N. M. Kayumova



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

505


3. Maktabgacha 
ta'lim 
muassasasida 
boshqarish
tamoyillari bu -
a) yakkaboshchilik, hamkorlik, tanqid va o'z-o'zini tanqid
b) hamkorlik, tanqid va o'z-o'zini tanqid muhitini shakl- 
lantirish
v) yakkaboshchilik, aniqlik, hamkorlik, farq qilmoq, 
xo'jalikni boshqarish, tanqid va o'z-o'zini tanqid qilish, yangilik- 
ni his etish
g) yakkaboshchilik, tanqid va o'z-o'zini tanqid qilish
4. Ta'lim sohasidagi davlat siyosati qaysi qonunda belgi­
lab berilgan?
a) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
b) «Ilk qadam» dasturida
v) «Ta'lim to'g'risida»gi qonunda
g) «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomda
5. Maktabgacha 
ta'limni 
tashkil 
etish 
va 
uni
boshqarishning metodologik asosi qaysi bandda to'g'ri
ko'rsatilgan?
a] ta'lim sohasiga oid qabul qilingan barcha qonun huj- 
jatlari
b) O'zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasi, 
«Ta'lim 
to'g'risida»gi qonun, «Maktabgacha ta'lim to‘g'risida»gi Nizom, 
«Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya
v) «Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Nizom, pedagogika va 
psixologiya fani yutuqlari, «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi 
Konsepsiya
g) barcha javoblar to'g'ri


XX BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI VA
ULARNI TASHKIL ETISH
Maktabgacha ta'lim muassasasi - maktabgacha
yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta'lim tizimining 
birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. 
Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va 
rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin 
tutadi.
Barcha 
turdagi 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasalari 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda 
maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora- 
tadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son 
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil 
etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni 
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan 
ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan 
dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi 
va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat 
maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning 
qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish 
haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda 
yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha
507


ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik 
ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni 
tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda 
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga 
muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha 
ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga 
belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash 
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasi 
xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i 
va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari 
o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi 
uchun mas'uldirlar.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning 
hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil 
etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim 
vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot 
xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash 
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomo­
nidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur 
shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy 
jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan 
dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimla- 
rining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka 
oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul 
amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish 
qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim
508


muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish 
tuman [shahar] bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 
1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari 
asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha 
ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning 
muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga 
oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat 
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha 
ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil 
etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha 
shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda 
quyidagilar:

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin