Maktabgacha ta'lim
muassasalari ochish, ularni binolar,
mebel va jihozlar bilan ta'minlash;
Maktabgacha ta'lim xodimlari, shu jumladan, mahalliy
millatlardan kadrlar tayyorlash;
Ota-onalar o'rtasida tashviqot-tushuntirish ishlari olib
borildi.
Maktabgacha
ta'lim
Nizomi
ishlab
chiqilib,
unda:
"Maktabgacha ta’lim bo'limi 3 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan
maktabgacha ta'lim muassasalariga boshchilik qiladi,
mavjud
muassasalar ishining borishini kuzatadi, yangi
maktabgacha
ta'lim muassasalari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha
yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqkabinetlar, bolalar
609
yozgi koloniyalari ochadi, maktabgacha ta'lim muassasalari
rahbarlari, enagalar va umuman o'sha aytilgan muassasalar-
ning ta'lim-tarbiya qismiga xizmat ko'rsatish
uchun kadrlar
tayyorlash maqsadida kurslar tashkil qiladi”.
Ushbu Nizomni ishlab chiqish maktabgacha ta'lim
muassasalari
ishlarini,
shuningdek,
mashg'ulotlarning
taxminiy dasturini va maktabgacha ta'lim muassasasida
suhbatlar o'tkazish hamda taxminiy kun tartibi tuzishda
muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Maorif Xalq komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi
va viloyat Xalq Maorifi bo'limlarining maktabgacha ta'lim
instruktorlari tashkilotlari, mahalliy kengashlar va xotin-
qizlar bo'limlari yordamida katta tashkiliy ishlar olib bordilar.
Ular maktabgacha ta'lim muassasalari uchun binolar qidirib
topib, bolalarga xos mebel tayyorlash uchun ustakabinetlarga
buyurtmalar taqsimlar, tarbiyachilar bilan ta’minlar edilar.
O'sha vaqtda o'rta maktabni bitirgan qizlar (qisqa yo'l-yo'riq,
ko'rsatmadan so'ng) o'qituvchilik, onalar maktabgacha ta'lim
muassasalariga qabul qilinar edi.
Turkiston Respublikasining maktabgacha ta’lim
xodimlari
uchun 1921-yil aprel oyida bo'lib o'tgan anjumani muhim
ahamiyatga ega bo'ldi. Bu anjumanda mahalliy, ya'ni mahalla-
lar bolalarning maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etish
juda sust olib borilayotganiga, qishloq joylarda maktabgacha
ta'lim muassasalarga borishi zarurligi ilgari surildi. Bu ishlarda
Xalq maorifi bo'limlari oldiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
Tub joy aholi uchun mavjud ayol
rahbarlar boshchiligida
darhol maktabgacha ta'lim muassasalari ochish;
Tub joy xotin-qizlarini amaliyotchilar sifatida maktabgacha
ta'lim muassasalarida ishlashga keragicha jalb etish;
Namunali bolalar muassasalari qurishga;
Ota-onalar uchun yig'ilishlar o'tkazish va ularni choyga
chaqirib turishga, ota-onalarni maktabgacha ta'lim muassasa
lariga kelib turishlarini yo'lga qo'yish to'g'risida qaror qabul
qilindi.
610
Respublika Maorifi Xalq Komissarligining maktabgacha
ta'lim bo'limi asosiy qoidalar ishlab chiqib, bu qoidalarni joylar-
da maktabgacha ta'limni yo'lga qo'yishda asos bo'lmog'i kerak
edi. Xalq Maorifi bo'limlari qoshida viloyat territoriyasidagi
hamma ishlarni birlashtiruvchi,
koordinatsiya qiluvchi va
yo'llovchi maktabgacha ta'lim bo'limi tashkil etildi.
Viloyat mahalliy tashkilotlari maktabgacha ta'lim g'oyala-
rini keng tashviqot qilish yo'li bilan ota-onalar kengashlari
tashkil etdilar. Viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim
ishlarining markazi bo'lgan viloyat maktabgacha bo'limlari
ishni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida joylarda maktabgacha
ta'lim seksiyalari tuzildi. Maktabgacha ta’lim bo'limi
maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'p qismini katta
tuzib bolalar o'yinlariga aylantirishdi. Farg'ona, Samarqand
va boshqa viloyatlarda maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi
yaxshilandi.
1919-yil yozida Turkiston Respublikasida Maorif Xalq
Komissarligining Qaroriga muvofiq Pedagogika toifasi vujudga
keltirildi, bu toifa qoshida birinchi maktabgacha ta'lim kabineti
tashkil qilindi. Uning vazifasi maktabgacha ta’lim xodimlariga
doimiy va malakali metodika yordami ko'rsatib
borishdan
iborat edi. Kabinet qoshida maktabgacha ta'lim muassasasi
burchagi tashkil etilib, mebel qo'yilgan edi, tokchalarga
ko'rgazmalar, o'yinchoqlar, mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan
turli materiallar, bolalar yasagan narsalarning namunalari
terib qo'yilgan edi. Maktabgacha ta'lim
kabineti tez orada
amaliy tajribalarni o'rtoqlashish uchun tayanch maktab bo'lib
qoldi. Kabinetda maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari
uchun adabiyot, bolalar badiiy adabiyotlarining namunalari
paydo bo'ldi18.1920-yil yanvar oyida Maorif Xalq Komissarligi
Toshkentda o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda
maktabgacha ta'lim
nazariyasi, psixologiya, gigiyena asoslari
o'qitilar edi. Xalq Maorifi tizimi tezkor sur'atda rivojlanib
Dostları ilə paylaş: