men sizlarga nima o'qib bergan edim", deydi. Bolalar buni esga
tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam
berib turadi.
Kunning ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin
faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari
uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish
va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining
qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil
etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart-
sharoit yaratadi.
Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar
o'yiniga rahbarligi o'zgarib, bevosita rahbarlikdan bavosita
rahbarlikka
o'tadi,
tarbiyachi
bolalarning
mustaqil
faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari
bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali
o'yinlarni ham rejalashtiradi.
Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish,
yirtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish,
kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik
va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati
rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni
ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar,
sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish
va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni
o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini
tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi
yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli
va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.
Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli
obyekt bilan muloqotda bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin
egallashi kerak.
Tarbiyachi bolalarning o'zlari qiziqqan faoliyat bilan
shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun
davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan
shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: