N. M. Kayumova


Maktabgacha ta'lim muassasasi



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə215/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Maktabgacha ta'lim muassasasi
binolarini loyihalashtirish
Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus loyiha bo'yicha 
qurilgan yoki moslashgan sanitariya-gigiyena me'yorlariga, 
yong'in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo 
sharoitini, ekologik vaziyatini, tarkib topgan milliy an'analarni 
hisobga oladigan binoda tashkil etiladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasining sig'imi, odatda 320 
o'rinli bo'lishi kerak. Umumiy yo'nalishdagi maktabgacha 
ta'lim muassasalari uchun 140-160 o'rinni, maxsus ahamiyatga 
molik maktabgacha ta'lim muassasalari uchun 90-120 o'rinli 
muvofiq deb hisoblash zarur.
Maktabgacha ta'lim muassasasi amaldagi me'yortivlarga 
muvofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, tibbiy yordam 
apparati, ta'limning texnik vositalari, о quv-ko'rgazmali 
qo'llanmalar 
hamda 
o'yinchoqlar 
bilan 
ta’minlanadi 
maktabgacha ta'lim muassasasini jihozlash ro'yxatiga milliy 
anjomlar ham kiradi.
535


Maktabgacha ta'lim 
muassasasi ish tartibi 
ijroiya 
qo'mita maktabgacha ta'lim boshqarmasi yoki qaramog'ida 
maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan korkabinet, muassasa, 
tashkilot tavsiyasiga muvofiq maktabgacha ta'lim kengashi, 
maktabgacha ta'lim muassasasi kengashi bilan kelishilgan 
holda xalq tieputatlari mahalliy Kengashlari qarori bilan 
belgilanadi. 1
Maktabgacha ta'lim muassasalari yoki uning ayrim 
guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka 
mobaynida bo'ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari 
bilan, shuningdek, xodimlarga sirg'aluvchi grafik bo'yicha dam 
olish kuni beriladigan kun tartibida ishlashlari mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasida kuni 
uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram 
kunlari kun tartibida ertalab va kechki vaqtda ishlovchi 
navbatchi guruhlar ochilishi mumkin.
Maxsus 
ahamiyatga 
molik 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasasining faoliyat kun tartibii zarur to'g'rilash-tarbiya- 
viy ishlar olib borishni hisobga olgan holda belgilanadi.
O'zbekistonda ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalarini 
hal etish maktabgacha ta'lim muassasalarining har xil turlarini 
tashkil etilgan ham aloqadordir. Ular tilga ko'ra (o'zbek, 
qozoq, rus, tatar, koreys va shu kabilar) farqlanishi va bu 
muassasalarda ta'lim-tarbiyaning milliy an'analarga asoslanib 
ko'rilishi lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasalari bolaning muassasada 
bo'lishiga qarab bir necha soatni, bir necha kunni;
Tarbiya vazifalariga ko'ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy, 
ijtimoiy moslashtirilgan bo'ladi.
Mablag' bilan ta'minlanishiga qarab: davlat, idora, xususiy 
va hokazo.
Ijtimoiy maktabgacha ta'lim muassasalari qishloqlari 
muassasasida 40-100, shahar muassasasida 140-170 o'rindan 
oshmasligi ko'zda tutiladi.
536


Maktabgacha ta'lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim 
guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota- 
onalarning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u 
ertalabki 6.30 dan barvaqt bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta'lim muassasasida ota-onalar arizasi 
bo'yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, 
lozimnoma va xo'jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam 
davom etilgan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 
1-2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy 
tarbiya-sog'lomlashtirish guruhlari; musiqa-estetik va badiiy 
tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan 
bolalar uchun xo'jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar 
ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta'lim 
muassasasiga muntazam qatnaydigan bolalarning manfaatlari 
kamsitilmasligi lozim. Maktabgacha ta'lim muassasasining 
talim tili O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi 
qonuniga muvofiq belgilanadi.
Ota-onalar o'z bolalarini maktabgacha ta'lim muassasasi 
tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirilgan holda o'zlari uchun 
qulay paytda olib kelishlari va olib ketishlari mumkin. Shu bilan 
birga, ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar 
hayotining fiziologik asoslangan kun tartibiga rioya qilishlari 
va o'quv-tarbiya jarayonini buzmasliklari lozim.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni ovqatlantirish 
uning ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda va belgilangan 
pul hamda tabiiy me'yorlarga muvofiq tashkil qilinadi. Bolalar
6 va undan kam soat mobaynida bo'ladigan guruhlarda 
ovqatlanishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi 
ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi. Bu guruhlarda 
ovqatlantirish uchun pul me'yorlarixalq deputatlari kengashlari 
va qaramog'ida ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi bo'lgan 
korkabinet, muassasa, tashkilot, xo'jalik hisobi asosida tashkil 
qilingan guruhlarda ota-onalar tomonidan belgilanadi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin