3. Maktabgacha
ta'lim
muassasasida
boshqarish
tamoyillari bu -
a) yakkaboshchilik, hamkorlik, tanqid va o'z-o'zini tanqid
b) hamkorlik, tanqid va o'z-o'zini tanqid muhitini shakl-
lantirish
v) yakkaboshchilik, aniqlik, hamkorlik, farq qilmoq,
xo'jalikni boshqarish, tanqid va o'z-o'zini tanqid qilish, yangilik-
ni his etish
g) yakkaboshchilik, tanqid va o'z-o'zini tanqid qilish
4. Ta'lim sohasidagi davlat siyosati qaysi qonunda belgi
lab berilgan?
a) Kadrlar tayyorlash milliy dasturida
b) «Ilk qadam» dasturida
v) «Ta'lim to'g'risida»gi qonunda
g) «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi Nizomda
5. Maktabgacha
ta'limni
tashkil
etish
va
uni
boshqarishning metodologik asosi qaysi bandda to'g'ri
ko'rsatilgan?
a] ta'lim sohasiga oid qabul
qilingan barcha qonun huj-
jatlari
b) O'zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi,
«Ta'lim
to'g'risida»gi qonun, «Maktabgacha ta'lim to‘g'risida»gi Nizom,
«Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Konsepsiya
v) «Maktabgacha ta'lim to'g‘risida»gi Nizom, pedagogika va
psixologiya fani yutuqlari, «Maktabgacha ta'lim to'g'risida»gi
Konsepsiya
g) barcha javoblar to'g'ri
XX BOB. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI VA
ULARNI TASHKIL ETISH
Maktabgacha ta'lim muassasasi - maktabgacha
yoshdagi bolalar ijtimoiy tarbiya maskani
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta'lim tizimining
birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir.
Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va
rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin
tutadi.
Barcha
turdagi
maktabgacha
ta'lim
muassasalari
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda
maktabgacha ta'lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-
tadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil
etiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan
ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim
vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan
dasturlar bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim
muassasasining ish tartibi
va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti
davlat
maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va muassisning
qarori bilan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish
haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda
yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha
507
ta'lim muassasasida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik
ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni
tashkil etish ushbu muassasa
zimmasiga yuklatiladi hamda
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga
muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha
ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga
belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash
organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim
muassasasi
xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i
va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari
o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlariga, ovqatlanish rejimi
va sifatiga rioya qilinishi
uchun mas'uldirlar.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning
hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil
etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot
xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomo
nidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur
shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi,
mebel va tibbiy
jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan
dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimla-
rining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka
oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul
amalga oshiriladi.
Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan
davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish
qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim
508
muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish
tuman [shahar] bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning
1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari
asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha
ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning
muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga
oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha
ta'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil
etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha
shartnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda
quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: