yoshi va ruhiy-fiziologik imkoniyatlariga muvofiqligi uchun
javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun zarur moddiy-texnika sharoitlari
muassis tomonidan ta'minlanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasidagi qisqa muddatli
guruhlar soni tegishli ravishda Qoraqalpog'iston Respublikasi
Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim
boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh
boshqarmasi tomonidan sanitariya qoidalari, normalari
va gigiyena normativlarini hisobga olgan holda, aholining
ehtiyojiga hamda ta'lim jarayonini ta'minlash uchun yaratilgan
shart-sharoitlarga qarab belgilanadi.
Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish davlat maktabgacha
ta'lim muassasasi va ota-onalar bilan tuziladigan shartnoma
asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruhlarni tashkil
etishda shtatlar jadvali, bolalarning kundalik faoliyatini
tashkil etish tartibi, bolalar ro'yxati va ta’lim dasturlari ishlab
chiqilgan bo'lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: