N. M. Kayumova


Yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Yozgi sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish
uchun sarf qilinadigan xarajatlar
Yozgi hordiq va sog'lomlashtirish tadbirlari vazirliklar va 
idoralar tomonidan respublika byudjetida ijtimoiy-madaniy 
tadbirlarga ajratilgan mablag'lar doirasida amalga oshiriladi. 
Binobarin, bu tadbirlarni o'tkazish uchun alohida smeta 
tuziladi.
Korxonalar qoshidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida 
yozgi sog'lomlashtirish tadbirlari rag'batlantirish fondi
499


hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda 
ovqatlantirish me'yorlari ko'paytiriladi, ish vaqti uzaytiriladi, 
ota-onalardan olinadigan haq miqdori ham oshiriladi. Shu 
munosabat bnlan, smetada xodimlarning ish haqi, tashkiliy- 
xo'jalik ishlari, bolalarni ovqatlantirish uchun qo'shimcha 
xarajatlar ko'zda tutiladi.
Smeta - maktabgacha ta'lim muassasasining barcha xarajatlari 
va ularni qoplash manbalari, byudjet ajratmalari va ota-onalar 
mablag'larini aks ettiradigan moliyaviy-me'yoriy hujjatdir.
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasasida 
yozgi 
hordiq 
va 
sog'lomlashtirish tadbirlarini o'tkazish uchun alohida smeta tu­
ziladi. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini aniqlashda muassasadagi 
guruhlar, bolalar soni, ularning muassasada qancha vaqt bo'lishi, 
xodimlarning necha soat ishlashi va uning turiga ham alohida 
e'tibor beriladi. Smeta xarajatlarini rejalashtirish quyidagi mod- 
dalar bo'yicha amalga oshiriladi: «Ish haqi», «Ish haqiga nisbatan 
ajratmalar», «Ma'muriy va xo'jalik xarajatlari», «Xizmat safarlari 
xarajatlari», «Adabiyotlar, ko'rgazmali vositalar va o'yinchoqlar so­
tib olish», «Ovqatlantirish xarajatlari», «Asbob-uskuna va jihozlar 
sotib olish», «Bino va inshootlarni kapital ta'mirlash xarajatlari», 
«Boshqa xarajatlar»._______________________________________

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin