N. M. Kayumova


XXI BOB. MUDIRA MAKTABGACHA TA'LIM



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

540


XXI BOB. MUDIRA MAKTABGACHA TA'LIM
MUASSASINING RAHBARI.
MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI
METODISTINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI
Mudira tashkilotchi, ma'muriyatchi, yuqori malakali
pedagog va unga qo'yilgan talablar
Tanqidiy tahlil qat'iy tartib-intizom 
va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar 
faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev, 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
Maktabgacha ta'lim muassasasi - murakkab tarmoq bo'lib, 
mudiraning undagi roli, faoliyati ko'p qirralidir. Mudira - 
maktabgacha ta'lim muassasasining tashkilotchisi, rahbari, 
malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi 
bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli 
hal etishga qaratilgan. U maktabgacha ta'lim muassasalaridagi 
ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq 
ravishda amalga oshirilishi uchun zarur lozim-sharoitlarni 
ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan 
inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. 
Mudira o'z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'lim vazirligi 
tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z 
ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksakonglilik 
va siyosiy yetuklik, tamoyillilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga 
talabchanlik - bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi muassis tomonidan 
tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
ro'yxatdan o'tkaziladi.
Davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati 
organlari 
hamda 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
davlat
541


maktabgacha ta'lim muassasasining muassislari bo'lishi 
mumkin.
Davlat 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasasiga 
bevosita 
rahbarlik qilish O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
Maktabgacha 
ta'lim 
vazirligi, 
viloyatlar 
maktabgacha 
ta'lim 
boshqarmalari 
hamda 
Toshkent 
shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan 
tayinlanadigan mudir tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri bilan mehnat 
shartnomasi bir yil muddatga tuziladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri lavozimiga 
qo'yiladigan malaka talablari O'zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mudiri: 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyatiga umumiy 
rahbarlikni amalga oshiradi;
bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish hamda ta'lim- 
tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishini ta'minlaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi nomidan faoliyat 
ko'rsatadi va barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini 
ifodalaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi mol-mulkini o'ziga 
berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini mehnat 
to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va 
ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarini moddiy 
va ma'naviy rag'batlantiradi, ularga nisbatan intizomiy jazo 
choralarini qo'llaydi;
o'z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi; 
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining faoliyatini 
takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, 
xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash bo'yicha 
takliflarni 
ko'rib 
chiqish 
uchun 
maktabgacha 
ta'lim
542


muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish 
tuman (shahar) bo'limiga kiritadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy- 
texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy talablarga javob 
beradigan inventar, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va 
multimediali vositalar bilan ta'minlash ishlarini tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasining moliya-xo'jalik 
faoliyatiga javob beradi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim-tarbiya 
jarayonini 
takomillashtirish, 
maktabgacha 
ta'limning 
innovatsion shakllarim rivojiantirish maqsadida pedagogik 
kengash faoliyat ko'rsatadi. Pedagogik kengash a'zolarini 
saylash tartibi va uning vakolatiga kiradigan masalalar davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasi ustavida belgilanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin