N. M. Kayumova


Turli tipdagi maktabgacha ta'lim



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Turli tipdagi maktabgacha ta'lim
muassasasining tashkiliy tizimini belgilab
beruvchi Davlat instruktiv hujjatlari
Maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan tashkil 
etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan 
o'tkaziladi15. Quyidagilar:
- davlat boshqaruvi organlari;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari;
- davlat korkabinetlari;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi 
mumkin.
Maktabgacha ta'lim muassasasi tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Quyidagilar:
davlat boshqaruv
organlari
mahalliy davlat
hokimiyati organlari
davlat korxonalari
qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa
davlat tashkilotlari
davlat maktabgacha
ta'lim
muassasaiarining
muassislari bo'lishi
mumkin
Maktabgacha ta'lim muassasalari o'z ishining o'ziga xosligiga 
muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi:
- umumiy tipdagi maktabgacha ta'lim muassasalari;
- ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil 
nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun);
150 ‘zbekiston Respublikasi Davlat «Maktabgacha ta'lim mussasasi to‘g‘risida»gi Nizom.
-Т .: 2017.
522


-
sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan 
kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun);
Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z ustaviga, bank 
muassasalarida hisob raqamiga, O'zbekiston Respublikasi 
Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, 
yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasini akkreditatsiya qilish 
davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga 
oshiriladi.
Maktabgacha 
ta'lim 
muassasasi 
belgilangan 
davlat 
me'yorlariga va maktabgacha ta'lim muassasasiga qo'yiladigan 
talablarga 
muvofiq 
bolalarni 
tarbiyalashni, 
o'qitishni, 
ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda 
sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim mazmuni 
O'zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan 
belgilanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o'z (mualliflik) 
dasturidan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni 
tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining ish kun tartibi iva u 
yerda qancha vaqt bo'lishi Maktabgacha ta'lim muassasasi 
ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha 
ta'lim muassasasi (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda 
hamda kecha-yu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni o'qitish va 
tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil 
etish maktabgacha ta'lim muassasasiga yuklanadi hamda 
O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari 
va me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga 
tibbiy xizmat ko'rsatish 
ham, 
shtatdagi 
tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha ta'lim muassasalariga
523


biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari 
tomonidan ta'minlanadi, ular Maktabgacha ta'lim muassasasi 
xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i 
va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari 
o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me'yorlariga, ovqatlanish kun 
tartibi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy 
sog'liqni saqlash organlariga yuklanadi. Maktabgacha ta’lim 
muassasasi tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi 
uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining shtatdagi xodimlari 
sog'liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, 
buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan 
ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va 
sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O'zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni 
saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida qayd etilgan o'z 
maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki 
ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan lozimnomalar 
asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim 
dasturlaridan tashqari qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari 
ko'rsatishga haqlidirlar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis 
tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning 
doirasida ko'rsatilishi mumkin emas.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin