bilimlarining 
tuzilishlarini hisobga olib turlicha hal etiladi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalar bilimlarming asosiy mazmunini atrof dunyo 
haqidagi xilma-xil tasavvurlarning keng doirasi va ayrim 
elementar tushunchalar tashkil etadi. Voqelikning turli 
sohalari haqidagi tasavvurlarning umumiy tizimi bolaga
371


dunyoni to'g'ri anglay olish va umumiy rivojlanishning zarur 
darajasini ta'minlaydi, bu esa zamonaviy ta'lim mazmunini 
egallashga katta imkoniyat yaratadi. Maktabda o'quvchilar 
bilimlarining mazmuni yuqori darajaga ko'tarila borib, 
voqelikning turli sohalariga oid bilimlarini yanada kengay tirish 
va chuqurlashtirish jarayoni faol sodir bo'ladi, ayni shu vaqtda 
o'quvchilar oldiga bilimlarni nazariy nuqtayi nazardan anglash 
masalasi ko'ndalang qo'yiladi.
Maktabning ta'limiy jarayonida o'quvchilarda ilmiy 
tushunchalarni shakllantirish bosh vazifa hisoblanadi. 
O'quvchilarning dunyo haqidagi bilimlarini tabaqalashtirish 
1-sinfdan boshlab, fanni o'tishda, fan asoslarini maqsadli 
o'rganishda o'z aksini topadi. Bilimlarni kengaytirish
chuqurlashtirish, 
tizimli 
hamda 
ilmiy 
tushunchalarni 
o'zlashtirishda o'qishda qo'llaniladigan metod va shakllarning 
ahamiyati kattadir.
O'qitish metodlardagi izchillikning sharti - ularni bolalar- 
ningbilim, malaka vako'nikmalariniongli, mustaqil egallashlari, 
bolalarni maktabda va maktabgacha ta'lim muassasasida 
ham aqliy qobiliyatlari va ijodiy faolliklarini rivojlantirishga 
yo'nalganligining birligidir. Maktabgacha ta'lim muassasasida 
qo'llaniladigan o'qitish metodi va usullari bolalarning keng 
aqliy hamda ma'naviy-irodaviy rivojlanishlariga yordam 
beradi va shu orqali ularning yangi mazmunini egallashga 
darsda o'qituvchi bilan murakkabroq o'zaro aloqa shakllariga 
tayyorgarliklarini ta'minlaydi. Mashg'ulotlarda tarbiyachining 
bolalarni bilish va amaliy faoliyatlariga rahbarlik usullaridagi 
bu istiqbollilik ikki tomonlama metodlardagi izchillik asosini 
tashkil etadi. Maktabdagi dars va maktabgacha ta'lim 
muassasasidagi mashg'ulot bir qator o'ziga xos xususiyatlarga 
ega, ammo shu bilan birga uyushtirilgan ta'limning asosiy 
shakllari sifatida ulargagina xos bo'lgan ichki umumiy 
xususiyatlar majmuiga egadir. Bularga:
-
Mashg'ulot va darsning mazmunan dasturlashganligi va 
vaqt jihatdan cheklanganligi;
372


- Ta'limda pedagogning yetakchi roli;
-Ilm iy asoslangan 
o'qitish metodi va usullaridan 
foydalanish;
- Ta'lim jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot 
texnologiyalarini qo'llash.
Bu umumiy xususiyatlar ta’lim shakllaridagi izchillik uchun 
zamin yaratadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasidagi o'qitish jarayonida 
bolalarda o'quv faoliyatning dastlabki elementlari tarkib 
toptiriladi, o'z xatti-harakatlarini ixtiyoriy boshqara olish 
ko'nikmalari, maqsadgayo'nalgan aqliy faoliyat takomillashadi, 
bu esa bolaning maktab ta'limining yangi sharoitlariga faol 
kirishib ketishi uchun zarur bo'lgan psixologik jihatdan 
tayyorlaydi.
Xulosa qilib, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda 
ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola 
shaxsini rivojlantirishni amalga oshirishda muhim omil bo'lib 
hisoblanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin