N. M. Kayumova


Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassasa



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassasa
tomonidan belgilanadi
Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha 
ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkam- 
lashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan 
tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti 
maktabgacha ta’lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy 
sonining 20 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida guruhlar soni muassa- 
saning quvvatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib 
chiqib muassis tomonidan belgilanadi.
515


Umumiy yo'nalishi:
Ixtisoslashtirilashtirilgan yo'nalishi:
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasi yuridik 
shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat 
gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan 
muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari 
shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi.
Ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha 
ta'lim 
muassasasi 
ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash- 
sog'lomlashtirish 
faoliyatni 
olib 
boruvchi 
muassasa 
hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan 
bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, 
nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab
516


ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish 
maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim
muassasasining vazifalari hisoblanadi:
- maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda 
ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktaibgacha 
ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish 
ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim- 
tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
- korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsgayo'naltirilgan, 
individual tarzda tashkil etish;
- bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari 
shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlahtiruvchi ta'lim- 
tarbiya muhitini yaratish;
- bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni 
bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni 
tashkillashtirish.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin