N. M. Kayumova


Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim



Yüklə 18,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/287
tarix14.09.2023
ölçüsü18,65 Mb.
#143449
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim
vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari
va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh
boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari 
va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining 
asosiy vazifalari hisoblanadi;
- Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali 
bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, 
viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, 
prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq 
xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda 
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar 
deb ataladi] bilan hamkorlik qilish;
- maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ 
hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va 
nazorat qilish;
- maktabgacha 
ta'lim 
tuman 
(shahar) 
bo'limlarida 
o'quv-metodik faoliyatni 
muvofiqlashtirish va axborot- 
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni 
reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash 
bo'yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari 
faoliyatini muvofiqlashtirish;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini 
tashkil etish va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni 
maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish da
605


maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini qo'llab- 
quvvatlash;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida, davlat 
maktabgacha ta'lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy 
nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, 
viloyatlarmaktabgachata’limboshqarmalarivaToshkentshahar 
maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy 
vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Qoraqalpog'iston 
Respublikasi 
Maktabgacha 
ta’lim 
vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari va 
Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va 
ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy 
jihatdan ta'minlaydi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan 
O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat 
qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam 
nazorat qilinishini ta'minlaydi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan 
kiritiladigan hujjatlarningsifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, 
ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan 
o'tkazilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatiga 
rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
- maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'linmalarining 
metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro 
hamkorlik qiladi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'llab- 
quvvatlash va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni 
maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojiantirish 
bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari 
faoliyatini muvofiqlashtiradi;
606


- viloyat darajasidagi byudjetdan moliyalashtiriladigan 
idoraviy mansub tashkilotlar xarajatlarini moliyalashtirishni, 
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom 
ovqatlanishni ta'minlash bo'yicha maktabgacha ta’lim tuman 
(shahar] bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablarini 
bajarish monitoring! bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman 
(shahar] bo'limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini va 
maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni 
tashkil etadi;
- maktabgacha 
ta'lim 
muassasalarining 
binolari 
va 
inshootlarini joriy ta'mirlash ishlari monitoringini olib boradi 
va muvofiqlashtiradi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan 
ishlashni tashkil etadi;
- vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab 
chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha 
qarorlar qabul qiladi.

Yüklə 18,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin