- Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil
etish va amalga oshirish;
- hududiy bo'linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda
kadrlar bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish;
~ idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko'makla-
shish, ularni rivojiantirish konsepsiyalari va istiqbollarini
belgilash.
Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy
vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va
axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
- hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar
tomonidan O'zbekiston
Respublikasi qonunlari, O'zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
farmonlari,
qarorlari
va
farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam
nazoratni ta'minlaydi;
- O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limvazirligi vaziri
(keyingi o'rinlarda Vazir deb ataladi) va uning o'rinbosarlarining
buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o'z vakolatlari
doirasida tashkil etadi;
- Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga
kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini
va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan
o'tkazilishini tashkil etadi;
-hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar
faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
- maktabgacha ta'limni rivojiantirish
maqsadida ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borilishiga ko'maklashadi;
-Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi
sohasidagi faoliyati huquqiy ta'minlanishini tashkil etadi;
- boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha
ta'lim tendensiyalari to'g'risida
Vazirlik rahbariyati uchun
axborotni to'playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
603
- maktabgacha _ ta'lim masalalari bo'yicha tadbirkorlik
subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami
beradi;
- Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar,
moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar
bilan shug'ullanadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari
va idoraviy mansub
tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
- Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub
tashkilotlari bilan birgalikda o'ziga yuklangan vazifalar samarali
bajarilishini ta'minlaydi;
- davlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
- nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro
hamkorlik qiladi;
- o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo'yicha
faoliyatni muvofiqlashtradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim va tarbiya sifati monitoringini olib
boradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga
tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
- maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini
muvofiqlashtiradi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom
ovqatlanish
tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
O'zbekiston
Respublikasi
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya,
buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
- Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida
va hududiy bo'linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni
tashkil etadi va
amalga oshiradi;
- maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik
ta'minlashni tashkil etadi;
- maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va insho-
otlaridan joriy foydalanish bo'yicha ishlar monitoringini olib
boradi va muvofiqlashtiradi;
604
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan
ishlashni tashkil etadi;
- xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro
hamkorlikni
tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: